[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
SAYYOD Фанфоруми 5 ёшда 12 декабрь 2015
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 11-Дек-2015, 23:53 | Изох # 26
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hotiralar anchayig’ilib qogan. Gapni nimadan boshlashni ham bilmayapman. Anchadan beri
kompyuterda yozmay qo’yganimga ham qo’lim ancha chiqib qolibdi. Telefon o’lsin)))
saytga qachondan kirishni boshlaganimni avvallarigi suhbatlarimda etib o’tgan
bo’lsam kerak. Mayli, yengi forumdoshlar uchun eslatib o’taman. Lekin anig’ini
qachon kirganimni o’zim eslolmayman))). Adashmasam 2008 yillar edi. Unda komp
klubdan haftada bir marotaba kirardim. 2009 yil internetga ulanishni biladigan
tel olganimdan keyin, teldan kirib turardim har kuni. U paytda blog ko’rinishda
edi. Ochilishiga ko’p vaqt ketardi. Ucoz sistemasiga o’tgandan keyin ochilishi
zo’r bo’ldi. Mobil versiyasi ham borligi bu plusi edi. Ucoz sistemasidan
avvaldan ro’yhatdan o’tganim uchun, ucozga o’tayapmiz deyilishi bilan usha
login parol bilan kirib ketganman. Ushanda sana 21 oktabr, 2010 yil edi. Soat 3.30
(gapilar bormi? Tuni bilan nimadir qib chiqqanman)) ).
Keyin shu
yili 12 dekabrlarda Sardor aka forum ochildi, fan club ochildi dib saytga
yozganlar. Teldan kirganimga, forum yozuvi ko’rinmasdi. Pochtalariga yozganman.
Qanaqa qib a’zo bo’lsa bo’ladi dib. Ro’yhatdan o’tish va forum silkasi javob
tariqasida kelgan. Ro’yhatdan o’tib bo’lganman. (7 chi bo’lib). Forumga kirdim.
Avvallari bir ko’zim tushgandi boshqa forumlarga. To’g’risi nima ekanini
tushunmasdim. Ubu narsa yozish mumkinliginiyam. Sayyod.ucoz.org/forum ga
kirsam, 6-8 ta mavzu bor ekan. Sayyod, Alvakil. Shahlo ochgan mavzular. Man yozishga
qiziqardimde. Tepadagi lyuboy joyga qatta hikoya yozsa bo’ladi diganman. Alvakil
digan yigitimiz pastroqda bo’lim bor. Ushatga tushung digan. Pastida mavzular
bor ekanini bilganman shunda. (Keyinchalik shu kalla qo’yib, savol bergan
matnni olib tashlaganman)). Sekin sekin bo’sh forumni o’rganib olib, to’ldirish
ishlarini boshlaganmiz. Alvakil bilan kim ko’p mavzu ochish o’ynardik. U ko’proq
ochardi. Keyin bilishimcha boshqa forumlardan uhlatib kelarkan. Man o’zim o’ylab
topardim. Tan olaman, keyinchalik dunyo bo’yicha forumlarnimas, o’zimizni o’zbekcha
forumlarni titib, ko’p muhokamali mavzularni ko’chirganman. Moderatorlik. Avvallari
ancha kerakli bo’lgan lavozim deymizmi, zo’r edi. Hozir uhpishhhshhsh. Birinchi
uchrashgan forumdoshim.... adashmasam Dilya nickli Feruza ismli  (aslida ismi boshqacha ekan. Keyinchalik
bilishlar natijasida), qiz bilan (hayolni to’g’rilanglar) tanish ingliz tili
domlamnikiga borgandik. Nu shunchaki borgandik. Keyin qaytib, kuzatib qo’yganman.
(buni endi shu yerga yozvomman. Forum tarixida ilk bora primera bo’ldi. Dilshod,
kassaga qaravoring)). Ikkinchi forumdosh toxaclub bilan uchrashuv bo’lgan. Uning
Abu Sahiydagi do’koniga borganman. Ushanda jiyanimga to’qishi uchun biser
olayotgan xaridor rolida bo’lganman. Keyin o’zimni tanishtirganman)). 3 chisi
esimda yo’q)) (yarim soatdan keyin esimga tushdi. Qaytib chiqib yozvomman.
Shahlo! Varrak shouga joy qidirgani borganmiz. Xasanboy tomonlarga. (sochim kal
edi. Sartorishim bilan garov o’ynab, oldirib tashlaganman. Oldira olmaysan
didi. Kepka ober didim. Pulini beraman didi. 25000 so’m. Berdi. Sochimni oldi
kalga. Keyin turibdi. Bir kunlik ishlagan pulim edi dib. Rahmim kelib, man soch
olganing haqqi deb, 25000 so’m to’laganman. E yo’, kerakmas digan. Ol diganman.
Zato tekinga soch oldirganman))) ). Hasanboydan normalniy joy topa olmaganmiz.
Keyin mahallamni tavsiya qilganman. Boshqa kun bu yoqqa kelganmiz. Keyingisi
adashmasam, Parvina edi. 14 chi fevralda Rayhon konsertiga kelgan. Navroz
radiosidagi Jumanji dasturida forumchilar rasmga olishi boshlangandi. Birinchisi
man edim. Ln Parvinaga almashganmiz. Ushanda Parvina singlisi bilan kelgandi.
Efir yozilish vaqtigacha park aylanamiz digan. Hop. Taksida ketamiz disam, yo’q.
Pishkom yuramiz. Biz sportsmen didi. Uzoqroq didim. Yo’q didi. Taksiga minmaymiz
didi. Hop didim. Til galistik” bo’ldi. Parkdan radiogacha taksida ketdik.
(keyin etishligi bo’yicha, mani ertaklardagi yovuz odamga o’xshatishibdi. Endi begona
joyda odam qo’rqadide. Keyin yaxshi bola ekanimni bilib, chiqishibdi taksiga).
Yana bir xotira. Navro’z radiosida Sayyod bilan birinchi marta ko’rishganman
ushanda. Undan avval telefonda bir marta gaplashgandim. Sport jurnalistiga
kasting bo’yicha tel qilgandim. Jurnalistmasligimni bilgach, redaksiyada
ekanliklarini va keyinroq qo’ng’iroq qilishlarini aytganlar. Mana hanuz qo’ng’iroq
bo’lmoqda. ))) eslolmasalar ham kerak. Endi qolganlariiii Usha paytda sanoqli
forumchilar bor edi. Ko’p sanaganman. (forum arxiviga qaralsin). Birinchi forum
uchrashuvi. 2011 yil varrak shouda bo’lgan. Bu yerda Anvarbek (kastyum shimda
tashrif buyurganlar. Haligacha eslab kulishamiz)), Loading, Sherzod, Dilya,
yana ko’pchilik. Varrak shou mavzusiga qararsizlar). Keyinchalik forum
uchrashuvlari asta ko’paya bordi. Parklarda o’tirardik. Karoke. Tir. Muzqaymoq,..
super bo’lardi. Forum bir yilligi. Juda zo’r bo’lgan. Ancha ko’p forumdoshlar
kelgan. Esimda bor. Hilolapam kirib kelganlar. Nu tanimasdim. Mana bunaqa bo’lgan.
Bir yosh qiz, ukasi bilan kirib kelmoqda. Hamma kim bu, kim bu dib mandan,
Anvarbekdan so’rashvotti. Man Anvarbekdan, Anvarbek mandan. Keyin bildikda). Ukasi
deganimiz, o’g’illari ekan. Hozir ancha kotta bo’p qolgandir). 2 yillik. Bu ham
normalniy bo’lgan. Adashmasam, Yunusobodda s12 kafemidi. (oxirida 3-4 tasi
kemaganiga, Anvarbek duoda bo’lganlar) 3 yillik. Uzkiy krug. Qilmaymiz digan
joyda, bo’b ketgan. Bonitoda o’tirganmiz. 4 yillik. Yaxshi bo’lgan. Pegasda uchganmiz).
5 yillik. Yubiley) Hamma uyida qilgan. Magazindan bitta pirojniy olib). A man
sinfdosh, kursdoshlarim bilan choyxonam borligiga qaramay, ikkilanib ko’chada
nishonlaganman)). (yilliklar ketdi).
Komol amaqi
forumga kirib kelganlar. To’sattan. Yoshlari kotta qarasam. Kalla butun. Usha paytda
forumdagilar IMPRO TK degan rahmatli loyiha bo’lardi. 3-4 ta sonini qilganmiz.
(forumda loyiha haqida ma’lumot bor. Topib o’qinglar. Tarixsiz kelajak yo’q. Zo’r
loyiha edi. Biror qo’shiqqa klip tayyorlardik. Repititsiya bo’lardi. Daxshat. Oxiri
raqib qolmadi bizga. Shu bilan loyiha to’xtadi). Usha repititsiyalarni biriga
Komol amaqi kelganlar. Oppoq kiyimda. Qo’lda s2. Yengi chiqqan payti. Tanimaymiz.
Skameykada o’tiribdilar. Forumga yozib. Keyin birdan paydo bo’ldilar. Men o’shaman
deb. Bildik dedim. Amaqiga gap yo’q.
Ozod BOBO. Xaqiqiy
fidoiy inson. Regdan o’tdilar. Anketaga qaradim. BOBO. LS yozdim. Rostanam BOBOmisiz
dib. Ha dedilar. Rasmlari o’zlariniki ekan. 2-3 kun forumda hich narsa yozmay
turdilar. Usha payt izohlar moderatorligiga forumda saylov bo’layotgandi. Nozi
opa Shahlo va yana kimdir. Nu Saylovda Nozima opa yutganlar. Bobo ushanda “Men
Nozima qizimizga ovoz beraman” dib yozgandilar. Arxivda bor). Mart oyida
Toshkentga kelganlar. Bonitoda o’tirgandik. Ushanda shahsiy sozandalari bilan
kelgandilar. DBS olgandim. Arxivga qaralsin.
DBS
loyihasi. Maqsad, forumchilarni yanada tanishtirish va ularga bir bora bo’lsa
ham o’zini yulduzdek his qilish imkonini berish edi. Ma’lum miqdorda uddaladim
ham. Ancha shkalli mavzu edi)). To’xtatilishi... Vaqt o’z so’zini aytdi. Manda
o’qish, Anvarbekda ish. Yulduzlarimizda shunchaki vaqt va pora yo’q)))) hazil.
Porasiz edi. Shunchaki gapde. Mabodo loyihani qaytaring disela yo’lini etdim. Yaxshi
gapga ilon inidan chiqadi diydiku. Man ilonmasmanu. Har holda maqol bekorga
chiqmagan))) ).
Moderatorlikdan
ketgan paytlarim bo’lgan. Arxivda bor. Hammasi. (ustimdan yozishgandi))) zo’r
zo’r shkalchilar bor edide. Urushardi urishardide. Tel qib. Forumga qaramaysizmi?
Urishib yotibmiz dirdi))). Shunaqa shkallarni birida o’q menga tegib, o’yindan
chiqqanman. Va Anvarbek o’yinga tushganlar. Rosa o’ynatishgan)))
Forumdan
hech kim shu paytgacha ketmagan, hammasi bor. Kuzatayapti. O’zimam keta
olmaganman. Mana haliyam sho’ttaman. Qolganlar ham shu yerda. Hoy balkondagilaaar))
Yuqorida
aytdim. Avvalari forum uchrashuvlari parklarda ko’p bo’lar edi deb. Hozir ...
balki asosiy tashkilotchi Anvarbek va man uylanib, ancha quyilib qolib, tashkil
qilmay qo’ydikmi, balki har oy ilk Juma kuni Faxrli inson aksiyasida
uchrashayotganimizgami, balki uchrashadiganlar kamligigami, ko’pi ishli bo’ldi.
Qizlar erga tegdi..... nu yoshlar kerak. Man ko’proq etardim,  tashkilotchi yo’q deb. Lekin usha
uchrashuvlarni sog’indim. Mafiya o’ynab turardik... Mani boshida
chiqarvorishardi. Qo’rqib. Keyin maskani taqib olardim)))
Forumda man
o’zimni yangi qirralarimni ocha oldim. Hikoya va monologlar yozishni o’rgandim.
Avvalari kam yozardim va faqat o’zim o’qirdim))). Men sevmaymanku qissasini
yozdim. To’liq turi faqat shu yerda bor. Orginali. Buni kimdir taqlid didi. Kimdir
tanqid qildi. Muhimi o’zim yozdim. (hikoyalar bo’limida bor. 19 oy vaqtim
ketgan).
Forumni 5
yilligi. Saytni 5 yilligiga vidiorolik tayyorlagandik. Zo’r bo’lgan. Ushanda bu
sohani ham qiyin ekanini tushunganman. Ayraportda Shahzodni kelishini
yozganmiz. Shunaqangi ishonchli rol o’ynaganmizki, odamlar qaysi reysda
kelganini so’rashgan))). Lekin rolik premerasi faqat forumda bo’lgan. Saytga
chiqmagan. Balki kech tayyorlaganimiz uchundir.
Hozir hamma
forumchi bilan ilk uchrashuvni eta olaman. Lekin vaqt kam.
Yuqorida
yozganlarni yozganliklar uchun eslab o’taman. Bonus.
Bobo. Yuqorida
aytib o’tdim. 2012 yil mart oyida Toshkentga kelganlar. Ushanda ko’rishganmiz.
Har yili kelganlarida ko’rishamiz. Oxirgi yili kelishlari anshlag tarzda kutib
olish bo’lmadi. Nu choyxona anshlang bo’ldi)))
Gulsum. Uni
ham shu Bobokalon kelishlari munosabati bilan yozilgan dasturxonda ko’rganman. Manga
qarab, bo’yiz baland ekana? Manga bo’yi balandlar yoqadi dib qolganlar. Man birinchi
marta ko’rib turibmanku, rahmat diganman.))) Keyinchalik ancha chiqishib
ketdik.
Qitmir.
Varrak shouga kelgandirlar adashmasam. Ushanda ko’rganman. Samarqanddanlar. Yaxshi
bola.
Go’zal. Aksiyada
ko’rganman birinchi. Bugun forumda ko’rayapman))) o’zlari ham ismlariga mos,
aqll, odobli, hushmuomila qizlar. Ko’z tegmasin. Aksiyaga doim qo’llarida
tishlangan olmani rasmi bor sabzi taxta olib keladilar. Qizig’i usha sabzi
taxta rasmga ham olarkan)))
Dilnoza E.
Bobur parkiga borganlarida ko’rishgamiz. Mafiya o’yinini yaxshi o’ynaydilar.
Bular ham go’zal latofatlilar.
Madina3879...
Tabrik uchun rahmat. Birinchi marotaba ko’rib turibman. Hush kelibsiz
forumimizga)
Yana Gulsum.
Gulsum mohir tikuvchi ham. Rolik olayotganimizda bayroq tikkanlar. Ushandan
keyin Sayt logosi tushirilgan bayroqlar chiqa boshladi))
Abbosbek.
(kashanda). Ro’yhatdan o’tkazgandan keyin..... anchadan keyin forumga yoza
boshladilar. Anu ashulani etganimdan keyin... Botir Qodirovni – Aldamadim qo’shig’ini
etgandim. Shu saytga chiqqande. Prikol)) Bu Botirmas diydilar. BU man. Hazil versiya
disak ham. Kommentlarda to’palon))) ishqib, oxiri o’zlariga keldilar. Aksiyaga kelganlarida
sigaretlarini sindirgandik) yanagi safar o’zlarini sindiramiz))) Chunki hali
tashamabdilar. Nu Andijonga qachon borsak, choyxona eshigi ochiq deganlar))
Malika95.
Aksiyaga kelganlarida ko’rganman. Hazilkash, quvnoq qizlar.
Muhabbat.
Birinchi marta Milliy bog’da forum uchrashuvida kelganlar. Rosa qattu
hazilllashamiz. Daxshat. Bu hazillarimga boshqa odam chiday olmasdi. To’g’ri,
bular ham chiday olmaganlar)))
Dilshod. Aksiyaga
kelganlarida ko’rganman. Men sevmaymanku hikoyasini tugating deyaverib,
oxirigacha o’qidilar.
Ledy. Yo’q,
hayotda ko’rmaganman. Lekin eng zo’r forumdoshlarimdanlar.
 
Yozaman desam,
juda ko’p narsa yozman. O’ziyam 4 varroq yozdim. O’qiydigan bormi? Topilar.
 
HAMMANI
FORUMNI 5 YILLIGI BILAN TABRIKLAYMAN! SOG’ SALOMATLIK...


Sog' salomatlik...
 
Lola7502Сана: Сешанба, 15-Дек-2015, 11:51 | Изох # 27
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
50yilligidiyaw shunaqa Varolarazi ko'p qlb yozn, bza o'qimiza...)))
 
SayyodСана: Жума-муборак кун!, 18-Дек-2015, 04:17 | Изох # 28
Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
оддийгина бир форум кўпчиликни хаётидан ўчмас хотиралар билан жой олган экан...хаммасини ўқиб чиқдим. кўп жойида кулдим, жилмайдим ва ишонмайсиз-бир икки жойида кўзимга ёш хам келди. демак бекорга очилмаган экан. буям бир тарих...асосийси ачинмайдиган тарих. юзга табассум югуртирадиган тарих. кимларнидир бирлаштирди, дўстлаштирди ва яхшилик улашди. қанчадан қанча ёшлар умрини дискотека, ичкилик ва кўча санғиш билан тарихни тўлдирмоқда. бизда қаранг қанча беғубор(!) айнан беғубор шодликлар! ўша бузулиб кетаётган ёшларга қараб, мана ёшликни шодлигини  тоза ўтказса хам бўларканку дегим келди.
фанфорум аслда ўлмади, шунчаки илк таркиб гурух аксарияти оилалик бўлди, мана ўзимдан биламан оиладан ташқари хаммаси иккинчи планга ўтиб кетади. Асосий иш каби бўлгани учун хануз сайтдаман бўлмасачи ...эххей. Бошқа иш қилсам хам уже Сайёд деб қарайверади. кимлардир хаёти улғайди, ишларми бошқами хуллас замон хам одамларни форум тугул сайтлардан инстаграм ва телеграмларга тортди. 
Хуллас, хозирхам янги гурух қайта тузиб фанфорумни гуллатиш мумкин...бироқ телеграм олами қизиқроқ ва қулайроқ.  шу сабаб форум телеграмда бор! асосийси бор! уни янада тўлдириш хам қийинмас. телеграмдаги фанйорум чати борку) . янги ёшлар янги гурухлар. ва бу кўпроқ сайтнинг асосий лойихаси фахрли инсон учун ёрдами тегиши учун керакроқ!
импротк ва бошқа лойихаларга келсак... униям қайтариш мумкин.
ишқилиб сайт тирик, форум бор! хаммаси жойида. хотиралар мавжуд улар эса ўчмас)
хаммага рахмат маза қилдим ўқиб


Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
 
ParvinaСана: Сешанба, 29-Дек-2015, 10:47 | Изох # 29
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Ассалому алайкум Азиз форумдошлар. Хамманинг форум билан боглик хотираси бўлгани каби менда хам хотиралар мавжуд. Бирин кетин эслашни ва хотиралашни давом этамиз. Форумга киришимнинг асосий сабабчиси Райхон. Мен учун форум тарихидаги энг биринчи танишим Гиёс.Жуманжи лойихаси илк танишув Сайёд билан, Шахзода Матчанова мехмон. жуманжидан кейин Сайёддан келган смс. Сардор ака эслаб билсангиз керак?   Гиёс мени форумга яқиндан таништириб, боглаб колишимга сабабчи бўлган Мен учун илк кадрдонларим Лоад, Анваббек, Шахло, Нодира, Хилола опа, хуллас мен билан ўтқазилган ДБС. Хар йили 1 марта Райхонни концерти учун Тошкент  сафарига мўлжал бўлса охирги пайтлар 2 марта Сайёд форуми туфайли. Тарихдан жой олган Фахрли инсон лойихаси, йилнинг охирги ойи декабр албатта янги йил корбобо ва коркизсиз бўлмайди. Дилшод ва мен! Ўша кунги мехмон юлдуз Каниза. Ундан кейин форум 4 йиллиги, Хуллас барча мен учун кадрли ва азиз!

Allah büyükdur
 
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск: