ME’ROJ YOKI RASULULLOH KELADI
Mashrabdan Kel endi Jabroil, arshni supurgil ey,
Anda mehmon bo‘lg‘ali, Rasululloh keladi.
«Mozog‘al basar» ko‘zlig, «shamsi vazuho» yuzlig,
Hammadan shirin so‘zlig, Rasululloh keladi.
Shamollarg‘amu aytg‘il, sayr etishini qo‘ysin,
Beadablik qilmasin, Rasululloh keladi.
Daryolarg‘amu aytg‘il, mavj urushini qo‘ysin,
Oldida saqo bo‘lsin, Rasululloh keladi,
Azroilg‘amu aytg‘il, joi olishini qo‘ysin,
Xizmatda muqim tursin, Rasululloh keladi.
Moliklarg‘amu aytg‘il, do‘zax eshigin yopsin,
Yo‘llariga gul tiksin, Rasululloh keladi.
G’ulmonlarg‘amu aytg‘il, mehnat eshigin ochsin,
Boshlariga dur sochsin, Rasululloh keladi.
«Ufq-ul maqom»ga borib yig‘laydi Jabroil:
Mundan o‘tsam yo Rasul, kanotlarim kuyadi,
Mahshar kuni bo‘lganda yig‘laydi Mashrabo,
Rasululloh keynidan Mashrab quling keladi.
Шундай улуг кунда Барчамиз учун мехрибон ва шафоатчи булган Расулуллох С,А,В га саловот ва саломлар юборайлик..зеро Аллох таоло хам узининг каломида..Инналлоха ва малааикатуху юсаллувна ъалан набий, Йаа аййухаллазина аманув соллув алайхи ва саллимув таслийма..содаколлохул ъазийм...Албатта Аллох ва унинг малоикалари Набий С.А.В га саловот айтади..
Аллохумма солли ва саллим ва барик ъалайх..
Жумъа муборак..ушбу куннинг фазилатларидан бизларга хам насиб этсин..