|
Futbol yangiliklari
|
|
| Abbosbek | Сана: Якшанба, 14-Апр-2013, 07:38 | Изох # 2176 |
|
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Shu futbolga xech qiziqmadimda :)
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Якшанба, 14-Апр-2013, 21:19 | Изох # 2177 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Lokomotiv - Metallurg 2:1 So'g'diyona - Neftchi 2:1 Nasaf - Sho'rtan 3:0 Paxtakor - Dinamo 4:0 Qizilqum - Navbahor 0:1 Olmaliq - Bunyodkor 3:1 Guliston - Buxoro 1:0
Omad
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Душанба, 15-Апр-2013, 14:00 | Изох # 2178 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Liverpool (Dilshod aka) Pavel Nedved haqida superreportaj tayyorlab berin please!!!
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| Ливерпуль | Сана: Сешанба, 16-Апр-2013, 14:55 | Изох # 2179 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 106
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
| Цитата (Dinora_Golden_Girl) Liverpool (Dilshod aka) Pavel Nedved haqida superreportaj tayyorlab berin please!!! Vay, siz kecha Nistelroy haqida suragandiz shuni ertaga quyaman, keyin Nedved haqida bo'ladi.Добавлено (16-Апр-2013, 13:55) ---------------------------------------------
Ruud van Nistelroy Ryutgeryus Yohannes Martius van Nistelroy – 1976 – yil 1 – iyulda Gollandiyaning Oss shahrida tug’ilgan. Uni qisqacha qilib Ruud van Nistelroy deb atashadi. Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi, ampluasi hujumchi. Futbolchi shu vaqtda qadar Den Bosx, Xerenven, PSV, MAN.Yu, Real Madrid, Gamburg, Malaga jamoalari safida maydonga tushgan va unumiy 449 ta o’yinda raqiblari darvozasiga 249 ta gol urgan. Gollandiya terma jamoasi safida esa 70 o’yinda raqib darvozalariga 35 kiritgan. Oilasi Nistelroy 2004 – yil 28 yoshida Leonten Slats ismli qiz bilan turmush qurgan. Ularning birinchi farzandi Moa Annet 2006 – yilning 26 – sentyabrida dunyoga kelgan, ikkinchi o’g’li esa 2008 – yilda tug’ilgan. Klublarda qayt etgan natijalari. Ruud van Nistelroy katta futbolga 1997 – yildan boshlab kirib keldi. Quyi divisionda ishtirok etayotgan Den Bosx jamoasida o’smirlik vaqtlarida o’ynagan va uning chiroyli o’yinlari tufayli 1997 – yil Gollandiya birinchi divisioniga chiqqan Xerenven jamoasi o’z safiga qo’shib oladi. Shu mavsumda futbolchi 30 ta o’yinda raqiblar darvozasiga 13 marta gol uradi. Bu ko’rsatkich yosh futbolchi uchun ajoyib natija hisoblanar edi.
Keyingi mavsumda Eyntxovenning PSV jamoasi 22 yoshli futbolchi uchun Xerenven jamoasidan 4.2 mln funt evaziga sotib oladi. O’sha vaqtlari ushbu transfer mamlakatda eng record natija bo’ldi. Ruudning PSV tarkibidagi birinchi goli o’zini ko’p kuttirmadi, 29 – avgust kuni u jamoadagi birinchi golini kiritdi. 31 – oktyabrda u o’zining dastlabki xet-trikkini Rotterdamning Sparta jamoasiga qarshi o’yinda qayt etdi. 2000 – yilning 21 – aprel sanasida PSV futbolchining transferi bo’yicha Angliyaning Manchester Yunaytet jamaosi bilan kelishib oldi. Kelishuvga ko’ra futbolchi keyingi mavsumdan boshlab 19 mln funt evaziga qizil iblislar tarkibiga o’tgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o’tmasdan Nistelroy og’ir jarohat oladi va ancha vaqtgacha maydonga tush olmadi. Shundan so’ng mavsum oxiriga qadar PSV tarkibida boshqa maydonga tusha olmadi.
PSV tarkibida 3 mavsum xarakat qilgan Nistelroy 67 ta o’yinda PSV raqiblar darvozasiga 62 bor to’p kiritgan. 2001 – yildan boshlab jarohatidan qutilgan Nistelroy 5 yillik shartnoma evaziga Man.Yu tarkibida o’yin o’tkiza boshladi. Angliya futboliga oson kirib ketgan futbolchi o’zining dastlabki mavsumida primer ligada 32 bor maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 23 bor to’p kitidi. Qatorasiga 8 ta o’yinda gol urib, Golli seriya bo’yicha Terri Anri va Alan Sherer qayt etgan rekordlarni yangiladi, Uefa chempionlar ligasida 2001-02 mavsumda 10 bor gol urdi va shu mavsum u Angliyaning eng yaxshi ligioner futbolchisi nomini qo’lga kiritdi. U shuncha yutuqni atigi bir mavsumda qayt etdi. Ser Alekx Fergusson esa iqtidorli futbolchi topganini ko’rsatdi.
2002/03 - mavsumda Nistelroy Angliyaning eng yaxshi to’purari deb topildi. 34 – o’yinda 25 bor gol urdi, 3 marta xet-trik qayt etib, golli o’yinlari soni bo’yicha o’tgan mavsumdagi natijasini qayt etdi. 2003/04 – mavsumda Angliya kubogi, liga kubogi va Primer ligada navbatdagi gollarini kiritdi. 2004- yil 7 – fevralda Evertonga qarshi o’yinda u o’zining 100 – golini kirtidi. Uefa chempionlar ligasida 8 bor gol urdi. Shundan so’ng Nistelroy 2004/05 yilgi mavsumni jarohati tufayli o’tkazib yubordi. Bu mavsum esa uning o’sish davridagi eng katta yo’qotishli davri sifatida tarixda qoldi. Shu bilan u Man.Yu tarkibida boshqa maydonga tushmadi. O’zining yulduzli onlarini Man.Yu safida o’tkazgan Nistelroy 5 mavsumda qizil iblislar tarkibida 150 ta o’yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 95 bor gol urdi.
2006 – yildan boshlab Nistelroy 15 mln Euro evaziga Madridning Real jamoasiga o’tadi. Uni Ispaniyada yaxshi kutib olishdi. Real tarkibida dastlabki o’yinlaridayoq gollar kirita boshlaydi va Levantega qarshi o’yinda u o’zining xet-trikini qayt etdi. Ruud oradan ko’p o’tmay o’z tarixidagi birinchi pokerini qirollik jamoasida Osasuna darvozasiga kiritdi. 2006/07 – yilgi mavsumda Nistelroy Real tarkibida Ispaniya chempionligini qo’lga kiritdi va 25 ta gol kiritib mavsum to’purari bo’ldi. 2008 – yil Real bilan shartnomasini 2010 – yilga qadar uzaytirdi. 2007/08 – mavsumda Nistelroy Real tarkibida 20 ta to’p kiritdi. Lekin 2008 – yil noyabr oyida u tizzasidan jiddiy jarohat oldi va 2009 – yil yoziga qadar maydonga tusha olmadi. Shundan so’ng Nistelroy 2009 - yil 24 – avgustda Rosenburgga qarshi zahiradan maydonga tushirildi. Yana ikki o’yinga zahiradan tushirilgan Nistelroyning jarohati qaytaladi va Real tarkibida u boshqa maydonga tushmadi. Real Madrid tarkibida mavsum o’ynagan Nistelroy 68 ta o’yinda raqib darvozasiga 46 bor gol urdi.
2010 – yil qishda Nistelroy Germaniyaning Gamburg jamoasiga 1,5 yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida o’tib ketdi. Gamburg jamoasida ham gollar kirita boshladi. Gamburg tarkibida 36 o’yinda raqib darvozasiga 12 bor to’p kiritdi.
2011 –yil yozida Ispaniyaning Malaga jamoasi bilan bir yillik shartnoma evaziga o’tdi. Lekin 36 yoshli futbolchi Malaga safida yaxshi o’yin ko’rsata olmadi. 28 ta o’yinda raqiblar darvozasiga atigi 4 ta gol urdi. Ruud van Nistelroy futbolchilik faoliyatini 2012 – yil 14 may kuni yakunladi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasining 2001 dan 2010 yilgacha eng yaxshi to’purarlar ro’yxatida Terri Anridan atigi bitta to’p ko’p urgan holda birinchi o’rinda bormoqda. Gollandiya terma jamoasida
Ruud van Nistelroy terma jamoa safida ham ajoyib o’yinlar namoyish etgan. Uning Termadagi dastlabki o’yini 1998 – yil 18 noyabrda Germaniya terma jamoasiga qarshi o’tkigan. Uning terma jamoadagi birinchi golini Marokashga qarshi o’yinda kiritgan. Nistelroy terma jamoa bilan EURO – 2004, JCH – 2006, EURO – 2008 musobaqalarida ishtirok etgan . Ruud terma jamoa safida so’nggi o’yinini 2011 – yil 29 – mart kuni Vengriya terma jamoasiga qarshi o’tkizgan va shu o’yinda u Vergerlar darvozasiga gol urgan, bu gol esa uning terma jamoadagi so’nggi goli sifatida tarixda qolgan. Ruud van Nistelroy Gollandiya terma jamoasi tarkibida 70 ta o’yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 35 ta to’p kiritgan. Klublardagi yutuqlari Gollandiya chempioni 2000, 2001 Gollandiya super kubogi 1999, 2000 Angliya chempioni 2003 Angliya Super kubogi 2003 Angliya kubogi 2004 Angliya liga kubogi 2006 Ispaniya chempioni 2007, 2008 Ispaniya super kubogi 2008 Shaxsiy yutuqlari Gollandiyaning 1999 – 2000 yillardagi eng yaxshi futbolchisi Gollandiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatlarining rekordchisi – 6 ta gol 1999 – 2000 yilgi Gollandiya chempionatining eng yaxshi to’purari Angliya primer ligasining eng yaxshi oy futbolchisi - 3 marta Uefa chempionlar ligasida eng yaxshi mavsum to’purari - 14 ta gol 2002 - yilda jahonning eng yaxshi to’purari 2002 - yil Uefaning eng yaxshi hujumchisi 2003 – yil Angliya chempionatining eng yaxshi to’purari 2007 – yil Ispaniya chempionatining eng yaxshi to’purari Ruud van Nistelroy kambaga’l dehqon oilasida tug’ilgan. Yoshligida otasiga yordamchi sifatida moy va qo’ylarga qarab katta bo’lgan. Futbolga juda qiziqqan. Uning eng yaqin do’sti, u bilan bir kunda, bir yilda tug’ilgan Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Kyuvert. U juda yaxshi hujumchi bo’lgan, lekin uning jarohatlari faoliyatiga ancha ta’sir ko’rsatgan. Uning xoxishi Uefa chempionlar ligasini yutush va Termada chempionlikni qo’lga kirtish edi.
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Пайшанба, 18-Апр-2013, 09:39 | Изох # 2180 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Madridning Real klubi ustozi Joze Maurinyo voz kechmoqda Londonning "Chelsi" klubi teklifini. Matbuod habarlariga ko'ra bu partugaliyalikni shartnoma bandlari qonoatlantirmayapdi, bunga sabab Joze taklif va roziligisiz klub transfer siyosati yuritilmoqda. Maurinyo shaxsan klub transfer siyosatida o'zi ishtrok etmoqchi. Xuddi shular sabab qilib ko'rsatilmoqda, tez orada klub murabbiy bilan kelishib ishlamasa unda Maurinyo faoliyatini Realda davom ettirishi haqiqadga yaqin ko'rinadi.Добавлено (18-Апр-2013, 08:39) --------------------------------------------- "Fulhem"-"Chelsea" 0-3 hisobida yakunlandi! Bugun "Chelsi" klubi 0-3 hisobida g'alaba qozondi va bu uch golni ikki o'yinchi Fulhem darvozasiga joylashga erishdilar, bular Devid Luis va Jon Terri. Angliya premier ligasi 29-tur Fulhem - Chelsi qoldirilgan o'ynida aristokratlar yirik hisobda g'alabaga erishdilar. "Chelsi" - Cheh, Ivanovich, Luis, Terri, Bertrand, Ramires (Jon Obi Mikel 76'), Lampard, Mata (Ba 81'), Azar (Oscar 69'), Mozes, Torres. Gollar: Luis - 30', Terri - 43', 71', "Fulhem"-"Chelsea" 0-3
chelsea chempion...
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 19-Апр-2013, 12:14 | Изох # 2181 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Dinamo - Bunyodkor 0:3 Добавлено (19-Апр-2013, 11:09) --------------------------------------------- Dinamo - Bunyodkor 0:3 Добавлено (19-Апр-2013, 11:10) ---------------------------------------------
Chelsi klubining yangi mavsum un tayyorlangan formasi Добавлено (19-Апр-2013, 11:14) --------------------------------------------- Maqola zo'r. Gap yo'q Dilshod
Omad
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 19-Апр-2013, 14:06 | Изох # 2182 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Dilshod aka mana bu dnuxam podarkasi disa böladi! Rahmat kottakon! Hammasini yozvoldim rahmat
Pavel Nedvedchi ?
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 19-Апр-2013, 20:58 | Изох # 2183 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Nedved hozirda Yuventusda sport direktori lavozimida ishlayapti Добавлено (19-Апр-2013, 19:58) --------------------------------------------- Paxtakor - Lokomotiv 1:2
Omad
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Шанба, 20-Апр-2013, 09:39 | Изох # 2184 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Jon Terri: David Luis Chelsi sardori bo’la oladi. Chelsi klubining sardori Jon Terri jamoa himoyachisi David Luis haqida fikr bildirar ekan, uning kelajakda jamoa sardori bo'lishi mumkinligini ta'kidladi. Luis kelajakda jamoa sardori bo'lishi mumkinmi? Ha, men shunday o'ylayman. Lekin asosiy nomzod bu katta Pit (Petr Chex).Menimcha, yana bir necha yil bu ishni o'zim qilsam kerak. Luis juda ajoyib mavsumni o'tkazdi. U yarim himoyada ham himoyada ham yaxshi o'ynamoqda. Futbolchini qanotlarda ham markazda ham o'ynatishsa, bu u uchun og'ir bo'lishi aniq, lekin Luis buni uddalamoqda.Fulhemga qarshi o'yinda Davidning imkoniyatlarini ko'rdik. Gap faqat go’lda emas. U yarim himoyachi zonasidan Torresga uzoqdan pasni aniq to'p uzatdi. Luis hali yosh va u o'rganmoqda.U juda yaxshi futbolchi bo'lib yetishadi.Bundan tashqari Davidda yetakchilik qobilyati ham bor.U yigitlarni ruhlantira oladi. U o'ziga va boshqalarga nisbatan ham juda talabchan. Mashg'ulotlarda ham u o'zini shunday tutadi,-deydi Terri.
chelsea chempion...
|
| |
| |
| Ливерпуль | Сана: Шанба, 20-Апр-2013, 13:05 | Изох # 2185 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 106
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
| Цитата (Dinora_Golden_Girl) Pavel Nedvedchi ? endi buladi
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Душанба, 22-Апр-2013, 13:43 | Изох # 2186 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Luis Suares: Ivanovichning qulog'ini tishlab olganim uchun kechirim so'rayman! "Chelsi" hamda "Liverpul" o'yinda qilgan ishi uchun Suares o'z tvitterda kechirim so'radi! "Liverpul`" klubi hujumchisi Luis Suares "Chelsi"ga qarshi kechgan uchrashuvda raqib himoyachisi Branislav Ivanovichning qulog'idan tishlab olgan edi. Futbolchi tvitterdagi sahifasida bu qilmishi uchun kechirim so'rashini aytib o'tgan. "Men bo'lib o'tgan voqeadan juda xafaman. Ivanovich va butun dunyo oldida kechirib bo'lmas qilig'im uchun kechirim so'ramoqchiman. Bu harakatim uchun meni kechiring" deya yozadi Suares.
chelsea chempion...
|
| |
| |
| Bek8111 | Сана: Сешанба, 23-Апр-2013, 09:07 | Изох # 2187 |
 Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
| Бу шеър миллий жамоамиз Эронни мағлубиятга учратгандан кейин ёзилган экан. Бугун бир сайтда учратиб колдим! Орадан бироз вақт ўтган бўлсада сизларга манзур бўлади деган умиддаман.
Эрон йиғлар Теҳронда, Озодий ҳам ҳайронда. Байрам қилар бу кунни Ўзбеклар Ўзбекистонда. Ўн тўртинчи ноябр, Форслар кўрдику жабр. Йигирма йил қилди сабр Ўзбеклар Ўзбекистонда. Узоқ кутилган сана, Тугади қора анъана. Энди бошимиз баланд Бизнинг ҳам Осиёда. Кўксига уриб Шерлар, Билинг бизни “Шер” дерлар. Осиёда азалдан Биздан ҳамма қўрқишар. Писанд қилмади улар, Бўрилардан ким қўрқар. Бўриларга ҳаётда- Енгилганми ҳеч Шерлар? Унутганди бу Шерлар, Қариганин ўзларин. Қаршисида шижоаткор Оқ бўрилар турганин. Шундай қилиб азизлар, Бизлар қилдик тантана. Бузилмасин асрлар- Ишқилиб бу анъана! Ғалабага жамоасин, Етаклади Миржалол. Қойил қилиб ҳаммасин Улуғбекжон урди гол. Юртимизда ёш-қари, Очсин қўлин дуога! Иншаоллоҳ борамиз Биз ҳам энди “Рио” га. Бразилия сари олға! Ўзбегим юзи кулсин! Мухлислар қилиб совға Риода бирга бўлсин! Бошин эгсин Эрони, Ҳам Корейсу-Япони. Ғолиб бўлиб Ўзбегим Қойил қилсин дунёни!..
Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Сешанба, 23-Апр-2013, 09:22 | Изох # 2188 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Bekzod zo'r!!
chelsea chempion...
|
| |
| |
| Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 23-Апр-2013, 13:07 | Изох # 2189 |
|
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Bekzod aka dahshat Rahmat she'r uchun!!!
Fikrim satrimda oshkor!)
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Сешанба, 23-Апр-2013, 16:11 | Изох # 2190 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Марк Клаттенбург "Челси" клуби иштирокидаги ўйинларга яна тайинлана бошланди. Эслатиб ўтамиз, бу ҳакам 2012 йилнинг октябрида "МЮ"га қарши ўтказилган учрашувдаги можародан сўнг "Челси" ўйинларига тайинланмай келаётган эди. Эслатиб ўтамиз, ўша учрашув 3:2 ҳисобида манкунианликлар ғалабаси билан якунланган ва ҳакамнинг бир қатор қарорлари футбол жамоатчилиги эътирозига сабаб бўлганди. Шунингдек ҳакам "Челси" ярим ҳимоячиси Жон Оби Микелга нисбатан ирқчилик руҳиятидаги гаплар айтгани ҳам хабар қилинганди.
chelsea chempion...
|
| |
| |
| MARAT_89 | Сана: Сешанба, 23-Апр-2013, 23:32 | Изох # 2191 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
| QANI CHIROYLI O`YIN MUHLISLARI? Добавлено (23-Апр-2013, 22:30) --------------------------------------------- Bugungi, BAVARIYA - BARCELONA o`yinida kim kimga????? Добавлено (23-Апр-2013, 22:32) --------------------------------------------- Shaxsan men BAVARYAGA bo`liwaman, do`stlar bavaryaga omad men 500 r tikib qo`ydim
Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
|
| |
| |
| Dadaxon | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 01:32 | Изох # 2192 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| 1-taym 1:0 xisobi bilan tugadi, Bavarya foydasiga. Qani 2-taymda özingni körsat Barsaaaaa!!!
|
| |
| |
| keen | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 01:36 | Изох # 2193 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 274
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 173
Холати: Хозир йўқ
| cho'ta ishla chatoyu ((
|
| |
| |
| MARAT_89 | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 01:53 | Изох # 2194 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
| 1-taymda BARCELONA FUTBOL EMAS GANDBOL UYNADI Добавлено (24-Апр-2013, 00:45) --------------------------------------------- BAVARIYA 1-0 PARCELONA Добавлено (24-Апр-2013, 00:47) --------------------------------------------- BOLLAR MESSI UYNAVOTTIMI MAN UNI 1-TAYMDA UMUMAN KURMADIM, YANA OLTIN TUPNI OLGANMUW Добавлено (24-Апр-2013, 00:53) --------------------------------------------- 2-0
Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
|
| |
| |
| T_Sardor | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 01:54 | Изох # 2195 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
| Offside dan göl???! Nima digan gap?! Hozircha 2:0
O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
|
| |
| |
| FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 02:16 | Изох # 2196 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| 3:0
Omad
|
| |
| |
| keen | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 02:40 | Изох # 2197 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 274
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 173
Холати: Хозир йўқ
| 4-0 bunaqasi xali bo'mudi lekin (( nimayam dirdu?! Добавлено (24-Апр-2013, 01:40) --------------------------------------------- udachi!!!
|
| |
| |
| MARAT_89 | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 02:47 | Изох # 2198 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 113
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 213
Холати: Хозир йўқ
| BAVARIYA 4-0 TO`RTTALONA Добавлено (24-Апр-2013, 01:47) --------------------------------------------- FINAL BAVARIYA - REAL MADRID bu mening tahminim
Inson bahona emas, imkoniyat izlashi kerak.
|
| |
| |
| bek_x6 | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 06:22 | Изох # 2199 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| ehhh Barsajon Barsajon, etudimaa sanga shu tepalikka chiqmagiiiiiiin dib))))
takroran qachon qo'yilarkin Sportda?
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
| |
| |
| sherzod | Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 19:18 | Изох # 2200 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
| Хафа бумела барсачила бу йил ололмасела кубокни кейинги йил яна харакат килиб курасила)))
|
| |
| |