|
Monolog
|
|
| Dilnoza | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:05 | Изох # 126 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Load zòr chiqibdi. Monolog mangamas diyatuvdi odamlar aytadiku kakaya muxa tebya ukusila diydimi a? Yaxshi tasir qibdi.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:13 | Изох # 127 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Sevgilim seni sevdim. Senga sevishimni aytdim. Rad etma hech. Nima qilasan meni va o'zini qiynab. Jonim! Go'zalim! Nima qilay? Hech kimni oldida egilmagan boshim... O'ldirib qo'ya qol meni... Sen... sen... boshqachasan. Qanaqaligini o'zing bilmaysan. Sevgilim. Seni yoqotishdan qo'rqaman.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:51 | Изох # 128 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Ana Zuxraxon yozgalarini qarela. Eto chtota?! Endi mana bu Giyosni manalogi o'qishga majbur odam. Shu o'qiganda pastdan yuqoriga qarab badan jimirlidide. Keyin Parvina deganlari bor udar bu nastoyashiy udar. Shokker. DILNOZANI Deb man o'zimni kimga o'xshatdim a? Ex yonib kettimde?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 09-Июл-2011, 11:14 | Изох # 129 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Unga sevishimni aytishni istayman. Lekin o'rtada katta to'siq. Bu to'siq sevishga imkon bermaydi. U ham shu to'siqni biladi. Lekin sevgiga buyruq berib bo'lmas ekan. Uni sevishimni tan olgim kelmaydi. Foydasiz baribir oshkor etib kurashganim. O'zim ichimdan sevib yuraveraman. Sevishim aybmasku. Mayli senga aytmay, yaqin do'stimga aytmay, hech kimga aytmay. O'zim bilsam bo'ldi. Ichimda sevgidan baxtidan sarhush bo'lib uchib yuray. Ammo qachongacha. O'zga yor bag'rimga kegunchami? O'zgani sevgunimchami? Achinarli holat. U bilan yashayman, sen hayolimdasan. Uni har bir jilmayishi menga seni jilmayishing bo'lib ko'rinadi. Umuman u o'zi emas, sensan go'yo. Men uni yuzini unutdim. Uni o'rnida seni yuzing. Uni ismida sening isming o'z aksini topdi. Men sevgimga erishdim. Unga sevgimni aytdim. U hursand. Lekin bu dil izhori senga atalgan. Men uni aksidagi senga aytdim. Men uchun u yo'q. Faqat sensan. Hamma uchun sen o'lgansan, lekin men uchun triksan. Murdani sevish aybmasku. Mayli seni o'zga chehrasida yaratdim. Lekin sen men uchun triksan!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Шанба, 09-Июл-2011, 18:43 | Изох # 130 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| to'g'ri bu jiddiy. Hafa bo'masez birgina umidiz kelnoyimni ismi ham u bilan bir xil bo'sinde.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Якшанба, 10-Июл-2011, 02:56 | Изох # 131 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Edit version. O'zgartirilgan, to'liq versiya.
Sen borsan.
Unga sevishimni aytishni istayman. Lekin o'rtada katta to'siq. Bu to'siq sevishga imkon bermaydi. Lekin sevgiga buyruq berib bo'lmas ekan. Uni sevishimni tan olgim kelmaydi. Foydasiz baribir oshkor etib kurashganim. O'zim ichimdan sevib yuraveraman. Sevishim aybmasku. Mayli senga aytmay, yaqin do'stimga aytmay, hech kimga aytmay. O'zim bilsam bo'ldi. Ichimda sevgidan baxtidan sarhush bo'lib uchib yuray. Ammo qachongacha. O'zga yor bag'rimga kegunchami? O'zgani sevgunimchami? Achinarli holat. U bilan yashayman, sen hayolimdasan. Uni har bir jilmayishi menga seni jilmayishing bo'lib ko'rinadi. Umuman u o'zi emas, sensan go'yo. Men uni yuzini unutdim. Uni o'rnida seni yuzing. Uni ismida sening isming o'z aksini topdi. Men sevgimga erishdim. Unga sevgimni aytdim. U hursand. Lekin bu dil izhori senga atalgan. Men uni aksidagi senga aytdim. Men uchun u yo'q. Faqat sensan. Hamma uchun sen o'lgansan, lekin men uchun triksan. O'lgan odamni sevish aybmasku. Mayli seni o'zga chehrasida yaratdim. Lekin sen men uchun triksan! Sen hech qachon meni hotiramda o'lmaysan. Men bilan birga o'lasan. Toki trik ekanman, sen ham triksan. Yashaysan. Kimda bo'lsa ham. Men uchun!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Zuxraxon | Сана: Душанба, 11-Июл-2011, 11:29 | Изох # 132 |
|
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil G'iyos ijodizga omad yengilarini kutamiz...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 11-Июл-2011, 13:07 | Изох # 133 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Zuxraxon sizdan yengilarini kutaman.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Сешанба, 12-Июл-2011, 01:58 | Изох # 134 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Umuman tushimga kirmagin....
Sevgi o'zi nima ekani bilmayman. Rosa hohlardim kimnidir sevishni, u bilan tunlari oy shulasida gaplashishni, osmonga qarab yulduzlarni birga sanashni. Shu narsaga erishdim. Ha erishdim. Man baxtliman. Baxtli bo'ldim. Qancha payt. Bilmayman. Bilganim man uchun 1 soniyadek edi. 1 soniyada o'tdi ketdi. Keyin u o'z yo'li bilan ketdi. Man esa keta olmadim. Qoldim. Keta olmasdim. Uni esdan chiqarishni hohlamasdim. Bu qancha vaqtga. Butun umrmi. Yo'q. Chiday olmadim. Hotiralar girdobiga chiday olmadim. Man ham ketdim. Lekin adashib uni ketgan yo'ldan ketibman. Orqasidan borib qoldim. Kulgim keldi. Uni to'yi bo'layotgan edi. U boshqasiga erga tegayotgan edi. Man orqaga qayta olmadim. To'yxonaga kirdim. Hamma manga yov qarash qildi. Kuyov bola o'rnidan turib ketdi. Man uni xotiniga SOBIQ ER edim. Kimdir kelib mani stolga taklif qildi. Baribir mehmonmande. Chiday olmadinm. Xotiralarim portlab ketdi. U men bilan ham shu oq ko'ylakda o'tirgan ediku. U shu ko'ylakda manga siz bilan butun umriz oxirigacha, butun hayotizda birga bo'laman deb va'da bergandiku. Mani umrim u uchun tugabdide. Hayotim u uchun endi yo'q ekande. Alamlarim kelib ketdi. Alamlarim oldimda daryo bo'lib oqdi. Davraga chiqib micrafonni olib hammaga shu daryo suvidan sochdim. Hamma mani alamimdan bahra oldi. To'yxonadan ortimga qarab - qarab chiqib ketdim. U mandan hafa bo'lib o'tirardi. Ortimda hatto hayr ham demadi. Yana hotiralardan qutilish harakati boshlandi. Hech qaysi yor uni o'rnini bosa olmadi. Hech qaysinisi unga o'xshamdi. Bir tomondan o'xshamagani ham yahshi. Shunisiga ham shukr deyman. Lekin uni eslayverish. Qani edi tush umuman ko'rmasam edi. Har tushimda uni ko'rib, yana hotiralar esga tushadi. Hayolimdan zo'rg'a o'chirdim. Boshqa hayolimga ham, hotiramga ham kelmaydi. Lekin tushimdan o'chira olmayapman uni. Unga bir gap etaman: Iltimos tushumga boshqa kirmagin. Sani umuman ko'rishni hohlamiman. Usha hiyonatkor ko'zlaringni, hiyonatkor qo'larini, hiyonatkor badaningni. Hamma hamma yog'ini. Usha bilan baxtli bo'lsang ham mayli edi. 3 xotin bo'lib yuraver. Bu kuningdan battar bo'lgin deyman oldimga bosh egim kelganingda. Iltimos tushimga ham boshqa kirmagin. Yoqolib ket umumaaaaaaaan.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 12-Июл-2011, 02:13 | Изох # 135 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Vox vox shunaqami? Xali unitabilmayajaksin. ko'rmak istamasmisin? vax ashik volmadiniz gar bir xiyanatinga ko'l siltasaniz.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 05:19 | Изох # 136 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Seni har doim soginaman...
Seni har doim sog'inaman. Oxirgi marta qachon ko'rganimni ham eslay olmayman... Eslay olaman. Daqiqa soniyalarigacha. Lekin ketgan kuningni eslashni hohlamayman. Qaytaga kelishingni intizorlik bilan kutaman. Kelaman dedingu lekin kutirib, sog'intirib, qalbimda olovni alangalatib o'zing kelmaysan. Bilaman o'zing ham buni hohlamaysan, lekin na iloj. Seng kutaman deb va'da berganman. Man va'damni buzmayman. oylab kerak bo'lsa yillab qaytib kelishingni kutaman. Sog'inib kutaman. Oradan qancha vaqtlar o'tdi. Biz ancha ulg'aydik. Hozir ko'rinishing qanday ekan. Oldingidek sho'x shodonligin bormikan. Hazillaring. Ajoyibsiz deb turtib qo'yishlaringchi? Shularni eslasam yuzimga nim tabasum yuguradi. Sochlaring hali ham uzunmi? Kesib tashlamadingmi? Bolalikda alamimni chiqarganingda shu sochlaringdan tortib sendan o'chimni olardim. Shu sochlaring shaydosiman. Lekin sen chet elga ketib qolding. Shu yerda ham qolsang bo'lardi. Mana yuribman hech kimdan kam joyim yo'q. Sen ham o'zingni ham mani qiynading. Sog'inch tuzog'iga tushurib, tepamda mag'rur OVCHIdek kulib turib, keyin ketding. Ortindan qachon tuzoqdan chiqarar ekan deb kuzatib qoldim. Kutaman manni shu tuzoqdan chiqarishini... Mana Samalyot keldi. Lekin sensiz. Seni olib kelmadi. Sen kelmading. Mani yana kutirding. Bunaqa qilmaginde. Qachongacha bu hijron azobi? Qachon tugidi bu ayriliq. Man keyingi samalyotda kelishinga ishoanaman va kutaman. Sen albata kelasan. Chunki sen ham meni sog'ingansan....
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Parvina | Сана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 13:29 | Изох # 137 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Hamon sog`inaman! Sog`imdim seni. Ko`rgim keldi. Qalbim unut, unut desa ham ko`zlarim seni izlaydi. Biz yurgan ko`chalr, ha ha o`sha skameyka. Eslay olasanmi qahraton qishda o`trib suhbatlashganimizda, biza kabi bir-birovini sevgan yigitu-qiz skameykaga o`tirish uchun navbat kutar edi. Hozir o`sha yo`llardan o`tsam, sevishganlarni kuzataman. Garchi biza ayrilgan bo`lsakda, ularni baxti bizaga o`xshashini xoxlamayman. Yig`lagim keldi, yig`lamaslikka harakat qilaman. Balki sen ham meni eslab yig`layotgandirsan. To`g`ri seni yig`laganingni hech ko`rmaganman ammo o`zing aytarding-u qalbim yig`lab turadi deb. Ish yuzasidan telefonlashganda seni qo`l ostingda ishladigan yigitlar biron nimani so`rab telefon qilishsa, baqirib, baqirib gaplashasan. Balki senga aytar menga telefon qilishayotganini qaydam. Yo ovozimni eshitsin. Garchi man uni ovozini eshita olmasamda deb ko`nglingdan o`tqazarsan. Bilmadim. Baxtlimisan? Baxtingni topdingmi? Baxting butunmi? deb o`zingdan so`rash qachon nasib etar. O`sha kunni kutib yashashdan ilojim yo`q! Hamon sog`inaman.
Allah büyükdur
|
| |
| |
| Loading | Сана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 20:00 | Изох # 138 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Parvina reklamada ''unchalik'' so'zini maxorat bilan ishlatdizki? Man manalogni o'qib ''kuchli'' so'zini xayrat bilan talafuz qildim. Havo ochiqligi yaxshi tasir qilgan ko'rinadi?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Шанба, 16-Июл-2011, 16:21 | Изох # 139 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Sevgi yoki nafrat…
Men sizni sog’indim, juda ham qattiq sog’indim. Sizni yana bir kun ko’rmasam yorilib ketaman. Bunchalik bag’ritoshlik sizga yarashmaydi. Iltimos qayting… Men oldingizga boshimni egib boraman… Men sizga hech qanday ayb qilganim yo’qku. Qayerdan buncha alam, buncha nafrat… Hafa qilgan bo’lsam kechiring. Hohlasangiz hamma ni oldida tiz cho’kib kechirim so’rayman. Siz shunda hursand bo’lasizmi??? Siz shunda yonimga qaytasizmi? Meni ortiq qiynamaysizmi??? Siz va’da berasiz va yana qaytarib olaverasiz. Siz mendan farqingiz nima bilasizmi??? Siz beshafqatsiz. Siz kechira olmaysiz. Men sizni necha marotaba kechirdim. Yig’ladingiz, siqtadingiz. Ortimdan qayerlargacha bormadingiz. Endi men shunday bo’layapman. Siz esa…. Men ushanda sizni kechirib katta xato qilgan ekanman. Afsus… Man portlab ketdim kelayapti. Kelib meni portlatib yuboring!!! Toki sizni ishqingizda boshqa kuyim jizg’anak bo’lmay. Mayda mayda bo’lib har tomonga sochilib, sizdek beshafqatlarga rahm urug’I bo’lay. Sevgi dardida kuyayotganlar ustiga yomg’ir bo’lib yog’ib, ularni sovutay. Ular mendek portlamasligi uchun… Sevgi olovida yonmasligi uchun. Siz beshafqat hudbinsiz. Sizga hech kim kerak emas. Sizga o’zingiz va sariq chaqalar kerak. Sariq chaqalar bilan qayergacha borar ekansan. Mayli meni kechirma. Meni eslama hech. Qaytib qorangni ko’rsatma. Usha yerda kim bilan yurgan bo’lsang ushani aldab yana boshqasi bilan yur. Boshqasini sev. Yo’q. Sen sevmaysanku. Seni sevgin soxta. Senda sevgi vaqtincha aldash uchun paydo bo’ladi. Hali qariysan. Ushanda kimga kerak bo’lasan. Men sani oldingda bo’lmayman. Sendan ancha yiroqda, farzandalarim va suyukli yorim oldida bo’laman. Seni qayerda bo’lishini aytaymi??? Yo’q. Baribir hozir etganim bilan seniga gap kirmaydi. Iltimos agar oldinga adashib yalinib borsam meni kechirmagin. Yuzimga tupirib yubor. Ozgina cho’g’lanib yotgan sevgi ham ushh tufugindan o’chsin. Faqat va faqat nafrat qolsin… Men seni hamon sevaman……
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Navroz | Сана: Шанба, 16-Июл-2011, 22:13 | Изох # 140 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
| ajoyib
|
| |
| |
| Loading | Сана: Якшанба, 17-Июл-2011, 04:01 | Изох # 141 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| eshitilmay qolgan ovoz. Jarangdor kulginga shaydo o'zimman. Shaksiz Allohim go'zal yaratgan. Umurbot jim yursam bo'ldi yoningda sen so'zla bir laxza ovozing eshitmay qolmay. Shunday xam yoqilmli ovoz bo'ladimi? Odam Ato Alayhisalomham Momo havoni ovozlarini birinchi eshitganlarida shunday xayajon qamrab olgan bo'lsa kerak extimol? Ot izini toy bosar dishadi. Qaynionamlarni qo'shiqlarni meyoriga yetkazib aytishlari xali xali quloqlarimda. Qizini ovozi yoqimli bo'may qanday bo'lsin? Ovozingni juda sog'indim. So'zlaring xuddiki kitobdan yod olinganga o'xshardi. Erkalatganlaring esa xuddi sher kabi qofiya bilan ketardi. Xa meni kechir qaxramon qiz men seni xozir qabirga yotkazib tepangda sho'rlik yigitni yig'lataman. Xayot shunday murakkab. Kimdur kiminidur yoqotib turgani maqqul fikri ojizimcha. Oldin seni ovozingni uzoqdan eshitib tanib olardim. Hozir esa mendan bir yarim metr uzoqdasan-ku lekin seni eshitomayamman. Qabristonni makon qilgan qushlar chug'uridan senga atalgan tilovatim eshitilmay qoladi. Sen mening eshitilmay qolgan ovozimsan.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 18-Июл-2011, 14:33 | Изох # 142 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| San uchun bitta so'z etish qiyin. Shundo telefonini olishing qilyin. Sani boshini qotirmoqchi emasdim. Sen doim kerak paytda o'zini olib qochasan. San telefon qilsam ohirgi paytlar olmaydigan bo'lib qolgansan. Sandan bir joyni so'ramoqchidim. San dib 2 soat shu joyni qidirdim. San o'zini kim dib bilasana. Sanda bor yurak manda ham bor. O'zini bir farashta misol qilib ko'rsatgilaring kelib ketadia? Oldin kim eding. Hozirchi. San bunchalar o'zgarasan dib hich o'ylamagndim. Kutmagandim ham. Hozir o'ylab qolaman. nahotki shu san. Oldingi man bilgan emas. Achinaman o'zimga. Sanga qanchalar ishondimaa? Afsus. Bir marta yordaming kerak bo'ganda qochding. Boshqa begonalardan ham shu yordamni oldim. San o'ylma manga qarab qolgansan dib. Rahmat. Mani tanishlarim ko'p. San bo'lmasang ham. Ko'chada qolib ketmasman...
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Душанба, 18-Июл-2011, 14:44 | Изох # 143 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| gprs navigatormi u?
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| Dilnoza | Сана: Душанба, 18-Июл-2011, 19:46 | Изох # 144 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Uni xali xam sevasanmi? Shunchalik sevganmiding? Bilasanmi? menda xam shunday bo'lgan. Seni yoqtirmagan insonga qanchalik mexribon bo'lma, yoqmas ekansan. Doim o'ylardim... Balki unga maromiga yetkazib xech kim mexribon bo'lmagandir deb. Xa bilaman. Men xam shunaqaman yoqmaydi. Borgan sari yoqmay ketaveradiyu lekin yoqib qolmaydi. Shunda o'zimga o'zim savol beraman. Nega endi? Ular bizsiz baxtli tinchgina oilasida, biz esa ularni deb yonamiz. Nima uchun bir umid miyyamizda o'rnashib olgan. Narigi dunyoda u bilan albatta baxtli bo'laman. Axir aytishadiku narigi dunyoda xamma o'z sevgani bilan birga bo'ladi, sevishganlar bir-biriga yetadi deb. Men oxirigacha yolg'iz qolib uni kutsam u bilan albatta narigi dunyoda birga bo'laman. Ko'p sevgisiga yetmaganlar shunday o'ylashadi. Bilaman.... juda yaxshi bilaman... Shu payt ikki yaralangan qalb topishib bir-biriga ayta olsa. Kel bu dunyoda birga bo'lamiz. Urshamiz, talashamiz, quvonchimizga sherik bo'lamiz, bir-birimizga suyanamiz va baxtli oila bo'lamiz. Natijasi farqi yo'q OLLOHGA tavakkal, umrimizni birga o'tkazamiz. Talashsak xam urshsak xam sevmasak xam bir-birimizga mexribon bo'lamiz. Umrimiz o'tib jon taslim qilganimizda, narigi dunyoda uchrashamiz. Shunda men seni o'z sevginga qaytarib beraman. Nixoyat sevginga yetasan. Shunda chetdan turib baxtli nigoxlaringni kuzataman. Sen uchun juda xursand bo'laman.Добавлено (18-Июл-2011, 14:46) --------------------------------------------- Bu faqat va faqat monolog. Добавлено (18-Июл-2011, 18:46) --------------------------------------------- Xa menman ajablanma endi. Menga boshqa qarama xam. Senga xech narsa xis qilmasligimdan ajablanayabsanmi? Ajablanma...rost men senga nisbatan xech nima xis qilmayapman. Unutgandim o'shandayoq seni. Juda kam xayotda to'qnash kelamiz a. Uchratganingda qaraysan. Qarama begonasan. Uylanding. Shunchaki unutaman deb o'ylagansan a? Sevgingni yoqotganing, men bilan xech qachan birga bo'la olmasliging, sog'inching, menga bo'lgan kuchli sevgingni tushunganingda esa kech edi. Afsus... Afsus qilmayman. Demak taqdir. Shunday bo'lishi kerak edi. OLLOH bilguvchi. Men uchun demak shunday yaxshi. OLLOH menga yomon narsani ravo ko'rmaydi. Balki sen bilan bo'lsam bundan battar bo'lardi. Men shunday tushunaman. Nega endi ajrashmoqchisan? Esingni yig' endi xech qachan seniki bo'lolmayman. Xech qachan. Endi judayam kech. Bilaman o'z xatoying o'zingni tomom qilyabdi lekin unut men seni unutdim. Sen oilalisan uni ustiga farzanding xam bor. Sochlaringa oq yuguribdi. Seni oxirgi bor ko'rganimda juda xomush eding. Meni ayblaysan a? sen tufayli birgamasmiz deysana. Mag'rurliging sevgimizni boshiga yetdi desang kerakda. To'g'ri sen bilan uchrashuvga chiqmasdim. G'urur-mi? Yo boshqami? bilmayman-u lekin bu mendan ketishinga baxona bo'lolmasdi. Sevsang kut edi balki senga ko'nikardim. Yoningda turishdan qo'rqmasdim. Men aybdor emasman. Buni o'zing xam yaxshi bilasan. Sen bilan uchrashuvlarga chiqmaganimga pushaymon xam emasman. Chunki sen bilan uchrashib yursam xam xiyonat qilgan bo'larding. Men bilan uchrashib turganingda, shu voqiyalar bo'masdi deysan-a? Bo'lardi. Sen o'zingni boshqara olmaysan. Oqibatlimassanda. Majburan uylanishinga to'g'ri keldi. Mana ko'rding yaxshi sen bilan uchrashib yurmaganim. Xozir o'zimga qiyin bo'lardi. Balki sen bilan yaqin munosabatda bo'lmaganim uchun xam unutgandirman seni. Sen-ku uylanib oilali bo'lding. Men nima qilardim? Extiroslaringni qurboni bo'lardim. Yaxshi sendan uzoq bo'lganim. Yaxshi OLLOH bir ko'nglimga solib uzoq qilgani.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
| |
| |
| misS | Сана: Душанба, 18-Июл-2011, 20:03 | Изох # 145 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Juda g'alati barchasi. Kimnidur mehriga zorsan, tashnasan, lekin u senga mehr bera olmaydi. Balki kimdur sening ham mehringga zordur, lekin unga sen mehr bera olmaysan. Shunisi bn qiziqdur balki hayot. Sevasan lekin baxt tilashdan o’zga chorang ham yo’q. Talpinasan, lekin yeta olmaysan. Bu hayotning senga qilgan beshavqatligimi, bilmadim neligin. O’ylab charchadim barchasini. Oxirida taqdriga tan ham berdim. Ha mayli taqdirimga bitilmagan ekande didim uzimga uzim ko’nglimga taskin izlab. Uzim taskin bermasam boshqa kim ham taskin berib ovuta olardi, sen mendan olislarda bo’lsang. Bitta shahardamizu, lekin olismiz. Qalban olis… Yaqinlasha olmayman senga. Ojizman. Qalbim ojiz. Qani ma’no hayotda yashashdan, qani hayot quvonchi. U ham sen kabi mendan olis. Xuddi yaqinda turganga o’xshaydiyu, lekin men unga ham yaqinlasha olmayman. Baxtli bo’l. Men senga baxt bera olmayman. Bu yuragimni senga ravo ko’ra olmayman. Sen gard yuqmagan yurakli insonga munosibsan. Seni shunday baxtdan bebahra qilishga mening haqqim yo’q. Shunday deymanu lekin qara sen haliyam mening orzularimdasan… Sen bn bog’liq hayollarim cheksiz, uzimcha sen bn kelajagimni tasavvur qilaman, cheksizlikka yuz tutgan hayollarimga birdan “Men unga munosib emasman, u bir kun kelib ketib qolganimni yuzimga soladi” digan hayol soya soladi va darrov shirin hayollar o’z o’zidan osmonlarga uchgandek tarqab ketadi… Hozir nima qilayotgan ekansana, meni bir lahzaga bo’lsada eslaganmikinsan, hech bo’lmaganda men bn bog’liq qandaydur hotirani eslaganmikinsan… Ko’nglim bn ojizlikni qarshi olgancha, baxtimizga baxtlar tilab monitor qarshisida sen haqingda hayollar surmoqdamiz.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
| |
| |
| Askar | Сана: Душанба, 18-Июл-2011, 21:39 | Изох # 146 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 209
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 49
Холати: Хозир йўқ
| Ха, эслайман... Сени мовий кузларингни, ширин-ширин сухбатларингни... эслайман. Эслайман сен томон югуриб бораетганимда йикилганимни. Сен эса тупойларча конаетган оегимга караб "огрияптими?" дегандинг. Шунда мен бироз кузларингга тикилиб турдим-да "йук, огримаяпти, аксинча узимни жуда яхши хис килаяпман" дедим. Сунгра иккимиз аввал морожний еб кейин кинога боришга ахду паймон килдик. Морожний еб турганимизда сени огзингдан морожний булаги тушиб кетди. Сен эса жуда чакконлик билан уни илиб олдингда яна кайтиб огзингга солдинг. Шунда мен сени янаям яхши куриб кетгандим. Сендан энг рузгорбоп рафика чикишини сезгандим. Сунгра кинога кирдик. Фильмни номи "Такдир" эди. Хамма берилиб томоша килмокда эди. Сен эса негадир безовта булавердинг. Бирпасдан кейин хаммага карай бошладинг. Яна бирпасдан кейин хамма сенга карай бошлади. Одам куплигидан кинотеатр хавоси димикиб кетган эди. Мен бугила бошладим. Сенга карадим. Сен эса безовта булиб жилмаярдинг. Кино тугади. Шунда... Шунда шундай муъжиза содир булдики, бу мени ёдимдан бир умрга учмайди. Кинотеатр эшиги очилиб самодан нур егилиб келди. Мен эса бугилганимдан ярим хушимни йукотган холатда бу Яратган эгамни менга илтифоти булса керак деб уйлабман. Нур кетидан каттик шамол эсди ва барчани кузларида кувончни курдим. Сенинг кузингда хам... Шундан бери шамол булса сени эслайман...
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Сешанба, 19-Июл-2011, 02:35 | Изох # 147 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| U uka qanaqa qilib akasidan oldin uylandi. Shu joyi. . . Akasi singlisini to'yida nima qivoti?
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Loading | Сана: Сешанба, 19-Июл-2011, 14:14 | Изох # 148 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Chert manga xammanarsa mumkin.
Faqat 3 ta shart!
|
| |
| |
| AlisherbekUZ | Сана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:06 | Изох # 149 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Balo Dashtida Majnundek Manim Devonadur Ko'nglim.
Ba' zan bu Dunyoning firibi,boylik vasvasasiga tushgan odamlari,dindor bo'lib dinini maxkam tutolmay yana kimlargadir aql o'rgatadigan aqllilari,yuzingga qarab kulib orqangdan xanjar uradigan do'stlar,tirnoqqa zor oilalar-u,yangi tug'ilgan chaqalog'ini xech ikkilanmasdan axlatga tashlaydigan fohishalari qisqasi bu Dunyoning boridan to'yganda ko'chada xammaga kulgi bo' lib yurgan devonaga xavasim keladi,ustimdan kulsangiz xam aytamana xa o' sha biz masxaralayotgan devonaga xavas qilaman.Chunki u bizni ayblarimizni.o' zimiz xatto oynada ko' rolmaydigan nuqsonlarimiz aksini ko'rsatadi.Biz esa bundan umuman bexabar xolda majnunsifat devonaning ko'rsatayotgan qiliqlariga qarab qotib qotib kulamiz..Bu devona xatto olim-u fuzalolar ming mashaqqat bilan o'rgangan xayot darsidan dars berayotganligini biz tushunib etmaymiz.Xokisorlik,Oshiqlik,Armon,Dard va Ko'ngil darsidan.Devonani gapirtirib o'z telefonlariga kichik bir film qilib tushirib keyin atrofdagilariga ko'rsatib kulib qanchadan qancha gunohni o'zlariga sotib olayotgan odamlarimiz,xech ikkilanmasdan,butun dunyoga jar solgudek mana ko'rib qo'yinglar meni maxallamda meni ko'chamda mana shunday devona bor deb nimaga erishishar ekan.Oldin sen o'zingga boq do' stim.Bu devonani ertaga beradigan xisobi yo' q lekin senchi?Qisqasi bir-birimizni ustimizdan kulish,bir birimizni balchiqqa bulash bilan kunimiz o' tayapti...Bir qo' shnimiz ozgina boyib qolsa,bu bechorani qara “ko'rmaganni ko'rgani qursin” deymiz..lekin o'sha boylikni Xudo bizga bersa o' sha qo' shnimizdan besh battar tamoshani ko'rasiiz....Aziz Aka-Opalar unutmaylik senga,menga,unga berilgan xar bir ortiqcha qism yoki bo'lak albatta atrofimizdagi kimningdir xaqqidir faqat Alloh bizni bu o’tkinchi dunyoda boylikda sinash uchun o'sha akamizni yoki ukamizni yoki qo' shnimizni xaqini bizga bergan...Biz boymiz deb g' ururlanib ich-ichimizdan sevinib,et olib yurgandan ko'ra maxalladan yordam pulini olib kuniga etkaza olmaydigan qo'shnimizni xolidan ozgina bo'lsa xam xabardormizmi?shu xaqda o' ylaymizmi?baribir yi’ gib,.qurib xech narsaga erishmaymiz,yarimta non bilan to’ yadigan bu qorinni kajavaday qilib qo’lda tillo soatlarda,uyimiz to' la o'zimizga o'xshagan kazo-kazolar,xar kuni jiz,tandir kabob eb bir kichkina idishda bo'lsa xam qo'shnimizga uzatishni xotir qildikmi?yo'q albatta...Qo'shnimiz esa uyimizdan chiqayotgan anvoyi xidlardan to'yib to'yib xidlayotgan bolasiga,bolam unaqa qilma uyat bo'ladi deyishdan nariga o'tmaydi,chetroqqa borib qo'li kaltaligidan o'ksinib yig'lab qo'yadigan xolatlar yo'q deysizmi?Qo'shnimizning pul so'rab chiqishidagi xolatgacha bormaylik.Ketmon so'rasinchi?ba'zilarimiz ana xovli to'rida xech kimga keragi bo'lmay chang bosib turgan ketmonimizni xam yashiramiz...ketmonni amakisi olib ketuvdi-ya...Bir birimizga bo'lgan xasadimiz shunchalik kuchliki ,agar bunaqa xasad eng zaharli deganimiz chipor ilonda bo'lsa xasad zaxrini tanasida qanday saqlashni bilmay ilonni o'zi xam til tortmay o'lardi,Lekin biz o'lmay bu zaharni oxrigacha olib borishga axd qilamiz, bir qancha odamlarni o'ldirib ana undan keyin o'zimiz bexol bo'lib yiqilamiz.Janozamizga kelganlar esa juda yaxshi odam edi.Alloh raxmatiga olsin deb qo'yishadi.ular xam nima desin bechoralar,,,Xa bir umr shu ko'cha loyga to'lgandi,cho'ntagidan bir so'm chiqarib kelinglar shu ko'chani tekislab asfalt qilaylik savob bo'ladi demagan odam edi deyishsinmi?Yo'q bizni Xalqimiz chumoliga xam ozor bermaydigan,andisha bilan yashaydigan,birovning yuziga tik qarab kamchiligini yuziga soladigan yoki tuxmat qiladiganlardan emas...Orasida bitta ikka bo'lsa bordur,Ularni yaxshiliklarimiz bilan bir ikki marta uyaltirsak yaxshilar safiga tushishadi...Bizda xam boylar kam emas lekin xar safar uyga dam olsihga borganda bir narsani guvohi bo'laman,kambag'al Xudoga shukur deb yashab yuribti lekin tagida qo’sha qo’sha lacettisi bor odam bundaylar kim boymi? ularni ikkta lacettisi bor ekan demak ular millioner, ular nimadan noliydi?voy falon narsa falon narx bo’p ketdi,piston narsa falon narx bo’p ketdi,baraka topgur siz sarf qilgan charlarini puliga evropalik o’rtaxol oila bir oy ro’zg’or tebratishini bilsangiz ko’zingiz chiqib ketarmidi.Xalolingiz bo’lsin.Borida isrof qilmay eb ichishga nima etsin lekin isrof xam katta uvol.uvol esa bu gunohdir.qisqasi Xasad,Ig'vo,Nafs,molparastlik bu bizni borimizni eb bitirayotgan illatlardir.Mana shu illatlardan poklansak shuni o’zi Allohning dargohida ulug’ ibodatday qabul bo’ladi InshaAllah..Hofiz kuylaganlaridek:Balo dashtida majnundek manim devonadur ko’nglim.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:07 |
| |
| |
| Dilnoza | Сана: Жума-муборак кун!, 22-Июл-2011, 02:07 | Изох # 150 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Dunyoda shunaqa yomondan yomon ko'p. Ularga qarab ajablanishdan xecham to'xtamayman. Bo'ldi bundan keyin nima bo'sayam ajablanmiman diymanu lekin baribir odamlarni qigan qiliqlaridan ajablanaman. Bir birini ustidan kuladi. Yerga uradi. Nima topadi? tushunmiman. Mayli tup tuzuk odamlar bir birini g'iybat qilib ustidan kuladi. Bu odamlar orsida umuman tabiiy xol. Ular bu bilan cheklanibgina qolmaydi ular xammani ustidan kulish kerak. Shundoq xam xammayoqdan qisib yaratgan telbalarni ustidan kulishlari nafratingni qo'zitadi. Axir uni nimasini ustidan kulish mumkin? Nimasi kulgili? Tushunmayman.... Telba xech narsani tushunmas ekan deb shu qizni boshiga nima kunlarni solmadi bu odamlar. Onasi yaqindagina olamdan o'tgan, O'zi esa telba uni ustiga ko'rinishi kichkinaligidan qari kampirdek dunyoga kelgan telbani kim qaraydi? Onasi olamdan o'tib qaraydigan xech kim qolmagan. Bozorga paydo bo'la boshladi. Bozorda tilamchilik qilib yurardi. Xech narsaga aqli yetmaydi. Bergan pulingni xam tushunmaydi. Pullarini yig'ib qo'g'irchoq sotib oladi. Kelib maqtanardi xam. Rosti uni eslayapman-u ko'zimga yosh keladi. U kelganda xam unga qaromasdim. Gapini tuzuk gapiromasdi. Ta-ta-ta qilib gapirgani uchun xamma uni tatina derdi. Bu uni laqabi edi. Chin ismini bilmasdik. Manashu yosh bola sifat qizni yoshini bilsam naqd 30dan oshgan deyishdi. Bir kun qarasam yum-yum yig'layabdi. Shuniyam birov uribdi. Og'zim lang ochildi. U zarari tegaydigan telbamasdi. Xech narsaga tegmasdi. Xatto oldingda yotgan oddiy axlatni xam so'rab olardi. Bozorni o'rtasiga olib unday qiliq qilsang pul beraman, bunday qiliq qilsang pul beraman deb ustidan kulaydigan erkak xotinlar qo'rqmaganiga qoyil. Bir to'da bo'lib yig'ilib shu qizga xar xil qiliq qildirib (qo'lim bormadi uyaldim qanaqa qiliqlar qildirishganini yozishga) ustidan kulgan erkak, bolalarga qoyil. Kim ular odam bolasimikin? Kimni ustidan kulyabsanlar? O'l shu kuningdan beraydigan puling 100so'm desang betinga o'qrayib qaraydida xaxalashdan ovozi o'chadi ertasi yana shu axvol. Eshtishimcha colaga araq qo'shib ichirib xatto boshqa narsalar xam qo'shib ustidan kulishgan ekan. Yerlarga dumalab yotardi. Kunlar o'tdi. Yoqolib qoldi. Keyinchalik o'lgani xaqida gap tarqadi. Ishonasilarmi? Unga qarab shunchalik xo'rligim kelardi. Shunchalik unga azob bergan odamlardan nafratlanardim. Uni o'limiga qutilibsan dedim. U o'lganidan keyin tushimga ko'rgandim. U juda chiroyligina qizig'i 16-17-yoshda yoqimtoy qizcha. U menga kulib qarab tanidingmi? Men o'sha sen bilgan Tatinaman deb kulardi. Meni bu yerda xech kim xafa qilmaydi seni xam nimaga yig'layabsan? deb so'rardi. O'shanda yig'lab uxlab qolgandim.
Pul deb o'layatgan bo'lsalaring xam OLLOH sizlarga es-xush, oyoq qo'l beribdimi? Shukur qiling. Uni xech kim saboq sifatida shu dunyodaligi xayoliga xam kemasdi. Faqat uni ustidan xamma kulardi.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
| |
| |