|
Yoqtirgan she'rim
|
|
| misS | Сана: Чоршанба, 09-Ноя-2011, 20:07 | Изох # 126 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Nurli tong oqarar,tun bo'lar oxir, Senga tilaklarim shu tong kabi oq. Qiziq, goh baxting ham men uchun og'ir, Baxtsizliging esa yana og'irroq!..
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
| |
| |
| ledy | Сана: Чоршанба, 09-Ноя-2011, 20:50 | Изох # 127 |
|
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
| Yo‘qlamagan har kuning yilcha bo‘lurmi, hay-hay, Shunchalik shafqat bilmas dilcha bo‘lurmi, hay-hay
Xush surating bir nafas tark etmas xayolimni, Ko‘z shahlo-yu, qosh esa nilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Har so‘zda yuz andisha qilg‘um donolig‘ingdan, Ko‘nglingning nozikligi qilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Goh xanjar, goh asaldek so‘zlaringdan dog‘damen, Jon olib, jon berguvchi tilcha bo‘lurmi, hay-hay.
Vaslingning umidida dunyodan o‘tib borgum, Qanoatda Saida filcha bo‘lurmi, hay-hay.
Saida ZunnunovaДобавлено (09-Ноя-2011, 19:50) --------------------------------------------- Aqlim tanibmanki, minnatsiz bir baxt, Minnatsiz umrni qilaman orzu. Kam-ko’stsiz hayotni etaman ddeb taxt, Tanho tashvish cheksang, dilim ezilar. Yo’q, sira yuk bo’lmay, bo’layin mador, Toki ravon bo’lsin men-la yo’llaring. Yiqilsang yiqilgum demasman zinhor, Turg’izmoqqa cho’zgum nozik qo’llarim, Yo’q, sira yuk bo’lmay, bo’layin mador
Saida Zunnunova
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) ledy - Чоршанба, 09-Ноя-2011, 20:49 |
| |
| |
| Nikki | Сана: Чоршанба, 09-Ноя-2011, 21:56 | Изох # 128 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| Sevgi bu Allohdan eng buyuk in'om Kuygan-u suyganga sir e'mas ayon O'ksinma gar yoring suymasa hamon Eng buyuk sevgiga Tangrimiz loyiq!
Mehribon onangni bog'lab bermagan Suyanchiq otangni tog'lab bermagan Yo do'stni vafo ila chog'lab bermagan Eng buyuk ishonchga Tangrimiz loyiq!
Chin do'stim yo'q deya aslo o'ksinma Seni yomon desalar mayli so'kinma Qoqilib, yiqilib sira chekinma Eng buyuk Do'stlikka Tangrimiz loyiq!
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Пайшанба, 10-Ноя-2011, 04:01 | Изох # 129 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Никки, сизга ёк,ган бу чиройли шеър мангаям жуда ёк,ди. Муаллифи ким бу шеърни? Рахмат сизларга!
|
| |
| |
| Nikki | Сана: Пайшанба, 10-Ноя-2011, 13:13 | Изох # 130 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Hushroy) Никки, сизга ёк,ган бу чиройли шеър мангаям жуда ёк,ди. Муаллифи ким бу шеърни? p.s. rahmat Hushroy muallifi kimligini to'g'risi bilmayman))Добавлено (10-Ноя-2011, 12:13) --------------------------------------------- Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin - Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan, Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan. Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan, Behuda izlamang sira izlarin - Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor, Dugonasi Hayo, dugonasi Or. Ayting, farishtadan nima farqi bor, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq, Ular etagidan jannat bir qadam. Beayb Parvardigor, degandek biroq, Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam, Dorga osing, ammo aytmas birovga. Aytmay sevishini sevganiga ham, Tegib ketaverar boshqa kuyovga!
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Пайшанба, 10-Ноя-2011, 16:12 | Изох # 131 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Adashmasam MUHAMMAD YUSUF she'ri edi.
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Nikki | Сана: Пайшанба, 10-Ноя-2011, 19:30 | Изох # 132 |
|
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 258
Холати: Хозир йўқ
| ha to'g'ri oxirgi yozganim Muhammad Yusufni sheri
Shayton fikr tashlaydi xolos, unga quloq solmasang u seni tark etadi!
|
| |
| |
| Zuxraxon | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Ноя-2011, 02:50 | Изох # 133 |
|
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| MUHABBAT
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u. Ko`kragimga qo`lingni tirab, Yuragimni to`kib qo`yding-ku.
Qancha ko`zlar menga zor edi, Na g`am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.
Ne qilarding menga tegib sen, Yengilmagan edim — yengib sen, Boshlarimni yerga egib sen. Qomatimni bukib qo`yding-ku.
Sen men uchun bir xayol eding, Yaxshi bor yo yaxshi qol eding, Jon kerakmi — mana ol endi, Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.
Bilmam, nima edi maqsading: Menga bir juft guling asrading, Birin otin Kumush atading, Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!
Muhabbat, ey go`zal iztirob, Ko`chang kezdim sarson, dovdirab, Yuzlarimga yuzlaring tirab, Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..
Muxammad Yusuf!
|
| |
| |
| misS | Сана: Шанба, 12-Ноя-2011, 14:39 | Изох # 134 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Samar bo'lg'ay
Seningsiz menga kom yo'qdir, Asal ichsam zahar bo'lg'ay, Sening birlan, shirin so'zim, Zahar yutsam, shakar bo'lg'ay.
Yuzingga bir umr boqsam, To'yurmi ko'z, qonurmi dil, Na undan belgi paydo-yu, Na bundan bir asar bo'lg'ay.
Ikki yor vaslini istab Ikki ishq so'zin eshitsam, Ikki ko'zim ko'ru, ikki Qulog'im mayli, kar bo'lg'ay.
Ko'zing uchganda ko'nglimni Olib kipriklaringga qo'y, Qoshu mujgonlaring ko'nglim, Qushiga bolu par bo'lg'ay.
Tirilsa nogahon Farhod, Yuzingni ko'rsa ko'zguda, Kechib Shirinidan yuz yil, Ko'yingda darbadar bo'lg'ay.
Habibim band etar ko'nglim, Tabibim pand etar doim, Bilolmasman, bu savdoda Na sudu na zarar bo'lg'ay.
Muhabbat nogahon dilda Yozib kurtak, ochibdir gul, Umidvor Erkining, joni, Bu guldan bir samar bo'lg'ay.
Erkin Vohidov
Добавлено (12-Ноя-2011, 13:39) --------------------------------------------- ZAMIN TOR
Na asroru, na iztirob, g'am Va na qismat bitgan ixtiyor- O'xshar edi so'ngsiz va mubham Kurashga bu visol, bu diydor. Men tongdanoq boqib yo'lingga, Tashrifingni poylardim... Biroq Bu bukilgan ikki qo'limga Sanchilardi sezilmay titroq, Va qurshagan barmoqlar ila Ezg'ilardim dasturxon uchin. Men tuygandim o'sha chog'dayoq Tor ekanin zamin biz uchun.
[i]Anna Axmatova, Xurshid Davron tarjimasi.[i]
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Шанба, 12-Ноя-2011, 14:40 |
| |
| |
| Dilnoza | Сана: Якшанба, 13-Ноя-2011, 03:19 | Изох # 135 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Sog'inganda izlab bir nishon, Qabring tomon olar edim yo'l. Keltirarding menga bir zamon, Endi har chog' men eltaman gul.
Keldi. Uzoq qoldim men sokin, Sening aziz boshingda yolg'iz. Osmon tiniq edi va lokin, Parcha bulut yetib keldi tez.
Ko'kda mening boshimda turib, Go'yo yuragimda qalqdi u. Ko'zimdagi yoshimni ko'rib U ham to'kdi yoshini duv-duv.
Biz yig'ladik tepangda shu kun, Keldingmi deb ko'tarmading bosh. Ayt-chi senla baxtiyor onlar Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?
Zulfiya "Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh" 1945.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
| |
| |
| misS | Сана: Чоршанба, 23-Ноя-2011, 10:41 | Изох # 136 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Mag'rur edim, mag'rur eding sen, Osmon edi tilaklarimiz. Oyni quchdi hayollar lekin, Tuproq bo'ldi tilaklarimiz. Faqat hanuz mahzun ko'ngilni, Turtkilaydi og'riqli bir xis. Aylanadi yuraklar so'zga, O'sha so'zni aytolmadik biz.Добавлено (23-Ноя-2011, 09:41) --------------------------------------------- Dil yayraydi bir zumgina xalovatda, O'z bag'ridan joy ajratdi sadoqatga. O'tkinchi xis ekanligin bilib bilmay, Bosh egibman yolg'on tuyg'u muhabbatga.
Alamlarim, armonlarim ortdi mening, Xijron dog'i o'z komiga tortdi meni. Aldolmaydi, avrolmaydi hech kim endi, Bosh egmayman yolg'on tuyg'u muhabbatga.
Xijron menga hamroh bo'ldi dil yig'ladi, Uning o'tkir hanjarlari dil tig'ladi. Yaralangan yuragimga qil sig'madi, Bosh egmayman endi sira muhabbatga!!!
Bir yolg'onchi yor qo'lida ermak bo'ldim, Ishq yo'lida xattoki jon bermak bo'ldim. Ne bo'lsada peshonamdan ko'rmak bo'ldim, Bosh egmayman endi sira muhabbatga.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
| |
| |
| AlisherbekUZ | Сана: Пайшанба, 24-Ноя-2011, 23:39 | Изох # 137 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| UMR — QUMSOAT
Umr — qumsoat ham yarimlab qoldi, ko`nglim to`lgani yo`q bilganlarimdan. Yodimni og`ritar kechirganlarim, ko`pdir qilmaganim qilganlarimdan. Kechalar tobora oydinlashadi, ko`zingda quyoshning chechagi so`lmas, yashaging keladi, faqat umrni qumsoat singari to`nkarib bo`lmas. Go`zallar yodimdan o`chdilar bir-bir, do`stlarim bag`rimdan ko`chdilar bir-bir, yillarim uzlib tushdilar bir-bir, faqat bu ko`ngilni to`ldirib bo`lmas. Kun keldi, ohlaring uchadigan kun, yuraging olamga sig`maydigan kun, yuzingni bosgancha yerning yuziga, silkinib-silkinib yig`laydigan kun. Kimni baxtli qildim, kimni umidvor, kimlarga ko`nglimni yorib so`yladim. Qo`limni berdimmi moziy qa'ridan cho`zilgan sanoqsiz ojiz qo`llarga?! Quyosh daldasida egilganlarning yengilroq qildimmi og`irligini? Aytdimmi kimlarning asl do`stligin, kimlarning haqiqiy yog`iyligini?! Kun keldi, boshingni egadigan kun, hattoki o`zgalar gunohi uchun yuzingni bosgancha yerning yuziga, silkinib-silkinib yig`laydigan kun. Mendan nima qolur, abadiy nurlar barq urib yashnagan dunyo tomonda? Urinib-surinib, sira to`lmagan bir ko`ngil qoladi qolsa ham mendan. Raxmatli shoirimiz Shavkat Raxmon...
|
| |
| |
| Zuxraxon | Сана: Жума-муборак кун!, 25-Ноя-2011, 03:02 | Изох # 138 |
|
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| BU HAYOT EKAN-DA...
Bu hayot ekanda, ko‘ngil ekan-da, Gulning ixtiyori xoru tikanda. Men yorni xor bo‘lib sevdim, netayin, Suv teskari ketdi menga kelganda.
Taqdir deyin desam, tahqirga o‘xshar. Tug‘yonim – ko‘z yoshi, isyonim – xanda. Ummon asov bo‘lsa, to‘fon ham o‘jar. Inon-imkon bormi yurak – yelkanda?
Boshim egildimi, sindimi qaddim, Qalamdek mo‘rt bo‘lar suyanchsiz banda. Ehtimol, osmonni tutib qolardim, Yorimning qo‘llari tursa yelkamda.
|
| |
| |
| hayol | Сана: Шанба, 10-Дек-2011, 09:35 | Изох # 139 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 142
Холати: Хозир йўқ
| Oshiqlarim,oshiqlarim,men qaydayu Ishq qaydadir? Bedillarim,bedillarim,men qaydayu Ishq qaydadir? Tug`yondaman,tug`yondaman,xonu moni tarxondaman, Ishqidaman,jon-jondaman,men qaydayu Ishq qaydadir? Goho olov ichra Xalil,goho Musodek jon sabil, Goho yutib daryoyi Nil,men qaydayu Ishq qaydadir?...
SHams Tabriziy.G`azallar (A.Mahkam tarjimasi)
Неча инсонлар курдим, сийрати бор, суврати йук. Мавлана Румий
|
| |
| |
| DiLinZaDa | Сана: Шанба, 10-Дек-2011, 20:33 | Изох # 140 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 639
Холати: Хозир йўқ
| Bu satrlar kuzlarni namlantirmasligining iloji yoq!!! Yurak sanchib tez urarga o’tdi birdan Halovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Alangladim yon-atrofga havotirdan, Ibodatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming haqqini yutib qo’ydi musulmonlar, Qorinlari ko’proq to’ydi musulmonlar, Riyokorlik to’nin kiydi musulmonlar, Itoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tirik murda to’ldi, ammo tobut yo’qdir, Gunoxlardan asraguvchi sovut yo’qdir, Avom tugul peshvolarni subut yo’qdir, Sadoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Tilda bolu, qilgan ishi g’irt zaxardir. Munofiqlik bir emas ming kech sahardir, Kim ko’p yolg’on desa, o’sha savdogardir. Tijoratdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir birlarin g’ajib yetmish hatoyi deb, Nom olmishlar bulbul honish sadoyi deb, Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi deb, Tilovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hammasiga ko’niking siz, qonlar yutmang. Foyda yo'qdir rivoyat deb kitob titmang, Namozxonin qizlaridan hayo kutmang, Hijolatdan asar ham qolmadi do'stlar. Lafz izlamang bir taloq ming taloq bo'ldi, Topgan-tutgan fatvolari gunoh bo'ldi, Tamaki-yu, nos tupurish muboh bo'ldi, Karohatdan asar ham qolmadi do'stlar. Allohni bir degan inson qilsa riyo, Oyat-hadis turushinda bo'lsa ro'yo, Saharlarda bulbul zikr qilar ammo, Tarovatdan asar ham qolmadi do'stlar. Jamoatlar firqalarga bo’lindilar, Dum patlari ko’k tovuqdek yulindilar, Vujudla bir qalban qatl qilindilar, Muhabbatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bu ummatning faqiri gar bir lof ursa, Tog’lar qular bu kibrga qarshi tursa, Fir’avnni hayron aylar qasr qursa, Sahovatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hech biri “ne bo’lar” demas qiyomatda, Hiyonatlar ho’p ko’paymish omonatda, Pora halol hisoblangan bu ummatda, Diyonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Er deganlar ertayu-kech uyda uxlar, Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar, Qiz juvonin axvoliga maymun yig’lar, Balog’atdan asar ham qolmadi do’stlar. Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari, Chorvasida qo’ydan kichik tevalari, Don eksalar dondan kichik mevalari, Barokatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birontasi kechar bilmas molu jondan, Alloh uchun boshqarmas xonadondan, Munofiqni ajratolmam musulmondan, Farosatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bir tarafni aylaydilar karvon bozor, Bir tomonda masjid bo’lar qadim mozor, Pirga qo’lin berarlaru, Xudo bezor, Murruvatdan asar ham qolmadi do’stlar. Mo’min bo’lib maqsadlari kayf bo’ldi, Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi, Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi, Muhammaddan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirsalar shariatdan kulgim kelar, Ming turlanish yuzlarini yulgim kelar, Kas jonlarin olar qotil bilgim kelar, Dalolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Birisida botirlik bor, farosat yoq, Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat yoq. Muhammadiy ummatiga ko’p qilmang do’q. Shijoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Gapirdik ko’p amallardan ketdi hayot, Uzoqlarga qochib ketmish bizdan najot. Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak hayxot. Shafoatdan asar ham qolmadi do’stlar. Do’stimizni qatl etdilar, sharxlolmadik, Mo’minlikning qiymatini narxlolmadik, Xarom birla halol ko’rsak, farqlolmadik, Nadomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ming yaxshidan afzal o’tmish yomonlarim, Xov, qaylarga qochdingiz o’ng tomonlarim, Kitoblarga jilo bo’lgan zamonlarim, Hilofatdan asar ham qolmadi do’stlar. Qayga boqmang g’anim o’tliq, yov g’olibdir, Mo’min degan to’rt tarafga ho’p nolibdir, Hamma birdek gumroxlikni tan olibdir. Xikoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey g’or nafsim hotirjamsan, tinmay uxla. O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga mixla. Ali Usmon davirlarin eslab yig’la, Matonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Savdo demish qutlug’ yo’lda berarlar jon, Lek bomdodga ochilmas ko’z, topib imkon. Topib bering Alloh deyar bitta inson. Layoqatdan asar ham qolmadi do’stlar. Yoddan ketmish bu dunyoning xisoboti, Xaddan ziyod moddiy bo’ldi inson zoti, Yigirma birinchi asr kashfiyoti, Rivoyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Manga alam Chingizlarni so’ljaytirgan, Botularning o’ng yo’lini so’lg’aytirgan, Termiziyni, Buxoriyni ulg’aytirgan, Saltanatdan asar ham qolmadi do’stlar. Dinim deya, yanoqlari namlar qani? Odamlarni uxlatmagan g’amlar qani? Har qishlog’i olim bergan damlar qani? Ul shavkatdan asar ham qolmadi do’stlar. Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar ko’p, Pishmay turib suvin siqan shoirlar ko’p, To’rt qatorni she’r deb chiqqan shoirlar ko’p, She’riyatdan asar ham qolmadi do’stlar. Arab sori safar qilmang, ming yuviqsiz, Din nomidan nom topurlar haloyiqsiz, Mazxabiga yurmasangiz munofiqsiz, Risolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Bashar o’g’li muammoga ho’p yo’liqmish, Bunda nafsi ulush qilgan dardni yig’mish, Lek har tizim manfaatdan kelib chiqmish, Adolatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ko’ring bunda tabiblikka da’volarni, O’ylab chiqib turlik tuman balolarni, So’ngra e’lon qilarlar ming davolarni, Tabobatdan asar ham qolmadi do’stlar. Hamma bilar, yolg’onchi so’z zaxar, maydir, Uni mo’min o’z do’stiga ichirmaydir, Taqvodori va’da bersa, bajarmaydir, Omonatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ilmlisi ko’p kulodir otib handa, O’zgalarning axvoloti parokanda, Haq so’zga joy qolmagan bu gul makonda, Hidoyatdan asar ham qolmadi do’stlar, Suvlari ters oqqan kunlar halak bo’ldi, Sxobalar hodisoti ermak bo’ldi, Valiylarni ko’rgan damlar ertak bo’ldi, Karomatdan asar ham qolmadi do’stlar. Aytishardi jannat asli erur Vatan, Ul manzilga to yetguncha yo’llar tikan, Ko’rdim mano bu dunyo xo’p sotqin ekan, Bu rohatdan asar ham qolmadi do’stlar. Ey .... hayr seni tark etmasdan, Xudo uchun ish qilib qol jon ketmasdan, Qara telba dunyo seni qaritmasdan, Farog’atdan asar ham qolmadi do’stlar.
Sen uchun qadrli bo'lganlarni unutma.
|
| |
| |
| misS | Сана: Якшанба, 11-Дек-2011, 16:47 | Изох # 141 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Sevgi nima? Azob hijronmi? Yoki dilni mast etguvchi may. Sevgi nima? Bir imtixonmi? Yo tong payt yiglaguvchi nay. Sevgi nima ? Axdu vafomi? Sevgi nima? Orzu xatomi? Sevgi nima? O'tli qarashmi? Yo yurakda otash, rashk, g'ammi? Sevgi nima? Go'zal ijodmi? Sevishganlar umrbod shodmi? Sevgi nima? Ilohiy kuchmi? Yoki faqat itoat burchmi? Sevgi nima? Bir shirin tushmi? Yoki sevib so'ng unutishmi?
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
| |
| |
| Dilnoza | Сана: Пайшанба, 29-Дек-2011, 20:33 | Изох # 142 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Kelibman men ushbu dunyoga Senga savol bergim keladi Ne sababdan inson-insonni Sevadiyu tashlab ketadi.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Пайшанба, 29-Дек-2011, 20:40 | Изох # 143 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Mehmon bo'ldim tushimda onam! She'rni ohirgacha o'qishni maslahat beramiz. Mehmon bo'ldi tushimda onam Ko'zlarida tashvish iztirob, Hayolida ming bir savollar Yuzlarida ming bitta azob Boshim uzra bo'lib ovora Ming dard bo'lib farovush Atrofimda bo'lib parvona Savol bilan boqadi homush Oh sochlari hiyol to'zg'igan Qadoq qo'llar boshim silaydi Ko'zlarimga tik boqib zimdan Savoliga javob so'raydi Eshitilar yurak urishi So'zlarida mungli hayajon O'glim gapir bu qandoq xolat Nima bo'ldi senga bolajon Aytgin bolam gunohing nima To'rt devorga mahkumsan nechun Bu qandayin temir panjara Temir eshik nahot sen uchun Aytgin o'g'lim yashirma mendan Nahot qo'ling qonga botgandir Kutmagandim yomonlik sendan O'g'rilikka ko'ngling yotgandur yo kimningdur toptam nomusi Tushirdingmi sha'nimizga dog' Yo unutib bergan oq sutib Ruhimizga qo'ydingmi oyoq Balki bo'lib sen shuhratparast O'zgalarni qildingmi behurmat Ko'chalarda yurib mast alast Padaringga keltirding lan'at Ko'z ochaman yo'qdur madorim Atrofimda tanish manzara Temir eshik darchasi bilan Yana usha temir panjara Tong shu'lasi tuynuk ortidan Ko'rinadi misli kapalak Vo ajabo yostig'im uzra Qo'nib turar mitti kapalak Ey tabiat lolman sehringga Buncha sirli bo'lmasang dunyo Tushimdagi onam so'zlarin Shu kapalak aytgandek go'yo Onam ruhi bezovta bo'lib Uchib kelmish kapalak timsol Boshim uzra ohista qo'nib Qayta qayta beradi savol Onajonim! meni kechiring! Ruhingizni bezovta qildim Qora kunlar tushib boshimga Yana bir bor qadringiz bildim Onajonim meni kechiring Yaxshi kunlar yodga olmadim Qabringizni qo'yib sag'ana Lekin o'zim tez-tez bormadim Pok tutdim men sha'ningiz ammo Zarracha dog' tushirganim yo'q Otam bilan sizning nomingiz Yuragimdan o'chirganim yo'q Yuragim ham toza ko'nglim ham toza Qotillikdan yiroqdir yo'lim Onajonim, onajonim o'g'ri emasman O'g'rillikka bormaydi qo'lim Bo'lganim yo'q men shuhratparast O'zgalarni kamsitganim yo'q Duo oldim umrimda faqat Ammo lan'at keltirganim yo'q! Aybim shuki do'st deb barchani Quvonchimga sherik qilganman Sinab ko'rmay dardimni aytib Dushmanimni do'st deb bilganman Aybim shuki rost gapirganman Do'stimga ham dushmanimga ham Sherik bo'ldim o'zga dardiga O'z dardimga topmadim malham Aybim shuki bo'yin egmadim Vijdonimni qo'yib garovga. Mag'rur yashab qaram bo'lmadim Sohta obro' istab birovga Aybim shuki boylik yig'madim Farzandimni dedim tillodan Yomonlikka yaxshilik qildim Kulfatimni ko'rdim xudodan So'zlarimni tushunib go'yo Panjaraga uchdi kapalak Onam ruhin taratib ro'yo Qayta ato etganda yurak Onam ruhi qayta kuch berdi Orzu, umid berdi yurakka O'g'lim! ozod bo'lasan dedi Intil dedi orzu tilakka Mehmon bo'ldi tushimda onam Makonida u tinch yotardi Qabri uzra bosh egib turdim Ufqda esa quyosh botard
chelsea chempion...
|
| |
| |
| Bоnu | Сана: Сешанба, 03-Янв-2012, 23:31 | Изох # 144 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Оллоҳ берган давлатинг- отани асраш керак, Қиблагоҳ ғаниматинг- отани асраш керак. Умрингнинг зўр устуни, касбу коринг мазмуни, ҳам иймонинг бутуни- отани асраш керак. Келтирган ким ҳаётга, сўнг кўтарган қанотга, Етай десанг муродга отани асраш керак. Ушалгай хар армонинг, қуримагай дармонинг, Парвардигор фармони- отани асраш керак. "Бузруквор" деб фахр-ла, хизматин қил сабр- ла. Тиригида қадрла- отани асраш керак. Олтин бўлар тупроғинг, яқин бўлар йироғинг, Ҳам ўчмагай чироғинг- отани асраш керак. Борига қилгин шукур, рози этгин бир умр, Дуосини ол, Бобур, отани асраш керак. Добавлено (03-Янв-2012, 22:31) --------------------------------------------- Бобур Бобомурод шеъри
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
| |
| |
| Feruza | Сана: Сешанба, 03-Янв-2012, 23:59 | Изох # 145 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
| Mayliga kimgadir yoqsa yoqmasa Ularga qushilib yig'lasharmidik, Biz baxtli bulamiz xudo xoxlasa, Xudo xoxlamasa uchrasharmidik.
shoir MUHAMMAD YUSUF sheri. sherni davomini shoir kitobidan uqisangiz buladi.Sizni zeriktirmay deb davomini yozmadim.
|
| |
| |
| Chingiz_Madadian | Сана: Шанба, 21-Янв-2012, 14:17 | Изох # 146 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 264
Холати: Хозир йўқ
| Sizdan...
Sizdan yomon dushmanim yo'qdir Sizdan yaxshi do'st topmam xargiz Garchand so'zlar zaxarli o'tdir, Nochor ko'zlar dardlashar beso'z.
Sizdan og'ir dardim yo'q bildim, Sevinchimga qanot xam sizsiz. Tushlarimda baxtga g'arq bo'ldim, O'ngda esa yolg'izman yolg'iz.
Sizdan katta tashvishim bo'lmas, Rashkim xam yo'q sizdan o'zgaga. Uzatilgan mexrmas,qo'lmas: G'amu xijron,armon o'rtada...
Mendan boshqa sarsoningiz yo'q Izlamaydi xech kim men kabi. Siz men uchun otilgan bir o'q, Va yarador qalbim matlabi.
Mendan aniq dushmaningiz yo'q, Qarg'ab-qarg'ab sevmaydi xech kim. Uzoqlarda bo'lsada dil to'q Siz xayotda yagona do'stim...
Allah helps 74and loves everyone
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Шанба, 21-Янв-2012, 15:21 | Изох # 147 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Кулманг, утинаман, кулмангиз асло Менинг бахтсизлигим факат меники. "Тавба" деб чекинманг, ачинманг хатто, Толе меникидир, у такдир чеки! Уткинчидир маним махзун дамларим, Уткинчидир сизнинг кулгу ё куз ёш. Мен инсон умрини Куёш англадим: Баъзида вактинча куяркан КУЁШ!
Дилмурод Саййид
|
| |
| |
| shoxtoy | Сана: Шанба, 21-Янв-2012, 18:57 | Изох # 148 |
 Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| aziz asrimizning aziz onlari, aziz odamlardan so'raydi qadrin. fursat g'animatdir shox satrlarila. bezamoq chog'ida umr daftari. ( A. Oripov )
|
| |
| |
| Hushroy | Сана: Сешанба, 31-Янв-2012, 03:07 | Изох # 149 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| "УЗИНГИЗНИ ЭХТИЁТ КИЛИНГ" Азизларим, мехрибонларим, Дусту ёрон, кадрдонларим, Жонингизга куяр жонларим, Узингизни эхтиёт килинг. Тириклик деб, чопган оталар, Рузгорим деб, шошган оналар, Жонингизга куймас болалар, Узингизни эхтиёт килинг. Киз аразлаб келса юрак кон, Келин чимирилса дил вайрон, Агдар-тунтар булса хам жахон, Узингизни эхтиёт килинг. Таранг-таранг тортилар асаб, Емираркан инсонни газаб, Кон томирлар бунча мурт, ё Раб?! Узингизни эхтиёт килинг. Унг томонда жойлашса юрак, Булмасмиди шунчалар хуркак, Чикса чикар гуручдан курмак, Узингизни эхтиёт килинг. Тортишувда бир суздан колиб, Нохуш гапни хазилга олиб, Дилозорни Худога солиб, Узингизни эхтиёт килинг. Эй дуст, хар не касби корингиз, Хамрох сизга ташвиш, зорингиз, Ёнингизда юрсин дорингиз, Узингизни эхтиёт килинг. Улим - ёмон, дахшатли такдир, Аммо дузах олдида бахтдир, Асли уша оловдан хозир, Узингизни эхтиёт килинг. Энг аввало ношукр булманг, Жохил билан хамфикр булманг, Беибодат, безикр булманг, Узингизни эхтиёт килинг. Хаккингизни бермаса бахил, Кургизсалар зулуму кахр, Хисоб куни келар-ку ахир, Узингизни эхтиёт килинг. Кандай шараф - АЛЛОХга кайтиш?! Шартмас шунча улимдан куркиш, Охиратда колган хамма иш, Узингизни эхтиёт килинг. Сизга санчиб сузнинг найзасин, Яйраса шу нодон яйрасин, Сукут билан енгинг хаммасин, Узингизни эхтиёт килинг. Кечирганни кечирур АЛЛОХ, Панох берган топади панох, Ёмонликдан не чикади, ох! Узингизни эхтиёт килинг. Дуст томонга талпининг хар дам, Куринг кувонч ташвишни бахам, Одам тафтин олади одам, Узингизни эхтиёт килинг. Куръон, хадис, шеърият, санъат, Доно билан бир ширин сухбат, Шумасми сиз кидирган жаннат? Узингизни эхтиёт килинг. Гам келганда куюниб кетманг, Бахт келганда суюниб кетманг, Сокин яшанг, осуда яшанг, Узингизни эхтиёт килинг. Кузлар хали куриб турганда, Юрак хали уриб турганда, Оёгингиз юриб турганда, Узингизни эхтиёт килинг. Елкангизда икки фаришта, Уларнинг куллари ёзишда, Мархабохон, хар суз, хар ишда, Узингизни эхтиёт килинг. Шукр дустлар, борингиз учун, Фарзанд, жигар, ёрингиз учун, Мендай харидорингиз учун, Узингизни эхтиёт килинг! Мархабо Каримова.
|
| |
| |
| SHOIR | Сана: Сешанба, 31-Янв-2012, 17:11 | Изох # 150 |
|
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 46
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ажойиб Добавлено (31-Янв-2012, 16:11) --------------------------------------------- ЯПРОҚДАГИ МУҲАББАТ
Япроқлардек тўкилди туйғу,
Юрагимнинг соҳилларига.
Бахт тиладим куз қучоғида,
Умидимнинг қотилларига.
Лабларимдан томади бир сўз,
Қарғаябман бедил ошиқни.
Босган ҳар бир қадамлар аро,
Тавоф этманг юраксиз ишқни.
Хатоларга дил бермай кетинг,
Хотиротга сиз бутунлай ёт.
Тушунишга қодир эмассиз,
Унутилган ишқий эътиқод.
Япроқлардек тўкилди туйғу,
Янчилишлар бермади овоз.
Видо айлаб пичирлар лабим,
"Бахтли бўлинг" шу қарғиш, холос...
Хосият СИДДИҚОВА.
Сен булмасанг олам кайда эй Аллохим.
|
| |
| |