| AlisherbekUZ | Сана: Сешанба, 25-Сен-2012, 20:53 | Изох # 38 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| Ona Vatanimga.
Shudringday poklikning bir nishonasi, Boburning dard to'la ijodhonasi, Mehring ummon,bolang during donasi, Ko'nglimning bo'shisan,Onajon Halqim Qalamim qoshisan, Jonajon Halqim.
Yuraging qizisa,Dunyo o't olar, bir kun ko'rinmasang dalang dod solar, dardmandga hamdardim darding kim olar? Ko'zimning yoshisan,Onajon Halqim. Qalamim qoshisan,Jonajon Halqim.
Yomg'ir yog'sa ekkan pahtangni o'ylab, dalangda yurasan tunu-kun to'ylab, bug'doying bo'yiga bolangni bo'ylab, Quvongan dilimsan,Onajon Halqim. Eng ravon yo'limsan,Jonajon Halqim.
Atlaslar to'qiysan,kimlar kiyadi, tandiring noniga dunyo to'yadi, sog'inch yuragimni qonga bo'yadi, Ko'ksimning alvoni,Onajon Halqim. Ruhimning Salmoni,Jonajon Halqim.
Qishli,izg'irinda pista,qurt sotib, sovuq oyog'ingmas,joningdan o'tib, bolam deb yig'inib,to'yini kutib, Jonim Ilhaqisan Onajon Halqim, Dilimning oqisan Jonajon Halqim.
Seni kuylaganlar,tinglasin seni, dardlaring bulbulday sayrasin seni, nolangdan bu dilim yayrasin meni. Kuyimning pardozi Onajon Halqim. Alisherman senga sadqa jon Halqim.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:36) --------------------------------------------- Yurtning asl farzandi kimlar?
Yurtga chin o'gillik nima degani? Uning sarhadini yovdan qo'rishmi? Yoki dalasida quyosh botar chog, hidiga mast bo'lib pichan o'rishmi? balki gul bag'rida osmonga boqib, tunda yulduzlar-la hayol surishmi? bulbul hirom aylar bo'glari ichra, rayhonlarin hidlab to'yib yurishmi? Yig'lasa ko'zidan yoshini artib, yaqinlar dardiga malham bo'lishmi? Yoki horij yurtda sog'inib,eslab, yig'lab bayrog'ini ko'zga surishmi? Ta'rifin yozsam gar,etadi davom, bu qog'oz,bu qalam balki yetmaydi, Vatanning eng sodiq asl o'gloni, och qolib o'lsa-da Yurtin sotmaydi. Alisher qadaming bilib bos ba'zan, ravon yo'llar uzra jarlar bo'ladi, doim hushyor bo'lsang,omading kular, shu joyda azizim she'rim tugadi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:37) --------------------------------------------- Shoirsiz degan do'stlarga.
Shoirlik mengamas,men oddiy, O'zbekning dardidan ushoqman, dehqonin peshona teridan, ko'kargan g'or bug'doy boshoqman. Tandirdan uzilar patirlar, totmasdan hidiga to'yaman, yurakdan quyilar satrlar, gohida bir yozib qo'yaman. Orzumas,shoirlik rutbasi, u bilan boyirmi bu jonim? Muhammad Yusufday shoirni, ko'rolmay qolganim armonim. qalamni boshini og'ritib, qo'g'ozni bag'rini tilib man, ey ukam siz aytgan Shoirmas, balki go'r shoircha bo'libman.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:39) --------------------------------------------- Bor gap..
Bu yozgan bitigim,kimnidir Ona Vatan hududi haqidagi sayoz bilimlarini muhokama qilish uchun emas,faqat unutilayotgan qadriyatlarimizni esga solishga undov.Meni to'gri tushunasizlar deb umid qilaman.Keyin bu o'zimga eng katta HAYFSAN desam to'gri bo'ladi.Oktybrda borib dunyo madaniyati va faniga beshik bo'lgan qishloqchalarimizni kezmoqchiman.qishloqcha dedimmi?mana ikkinchi Hayfsanni ham oldim.Hazil o'z yo'liga.Lekin shunaqa qishloqlarimiz borki,dunyo olimlari kelib,doctorlik dissertatsiyalarini shu qishloq tarihiga bag'ishlab,yuqori darajotlarni,mo'may gonorarlarni olib kekirib yurishibdi,bu bilan boyish dardi emas,ba'zi tili burro so'zamol savoli ichida toshib ketganlarni aniq tiniq javoblar bilan joyiga o'tqazib qo'ya oladigan,o'z tarihi bilan quruq fahrlanishnimas,haqiqiy jonkuyari bo'lishimizni hohlardim.Xoh injener,xoh doctor,xoh,sotuvchi.Afsuski xalicha u darajaga yetmadik,lekin Inshaallah sa'y-harakatimiz bilan yetamiz.Hozircha afsuski,shahrimizdan o'n chaqirim uzoqlikdagi qishloqchani nomini bilarmiz lekin baribir to'liq fikrga ega emasmiz.Udumlar,an'analar,farqlar,o'hshashliklarni solishtirish bizga ortiqchaday tuyuladi lekin Europadan biznikiday buyuk tarih bo'lgandami?Endi gapirsak juda ezmalanib ketmay deb shu yerda to'htaymiz.
Dunyodan terib non ushoqchamizni, ko'tarib so'roqli o'roqchamizni, so'rasa shahar yo qishloqchamizni kulamiz va deymiz do'stim bilmaymiz, bunaqada tuzuk o'g'il bo'lmaymiz.
Buhoro qo'ynida qadim Afshona, Sinosi dunyoga bo'lgan afsona, chet ellik so'rasa kulib mastona, deymiz kechirasiz unda turmaymiz, rosti,bunday qishloq bormi?bilmaymiz!
Ho'jailg'or bo'lgan ulug'lar poyi, asli u Temurning tug'ilgan uyi, to'grisi suhbatning kelganda joyi, shu bir oddiy faktni ayta bilmaymiz. Keshni bilamiz-u uni bilmaymiz.
Vatan deymiz,sog'iniblar yuramiz, qaysimizdir yig'lab yozib turamiz, unga boqib o'zimizni ko'ramiz, Ko'zgumizku xazinamiz,bilmaymiz, hududiga zo'r e'tibor bermaymiz.
Aytgan gapim ko'nglingizga tegmasin, ajnabiyning kulib kuni tug'masin, savol berib bo'shingizni egmasin, Alisherning ichda dardin bilmaysiz, Ona yurtni biling hech kam bo'lmaysiz.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:41) --------------------------------------------- Mahobat mehvari Mashrabga maqomdur mudom yoki M-dan mujda.
Muhabbat mayidan mastona, mard mashuq majolsiz,madorsiz, mensimas munofiq makrini, murodi mohining maqomi.
Mayliga mung'aygan mozorlar, Majnunday mahbubning makoni, maftunkor malaklar madhini, Mashrabday muhrlar mujgoni.
Mo'r malah,marazl-a murosa, matlabi muhtaram mardlarin, marjonday mehrli misrasi, mahzunlik,ma'yuslik maktabi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:42) --------------------------------------------- Muhammad Yusufning she'rlariga atab.
Satridan tomchilab dard tomar, she'riyat ko'kida Shams,Qamar, O'zbekning belida zar kamar, Muhammad Yusufning she'rlari.
Onamni sog'insam malhamday, sovqotgan ruhimga gulhanday, adog'siz dardlari Urhunday, Muhammad Yusufning she'rlari.
Boshimga bolishday tunlari, tushimda Majnunning unlari, yurakning dard to'la hunlari, Muhammad Yusufning she'rlari.
Hushomad neligin bilmaydi, Vatanni,Onani kuylaydi, egasiz,tillarda yig'laydi, Muhammad Yusufning she'rlari.
Netayki,dunyosi shu ekan, may deb tutgani og'u ekan, Qadr ho'p kamyob tuyg'u ekan, Muhammad Yusufning she'rlari.
O'zbegim so'roqla ruhini, ardoqla chekkan ul ohini, quritmay asragin bog'ini, Bog'ingning eng asl gullari, Muhammad Yusufning she'rlari.
Har qanday tomchi ham ter emas, Alisher yozganing she'r emas, ba'zi bir dostonlar teng kelmas, Muhammad Yusufning she'rlari.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:44) --------------------------------------------- Vatan.
Jon kemamga langarim, ruhimga gul chambarim, ifori hush anbarim, Dalamdirsan-ey Vatan.
Yig'lab yuzim silagan, omonligim tilagan, bolasini o'ylagan, Onamdirsan ey Vatan.
Ruhim o'pib uhlatgan, dilda ijod cho'glatgan, Onam aytsa yig'latgan Allamdursan ey Vatan.
Otam chertgan tanburim, Singlim sochi sumbulim, qon bag'ri tilim-tilim, Anorimsan ey Vatan.
Kuylarimga joziba, dardi to'la sozida, tilimning har so'zida, Alyorimsan ey Vatan.
Peshonamning teriday, otam yotgan so'riday, Muhammadning she'riday, Ulfatimsan ey Vatan.
Tilab yurgan tilagim, ruhda ulug' ertagim, keraklardan keragim, Orzuimdirsan Vatan.
Bulog'ing bol tilimga, duoing gul yo'limga, Onam tutgan qo'limga, Zog'oramsan ey Vatan.
Quvonch to'la oshimsan, ko'kka yetgan boshimsan, sog'inganda to'kkanim, Ko'z yoshimsan ey Vatan.
Atlas kiygan singlimsan, beqasamday ko'nglimsan, darddan kuyi munglimsan, Bayotimsan ey Vatan.
Eng balandim-tog'imsan, Eramdayin bog'imsan, azob,dilda dog'imsan, Sog'inchimsan ey Vatan.
Ta'rif ojiz vasfingga, yetay deyman vaslingga, Alisher yig'lab bitgan, Qasidamsan-ey Vatan.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:46) --------------------------------------------- Xijron.
Dubai-sen chiroyli arab jayroni, Husningga termulib to’ymaydi ko’plar, Mening sog’inch yovday kirgan qalbimda, Dard zambaragi uzra gumburlar to’plar. Sen esa hurkak bir hush nigoh bilan, Mening mahzun ko’nglim olmoq bo’lasan, Jayronim,sendan-da go’zal ohuning, Dardida yonganim balki bilasan. O’sha ohu qalbda men bilan har kun, Hatto tunlarimga boqar ko’zimdan, Sehridan majnunday mastona bo’lib, Hushxo’r taom tutgum shirin so’zimdan. Ul ohu sendan-da nozikdir jayron, Mendan hafa bo’lma rostini aytdim. Sen makon aylagan bu issiq yozdan, Sovqotib,hayolda yoniga qaytdim. Ul ohu yurtimning hurkak malagi, Tog’larni koshona aylagan o’zga, Qirlari alyorlar kuylasa sarhush, Dardni his qilolmas o’zidan o’zga. Shul ohu tushimda,o’ngda men bilan, Sening yotligingni menga aytadi, Agar senga bir nafas tikilib qolsam, Ruhim sahrosidan ortga qaytadi. Men esa qolaman alamni quchib, Chopib ham yugurib hech yetolmayman, Oldimga qayt deydi go’yo Kumushday, Men sen Zaynabimni ranjitolmayman.. Ne qilay ikki o’t aro bu ruhim, Majnunday yig’laydi,tinchlik bermaydi, Qoshiga bormasam,ishqi o’ldirar, Bu zada qalbimni firoq tirnaydi.
Добавлено (25-Сен-2012, 19:48) --------------------------------------------- G'arblik-ba'zi po'rim,kibor,oyog'i yerdan uzilgan atrofimdagilarga atab.
Ensam qotar boqsam ul ko'zingizga, kinoya soyaday gul yuzingizga, oldin siz boqvoling bir o'zingizga, yo'limni topganman,ko'rsatmang menga! Madaniyat nima o'rgatmang menga!
Ota onangizga oqibat qilmay, bolangizga eplab mehrni bermay, boqqan itingizdan boshqani ko'rmay, O'zni mehribonday ko'rsatmang menga! Oqibat neligin o'rgatmang menga!
Kecha yurgandingiz hisobni bilmay, Horazmiy bobomning ortidan qolmay, bugun takabburday,nazarga ilmay, qo'lni bigiz qilib ko'rsatmang menga! Algebra neligin o'rgatmang menga!
Temur poyin o'pgan qirolcha bo'lib, momom qo'lin artgan ro'molcha bo'lib, bog'idan suv ichgan niholcha bo'lib, O'zni chinor yang'lig' ko'rsatmang menga! Davlat tushunchasin o'rgatmang menga!
Bibihonim qabosidan lol bo'lib, oyni to'sgan etagidan dol bo'lib, Klaviho olib borgan urf qilib, Moda deb o'zingiz ko'rsatmang menga! San'at neligini o'rgatmang menga!
Kulmasdan tarihni siz bir varaqlang, Qirolman degandan bizni so'roqlang, Temur marhamatin dilda ardoqlang, o'tmas pichog'ingiz qayratmang menga! Shamshir nimaligin o'rgatmang menga!
Shohini mot qilgan bir qalam bilan, Behzod dardin aytgan mo'yqalam bilan, boqmang husumatli bir alam bilan. Mona Liza rasmini ko'rsatmang menga! Minatyura neligin o'rgatmang menga,
O'zim topdim demang boru-yo'g'ingiz, Ona Sharqdan meros har yutug'ingiz, Sardobamdan nusxadir qudug'ingiz, Tilimni qichitmang,kesatmang menga! Qanday yashamoqni o'rtgatmang menga!
Mayli o'ynang kuling,boricha yashang, koshonada o'tsin umringiz bashang, she'riyat deganda siz haddan oshmang, Gyoteni go'ridan turg'azmang menga! Boburning kimligin o'rgatmang menga!
Bugun sizdan o'tar zukko habib yo'q, balki sizga yetar dono adib yoq. Daho G'arbda go'yo Sharqda tabib yo'q, Gippokrat qasamin ko'rsatmang menga! Sinoning kimligin o'rgatmang menga!
Adabsiz degan so'z asli uyat so'z, Sharqda xayot yo'qday adabiyotsiz, kecha dars bergandik,bugun savodsiz? Shekspir qabrini ko'rsatmang menga! Navoiy kimligin o'rgatmang menga!
Azizim,nimaga qizil yuzingiz? kosasidan chiqay deydi ko'zingiz, Alisherga o'ylab so'zlang so'zingiz, yutqazib jahlingiz korsatmang menga! Notiqlik neligin o'rgatmang menga!Добавлено (25-Сен-2012, 19:53) --------------------------------------------- Chet elliklarga xavas bilan boqqan do'stlarga"
Ajnabiyga xavas bilan boqma ukam, uning xam o'z dardi ko'pdir sen kutmagan. Onasi xech senikiday osh tutmagan, g'am kochasi bisyor uning sen o'tmagan. ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
Tunlar disco,night clubda yurar tortib, non op kirmas ro'zg'origa o'zdan ortib, chekkanidan tomirlari chiqqan bo'rtib, ajnabiyga xavas bilan boqma ukam. O'z soyingdan uzoqlarga oqma ukam.
Kun keladi ko'kka chiqib oy bo'lasan, cho'ntagingda "kok"ing ortib boy bo'lasan. ozagingni unutsang gar loy bo'lasan. ajnabiyga xavas bilan boqma ukam. ezilgan bu dilni sen xam yoqma ukam.
Sog'inch degan ichingdan bir tomir tortib, Vatan deya yuragingda mexring ortib, lash-lushingni chemodanga zarb-la otib, ko'zda mexr,og'ir bir dard,alam mung-la. Onajonim,Vatanim deb kelar kun bor.
Inin tashlab qaytgan qaldirg'ochlar kabi, Ota uying to'ldiriblar o'tirgin sen shum ajinlar kuydirgan ul aziz yuzni, farzand bo'lib mexringga bir to'ydirgin sen, Kechir endi Onajon sen kechir endi, Musofir bu o'glingni sen kechir endi... Yuragingdan g'am anduxni ko'chir endi. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
Aylanayin qora qozon o'chog'ingdan. adab,xurmat gurkiragan gul bo'gingdan. bolang sira ketmas endi quchog'ingdan. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
Chog'dan qaynoq mexring qumsab keldi bu dil, Tandir noning isin qumsab keldi bu dil, Sensizlikda nima bo'lsa bo'ldi bu dil, "Cho'li Iroq" kabi dardli navo bo'lmas. O'zing malxam bo'lmasang gar davo bo'lmas.
Otajonim chalib bergin qonsin yurak. Tanbur ovozidan baxra olsin yurak. Ajnabiyga xavas qilib nima ko'rdim, Dunyo ko'rib,dunyolardan o'zni so'rib, undan o'zni topolmagach yuzni burib. Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.
She'r deb bo'lmasa-da shunga oxshashroq...boriga baraka...
Globallashuv ummonida,o'z o'zanimizni topib olishga intilishimiz,Millat sifatida o'zlikni to'liq anglab etishga bo'lgan xarakatimiz xar doimgidan ko'ra muhimroqdir. 19.06.2012.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Сешанба, 25-Сен-2012, 20:49 |
| |
| |
| AlisherbekUZ | Сана: Якшанба, 01-Сен-2013, 02:14 | Изох # 40 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
| rahmat Dilraboxon...yoqqan bolsa hursandman.. Добавлено (01-Сен-2013, 01:14) --------------------------------------------- Sog'insam...
Arab yerin va yo ajamni ko'rdim, qorni to'q,ko'zi och odamni ko'rdim, barchasidan tolib,dilga yuz burdim, soginsam soddadil O'zbeklarimni.
Dubai sahro uzra sarobga o'xshar, shayxlari suv tutar mirobga o'xshar, bunda o'tgan umrim harobga o'xshar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Tog'larin bo'ylari tepaga yetmas, bog'lari to'rt beshta palmadan o'tmas, dengizi xam xatto dilni xush etmas- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Issiq istaralar-manfaatga qul, xatto sohta erur tuvakdagi gul, hashamlar tuyular,arzimas,bir pul- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Arab yurti va lek G'arbdan ko'chirma, Ovro'poni xatto qilar uchirma, tuyular ruhimga qopqon yo turma- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qishloqlar ko'zimga ko'rinib ketar, tong sabosi ruhni parishon etar, shevalar tilimga turtinib o'tar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Onam allasini tinglab tushimda, dunyoning tashvishin tutib boshimda, maza topolmayman yegan oshimda- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Yomg'ir yog'mas bunda,kamalak hayol, Navro'z xam yo'q bunda sumalak hayol, majnuntol-sochlari jamalak hayol- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Ko'nglimning ko'zgusi g'amdan xiraday, ruhim changalzorli,zulmat daraday, dilda firoq go'yo bitmas yaraday- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qalam tutib,boshdan oqar sovuq ter, garchi yozganlarim,atab bo'lmas she'r, yurak deydi:Otlan,qaytdik Alisher- sog'insam soddadil O'zbeklarimni. Добавлено (01-Сен-2013, 01:14) --------------------------------------------- Sog'insam...
Arab yerin va yo ajamni ko'rdim, qorni to'q,ko'zi och odamni ko'rdim, barchasidan tolib,dilga yuz burdim, soginsam soddadil O'zbeklarimni.
Dubai sahro uzra sarobga o'xshar, shayxlari suv tutar mirobga o'xshar, bunda o'tgan umrim harobga o'xshar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Tog'larin bo'ylari tepaga yetmas, bog'lari to'rt beshta palmadan o'tmas, dengizi xam xatto dilni xush etmas- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Issiq istaralar-manfaatga qul, xatto sohta erur tuvakdagi gul, hashamlar tuyular,arzimas,bir pul- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Arab yurti va lek G'arbdan ko'chirma, Ovro'poni xatto qilar uchirma, tuyular ruhimga qopqon yo turma- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qishloqlar ko'zimga ko'rinib ketar, tong sabosi ruhni parishon etar, shevalar tilimga turtinib o'tar- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Onam allasini tinglab tushimda, dunyoning tashvishin tutib boshimda, maza topolmayman yegan oshimda- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Yomg'ir yog'mas bunda,kamalak hayol, Navro'z xam yo'q bunda sumalak hayol, majnuntol-sochlari jamalak hayol- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Ko'nglimning ko'zgusi g'amdan xiraday, ruhim changalzorli,zulmat daraday, dilda firoq go'yo bitmas yaraday- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
Qalam tutib,boshdan oqar sovuq ter, garchi yozganlarim,atab bo'lmas she'r, yurak deydi:Otlan,qaytdik Alisher- sog'insam soddadil O'zbeklarimni.
|
| |
| |