Yurakdan to oq qog'ozgacha - Страница 44 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Yurakdan to oq qog'ozgacha
EzoDilСана: Сешанба, 11-Фев-2014, 16:40 | Изох # 1076
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Tug’ilish-o’limga qo’yilgan qadam,
Hikmatni bilsak-da, anglay olmaymiz.
Boshimizga og’ir kulfat tushganda,
Uyalmay, Ollohdan madad so’raymiz.

Insonmiz, ba’zida qilamiz xato,
Onamiz-Momodir, otamiz-Ato.
Qobilning ishini qilganda xatto,
Uyalmay, Ollohdan panoh so’raymiz.

Bayram, tantanada qilib kayf-safo,
Ikki rakat namozga vaqt topolmaymiz.
Boshimiz devorga tekkanda goho,
Uyalmay, Ollohdan sabr so’raymiz.

Pul desa, qaytmaymiz eng qabih ishdan,
G’iybat-u tuhmatda me’yor bilmaymiz.
O’zimiz tuhmatga qolganda esa,
Uyalmay, Ollohdan yordam so’raymiz.

Quloq, bo’yinlarga taqib qo’sh-qo’sh zar,
Loaqal, o’n so’mni ehson qilmaymiz.
Kofirning ishini qilib, alhazar,
Uyalmay, Ollohdan jannat so’raymiz.

Keling do’stlar, ochamiz qo’lni duoga,
Mung’aygan qalbimiz nurga o’raymiz.
Namozda iltijo qilib Xudoga,
Zimiston qalblarga iymon so’raymiz! (EzoDil)


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
T_SardorСана: Пайшанба, 13-Фев-2014, 03:00 | Изох # 1077
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Bugun san haqinda suruwtirdim... o'g 'illi bo'psan Tabrikliman!!! San un xursandman... O'zim uchunchi?!! Yuragimda havas, hasad, alam kabila tuyg'ula alanga ovotti! Mayli umri bn bergan bo'sin!!! Farzandlarini rohatini ko'r! Iwon chin yuredan etvomman... Yana 1ta narsa alam qivotti shu gapimmi o'zingga etomayamman... BAXTLI BO'L!!!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
ParvinaСана: Чоршанба, 05-Мар-2014, 19:12 | Изох # 1078
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Meni har kuni Kechagidan baxtli uchratasan!!!

Allah büyükdur
 
Dildora_SСана: Пайшанба, 13-Мар-2014, 16:34 | Изох # 1079
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 30
Холати: Хозир йўқ
Bir qanotli qushning xotimasi...

Добавлено (13-Мар-2014, 15:32)
---------------------------------------------
Kuz faslining ajib kunlaridan birida bir qush baland,ulkan qoyali tog'ning cho'qqisiga chiqishni orzu qilibdi va qanotlarini keng yozgancha cho'qqi tomon ucha boshlabdi.Qoya yaqin bo'lib ko'ringani bilan,qancha harakat qilib uchsa ham hech yeta olmasmish.Kunlar o'tibdi,haftalar,oylar o'tibd.Fasllar ham birin ketin almashib kela boshlabdi.Qush hali ham yuragiga tugib qo'ygan orzusiga yetishish uchun ulkan tog' tomon uchib borardi.Shundoqqina ko'rinib turgan cho'qqi unga tomon uchgan sayin xuddi yana uzoqlashib ketayotgandek tuyulardi,ammo bu qushni cho'chitmasdi,orzusi tomon qanotlarini uchishdan to'xtata olmasdi.Oltin kuzning shiddatli yomg'irlaridan o'tib ,oppoq qishning qahratonlaridagi qorlarga bardosh berib,go'zal bahorda ochilgan nafis gullar ustidan uchib,jazirama yozning qaynoq taftiga chidab,nihoyat 2 yildan so'ng,orzu qilgan cho'qqisiga yaqinlashibdi-yu,ammo o'rtada juda katta qoyaga duch kelibdi,quch qoyadan cho'qqi tomon endi uchaman deganda,o'ng qanoti kichkina arzimasdek ko'ringan shoxga urilib,

Добавлено (13-Мар-2014, 15:33)
---------------------------------------------
lat yebdi,lekin qush baribir cho'qqigacha bo'lgan masofani bosib o'tarkan,yo'lida hech to'xtamas ekan,ammo qushning o'ng qanoti oz bo'lsa-da harakat qilishga ojiz ekan.Qush qoyaga bir qanoti bilan lat yegan holida,tirmashib cho'qqi tomon chiqishda davom etayotganida birdan laylakni uchratibdi va laylakni chaqirib bolgan voqealarni aytib beribdi.Laylak barchasini tushunibdi va qushning chap qanotidan ushlab iloji boricha qushni yuqoriga olib chiqibdi va aytibdi:"Bundan buyog'iga endi faqat sening ikkinchi qanotingning tuzalishiga bog'liq,mening yordamim shu"-debdi-yu uchib ketibdi.Ikkinchi qanot esa o'sha-o'sha jonsiz ekan.Qush tik,xavfli bo'lgan cho'qqi tomon bir qanoti bilan qirrali toshlarga suyanib chiqa boshlabdi.Nihoyat mashaqqatli mehnatlar bilan,orzusi tomon yetishiga bir qadam qolganida,yengil,ammo sovuq shamol esibdi.Shunda qushning lat yegan qanoti sovuq shamoldan harakatga kelib qushni yiqitib yuboribdi.Qush balanddan yerga shu qadar tez tushibdiki,sog' qanoti biror qoya yoki toshni ushlab

Добавлено (13-Мар-2014, 15:34)
---------------------------------------------
qolishga ham ulgurmabdi.Qush tekis yerga emas,balki o'sha boshida ushlab suyanib chiqqan qirrali toshga urilib,joni uzilibdi,lat yegan qanoti ozgina harakat qilibdi,ammo kech edi...
IZOH: Qush bu sevgi,o'ng qanot bu qiznin sevgisi,chap qanot va tana bu yigitning sevgisi,laylak bu ko'makchi insonlar,cho'qqi bu chin sevgining yashash joyi. (Qush yuragida cho'qqiga chiqish orzusi paydo bo'lgan o'sha mash'um kuzda jon berdi...) (Hayotiy bir muhabbat qismati...)


Ҳеч бўлмаса ён ўхшаб шамга...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 06-Апр-2014, 20:31 | Изох # 1080
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Bolaligimda ziyoratgoh joylardan judayam qo'rqardim... Buni sababini o'zim ham tushuna olmayman... Endi esa... Ulg'ayganim sayin ziyoratgoh maskanlarga boraversam deyman... Negadir shunaqa muqaddas maskanlarga borsam o'zim ham tushuna olmaydigan sehrli bir narsalarni dilimga tuyaman...

Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Душанба, 07-Апр-2014, 00:43 | Изох # 1081
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Sizga U haqida gapirganimda, "Uni faqat hurmat qilaman,bilmasdan turib tuxmat qiliwdan qörq" dibsiz-u,öziz shuncha dilni vayron qilishga Yaratgandan qörqmabsiz! Kimga yoki nimagadir eriwmoqchi bögan odam,biror kimdan yoki biror nimadan voz kechiwi kerak. Hammasiga baravar eriwmoqchi bögan odam,birdaniga hammasidan ayrilib qoliwi hech gapmas!

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 07-Апр-2014, 10:21 | Изох # 1082
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
IKKI KEMANI BARAVAR USHLASHGA, URINMA CHO'KIB KETISHING MUMKIN,
IKKI DUGONANI ALDASHGA URINMA, O'ZING O'LIB KETISHING MUMKIN!!!)))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Сешанба, 08-Апр-2014, 01:35 | Изох # 1083
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Bir kun kelib qizalog'im wu
sözlarni aytganidaming
bor,million bora afsuslaning. Lekin Xudoholasa u
wunaqangi qiz bösinki,hamma havasqisin.

Bir kam dunyodir but bo’lib qolmas,
Kimgadir baxt kulib kimgadir kulmas.
Goh shodlik gohi g’am hech kami to’lmas,
Bir chimdim mehrni qizg’angan otam.
Gunohim bilmadim, bilmadim aybim,
Bolalikdan tuydi armonni qalbim.
Murg’akkina jonda Siz erur dardim,
Ko’nglimga armonni to’ldirgan otam.
Ba’zilar farzandga zor-u intizor
Yig’lagim keladi ko’z yoshim bisyor
Sizni kechirmayman zinhor va zinhor,
Mening ko’zlarimni yoshlatgan otam.
Lablarim titranib pichirlar “Yo Rab”
Ketdi-ku o’z qizin o’ksitib,xo’rlab
So’rayman o’zimga bardoshni tilab,
Farzandim deyishni or bilgan otam.
Sizga yomonlikni tilamam also,
Bir baxtimni ko’rib bo’lingiz ado.
Gunohlar qolmaydi hech ham bejazo,
O’zga bir ayolni yor bilgan otam.
Atrofimda barcha-barcha parvona,
Kimnidir izlaydi ko’zim giryona.
Nahot etib ketdi meni begona,
Tirik nomim tirkagan otam.
Onajonim aytar o’ksinma qizim,
Mag’rur bo’l, Xudodan so’ragin to’zim
Ko’nglimga jo qilgum ularning so’zin,
Volidam ko’zlarin yoshlatgan otam.
Bir qatra mehrni ololmay Sizdan,
Zo’r bazo’r tiyarman yoshlarni ko’zdan,
Og’rinmang bu so’zdan, ojiza qizdan,
Dunyoga nafratim uyg’otgan otam.


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
ParvinaСана: Чоршанба, 16-Апр-2014, 18:12 | Изох # 1084
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Кузларим мени тинглаганида эди,  Сенинг хам кузларинг маюс, майли улар сени тингламасин зинхор, дод солиб йигласин юрагининг !!!!

Allah büyükdur
 
Qitmir_No:1Сана: Чоршанба, 16-Апр-2014, 18:21 | Изох # 1085
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Бу дунёнини 15 и ёруг 15 и коронгу дейишарди. 16 чи кун бошланди ёруглик куринмаяпти((((

Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 
bek88Сана: Якшанба, 27-Апр-2014, 13:41 | Изох # 1086
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Она сути огзидан кетмаган ёшлар.Ҳали 20-гахам тулмаган ёшлар. Бугун хаётга илк қадамин ташлар. Мусофир юртда юрган юртдошлар... Икки дўст куришса русча гаплашар Худди ўзларин руслардик тутар. Лек афсус дардини ичига ютар Мусофир юртда юрган юртдошлар... Ўз камим ўзм тўлдирайн деб. Ота онамга оғрим тушмасин деб. Мен хам бировдан кам бўлмайн дер.Мусофир юртда юрган юртдошлар... Хеч уларга тутмангиз осон. Уларнинг хам орзу умиди осмон. Дардини хечкимга қилмайди достон. Мусофир юртда юрган юртдошлар. Бир суз десанг жим кўниб кетар.Базан ўзига ўзи шарт қўяр.Қийнама ўзингни бўлди бас етар.Мусофир юртда юрган юртдошлар... Ҳар кеча ёстиққа куз ёшин тўкар. Ҳаётнинг синови тик, қаддин букар. Базида тақдирдан нолиб, ўзини сўкар.Мусофир юртда юрган юртдошлар... Эх нега камбағаллик менинг бошимда? Бало- ю, кулфат менинг қошимда.Менга не бор эди бу ерда ўсмир ёшимда. Дея дард чекар,шерйигитлар. Мусофир юртда юрган юртдошлар... Тўю маракадан бехабар қолган. Гўё дунё ташвишин бўйнига олган.Базилар шу ерда жигардан айрилган.Мусофир юртда юрган юртдошлар...Ота она қадрига ўшалар етар. Ким дўст ким душман ажратиб олар. Ҳар вақтини қадрига етар. Мусофир юртда юрган юртдошлар... Эрта сахар ишига шошар. Нонуштасин хам Шош пиша қилар, Биронтаси ранжитса. Ўпкаси қозондай тошар.Мусофир юртда юрган юртдошлар... Узр агар ноўрин бўлса гапим. Дилингиз оғритган бўлсам билиб билмайин. Мусилмон бўлмас экан, мусофир бўлмайн.Мусофир юртларда юрган юртдошлар...!!!

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
ParvinaСана: Сешанба, 29-Апр-2014, 18:38 | Изох # 1087
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Men ku har kuni o`z qilmishim uchun yig`layman, menga qo`shilib yig`lama osmonim,   osmonjon darvozangni qulfi yuragimdek sust, mahkam yopib qo`y orom olay men ham, sen ham!!!

Allah büyükdur
 
Sardor_BСана: Чоршанба, 04-Июн-2014, 12:29 | Изох # 1088
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Sen bilan bolgan osha kunlarni bugun qayta qayta yodga oldim. Yonimda bolganingda boshqacha bolardiku xammasi. Bu yolni ozing tanlading endi mensiz xam yashab ko'r.

Sayyod.com
 
ShohiСана: Душанба, 16-Июн-2014, 23:45 | Изох # 1089
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
Yana uyqim qochdi. Qaro tun bag'rida yana u haqida o'ylayman. U men uchun aziz, u men uchun nihoyatda qadrli inson. Faqat... U hozir og'ir betob. Kasallik tashqaridan sezilmasa-da, ich-ichidan yeb bitiryapti. U ayni damda oliy ne'mat-vaqt, daqiqalar uchun kurashyapti... Men ojizman... qo'limdan hech narsa kelmasligini o'ylab qiynalib ketaman. Hatto telefon qilishga ham jur'atim yetmayapti. Uning quvnoq ovozi ortida cheksiz ummon kabi to'lg'onayotgan dardni his qilish azob men uchun... Agar imkonim bo'lganda edi, o'zimning umrimni ham u bilan bo'lishardim... Qadrdonim, o'zingizni asrang... Uzoooq umr tilayaman... Axir menga va'da bergansiz.........

Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
nuriyev7077Сана: Сешанба, 17-Июн-2014, 00:34 | Изох # 1090
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
yeg'lagim kevotti lekin sababi yo' bo'masinam lekin yeg'lasam ko'ynim xotirjam va yengil bo'larmidi eeeexxx borgan sari nowukur bo'p ketvomman TOBA OLLOH O'ZIN INSOF ber manga...
 
RaVsHaNBeKСана: Якшанба, 22-Июн-2014, 22:08 | Изох # 1091
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Birgina Shirin so'zini eshitish uchun yuzlab zaxar gaplaringa chidardiim....

Chunki sani rosdan Sevardim...


+99893 942 32 32
 
ShohiСана: Сешанба, 24-Июн-2014, 23:04 | Изох # 1092
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
U sizga o'xshaydi. Judayam judayam o'xshaydi. Har gal uni ko'rganimda sizni ko'rgandek bo'laman..

Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
Sarvar94Сана: Сешанба, 24-Июн-2014, 23:59 | Изох # 1093
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 774
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 83
Холати: Хозир йўқ
Yonimdaliging man uchun eng katta baxt.
 
Zulfiya_AСана: Чоршанба, 25-Июн-2014, 02:09 | Изох # 1094
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1184
Тақдирланишлар: 1
Холати: Хозир йўқ
Манга эришиш учун ... сандан воз кечди!..

Какие бы гиены меня не окружали,всегда останусь Королевой!)))
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 26-Июн-2014, 17:30 | Изох # 1095
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Har tong uyg'onganimda shukur qilib, birinchi o'rinda yangi kiyim kiygan yosh boladek xursand bo'lib ketaman.

Har kuni baxt libosimni uyg'onganimdan kiyaman)))


Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Душанба, 30-Июн-2014, 13:52 | Изох # 1096
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Mehr berish qölimdan keladi. Men insonlarga yoqaman. Döstlarim judayam köp. Men g'oyatda ajoyib insonman. Özim uchun özim g'amxörlik qila olaman. Men narsalarning eng yaxshisiga loyiqman. Meni qachonlardir xafa qilgan kishilarning hammasini kechirib yuboraman.
Yuragimga muhabbat in qurib, "töplanib" qolgan. Qonimda hayot kuchi oqmoqda. Tanamning har bir hujayrasi sevimli. Tanamning har bir a'zosi öz faoliyatini a'lo darajada bajaryapti. Hozir har qachongidan ham köra sog'lomman! Oyoqlarim yurgan yölida raqsga tushaveradi. Men yeyayotgan taomlarimga shukr deyman.
Men Yaratganning eng ajoyib va gözal mavjudotiman. Mening ezgu hayol-istaklarim özaro munosabat örnatishda,muhabbatning butun bölishi va yordam qölini chözishda kömaklashadi. Men qayerga bormay,özim bilan kulgu va shodlik keltiraman. Meni odamlar yaxshi köradi va men ham odamlarni yaxshi köraman. Men hayot bilan "kelishib" yashayman.
Fikrlarim menga osoyishtalik va ertangi kunimga ishonch keltiradi. Men özim bilan özim inoqman, shu sababli ishlarim "besh!". Hayotimda yuz berayotgan narsalar qilayotgan yaxshiliklarim parchasi,aslida. Özim haqimdagi öylarim borgan sari haqiqatga aylanyapti.
Har qanday vaziyatda meni qöllab-quvvatlashadi. Men butunlay ishonaman. Yuragimda tinchlik yaratuvchi kuch uryapti. Peshonamga judayam yaxshi "gaplar" yozilgan. Mening qalbim gözal va u mehrga burkanib olgan. Men özimni yaxshi köraman! Men eng baxtli insonman!!!


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Your_PrinceСана: Душанба, 30-Июн-2014, 16:08 | Изох # 1097
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 138
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 84
Холати: Хозир йўқ
Агар юракдаги гапларимни бу ок когозга туширадиган булсам.... билмадим... бунга алохида бир кун ажратиб ёзиб чикишимга тугри келади... Балки ёзарман, балки йук....

 
ParvinaСана: Шанба, 05-Июл-2014, 10:14 | Изох # 1098
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Kmdir shivirlab senda qandaydir xususiyat bor, nega buncha rahmdil san, Senda nima bor?! - deya so`rayveradi so`rayveradi,
- Menda dinim, iymonim, chin so`zlik bor desam
- Yo`q senda tong sahardan nimadir bor - deb turtki qildi,
Shunda men aytdim:
- Tongda shirin uyqum bor, uyquni nariga surub past ovozda bomdodim bor dedim.
- Jazirama issiqda sendan salqinlik kelib turadiku, Senda nima bor deya so`ramasidan
- Alhamdulilloh menda peshin bor dedim.
- Ishdan keyin nega shoshib uyingga ketasan, uyingda nimadir bormi?
- Mening qasrimda - ASRim bor deb balandroq ovozda aytdim.
- Shomga qadar ko`chada yurmaysan, aylangani chiqsang bo`ladiku, deyishi bilan
- ASR dan keyin shomni kutaman, undan keyinni so`ramang o`zim aytaman,
- Kechda mening bir kunim uchun oxirgi qarzim qoladi, uni kuzatamanu tonggacha yetqazishin kutaman va ishonam!
Shu bilan u meni tark etdi. Endi hech kim shivirlamaydi....
Namozli inson kam bo`lmaydi!!!


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Шанба, 05-Июл-2014, 13:52
 
EzoDilСана: Шанба, 05-Июл-2014, 10:29 | Изох # 1099
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Barakalla,Parvina! Yozganlariz judayam ajoyib,dilga yaqin. Iymoniz bundan-da mustahkam bölsin!

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Elmurod_DСана: Якшанба, 06-Июл-2014, 00:12 | Изох # 1100
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
Men seni sevaman
Dilrozimni taratadi shamollar. Mangulikka sevgi bo'lib sochilgan yulduzim sensan.
Men seni sevaman qalbim alamli, Yulduzim so'nsada sevgim abadiy...


sayyod bor biz bormiz.
 
Поиск: