Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya) - Страница 11 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
FC_PAXTAKORСана: Чоршанба, 01-Фев-2012, 11:08 | Изох # 251
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
2010 yil sentyabr. Shu joyi yanaham hayotiy qilibdi hikoyani kutamiz. Ha Lobar chiroylimikan yo (hazil)

Omad
 
QoraqoshСана: Чоршанба, 01-Фев-2012, 12:10 | Изох # 252
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 19
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 478
Холати: Хозир йўқ
Lobar chiroyli qiz bu aniq! Sababi xunuk ayol zoti bo'maydi.

Kam yozibsiz.
 
GiyosСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 00:04 | Изох # 253
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
57 qism

Bir bir yuborgan rasmiga qariman. Oddiygina qiz. Bir paytlar u mandan so’ragandi, bir dugonasini ko’raganimdan keyin: “Dugonam chiroyli ekanmi” dib. Man unga yo’q diyishni ham ha diyishni ham bilmasdim. Shunga qiz bolani chiroyli yoki huniki bo’lmaydi. Muhimi qalb chiroyliligi. Tashqi ko’rinish manga uncha ahamiyat kasb etmidi. Bo’lishi mumkin yahshi yoki yomon hulqli qiz bo’lishi mumkin” digandim. Rasmiga qarab hozir usha etgan gaplarimni o’ylavomman. Boshida u haqida qanaqa fikrda edim. Hozir fikrim qanaqa? Ancha fikrim o’zgargan. Rosa o’zgargan. Oldingi G’opporni fikrlashi o’zgargan. Olam o’zgarvotiyu, odam o’zgarmidimi?
Bugun Aziz va Azizani kelin ko’ylak tanlagani olib boraman. Oldingi qarzimni uzishim kerak. Negadir shu voqeani eslagim kelmaydi. Azizni ishonasidan olaman. Azizani uyidan. Ular uchrashadigan joyi hozir o’zgargan. U joyda daxshatli xotira qo’riqchilik qilmoqda. Ular bu joyga yaqinlashishga qo’rishadi. Ushandan keyin bir marta uchrashishdi. Keyin boshqa u yoqga bormishmadi. 4 soatlardan keyin ish vaqtim tugidi. Keyin yo’lga chiqaman....
Azizni ishxonasiga keldim. Aziz ish bilan mashg’ul. Boshlig’i xotiniga teleefonda otchet topshirvoti. Kechki payt majlis borakan, lekin u qoldirilibdi. Chunki bugun xotini ukasini tug’ilgan kuni ekan. Xotini usha yerga boramiza, vaqtliroq keling dibdi. Mana qarang qanday muhabbat! Er xotin bir birini gapini ikki qimasa. Xotinini shunqalar sevganidan bir og’iz tug’ilgan kun diganiga butun boshli majlis qoldirildi. O’ylab qolaman. Xotini ham bularni etganini qilarmikanlar, yana o’ylayman. Bu sevgidanmikan yoki qo’rquvdan?.... Mana Aziz ham ko’rinib qoldi. Orqasidan kimdir nimadir divoti, bu unga javob etib zindan tushib kevoti. Ketvotganidayam ISH. “Kuyov bola keldizmi, ketdikmi?” dib qo’yaman hazillashib. Uyam kulib qo’yadi. I vsyo.... Azizani uyidan olib, Kelin ko’ylaklar saloniga bordik. Man kirmiman disam ham majburlab, qo’yarga qo’ymay olib kirishdi. Mani firkimni bilishmoqchi emishlar. Manda fikr bo’sa bilasizlarde disam. Hop dib kirdim. Ikki qavatli salon. Hamma yoqda oq ko’ylaklar, yana boshqa ranglilar ham bor. Haykallarga kiyg’azishibdi. Bir ayol bizani kutib oldi. To’y qachon dib so’radi. Keyin mavsumga moslarini ko’rsatdi. Reklamasini ham qib berdi. Azizga qarab Kuyov bola sizga yoqdimi dib qo’ysa Aziz yerga qarab uylishdan qib beradi. Qib qizil olma bo’b qoladi. Eyy man o’rnida bo’ganimdami... o’zim tanlab tashirdim. Bo’masa tikib berlaring diyrdim. Atlas ko’ylakmi, milliyroq qilib. Aziz uyalgani uyalgan. Odamam shunaqa bo’ladimi? Digalarim keladi. 5 xil ko’ylak ko’rsatdi.Azizga hammasi yoqdi. Azizaga 2 tasi. Manga aynan usha ikkitasi yoqmadi. Ko’ngil uchun ha zo’r dib qo’ydim. Yana mandan fikr so’ragani olib kirishgan. Yana boshqalarini ko’rsatdi. O’zi bularni shunaqa ezmalanishini sezgandim. Moshinamda o’tirganim yahshidi bundan. Siqilganimdan manam tanlashga tushdim. Kamchilik va yahshi tomonlarini etdim. Unisini u didim, bunisini bu... sotuvchi ayol hayron. Kuyov umi yoki bumi dib. (Kotta xoleni o’g’li diyrdim agar so’raganda). Oxiri Azizaga va manga yoqgani uchradi. Zo’r. Milliydan qolishmaydi. Chiroyli tikilgan. Kuzga mos. Sotuvchi ko’ngil uchun Azizdan ham so’radi. Shu paytgacha hammasi ko’ylakni yoqdi dib kevotgan, aynan shu ko’ylakka keganda yoqmadi dib qosade... Bir ammalab unga yoqtirishga erishdim. Keyin uyga qaytdik. Ancha yengil tortdim. Aziz oldimga chiqdi:
- G’oppor vaqting qanaqa?
- Ha Aziz. Vaqtim bemaol. Tinchlikmi?
- Ha. Bugungi ko’ylakni yuvmimizami?
- Jinnimisan. Yep yengi bo’sa. Keyin salonda qogan bo’sa. Pishirib qo’yibdimi yuvib.
- Eyyy o’zini go’llikga somagin. Yur ubu kafeda o’tirazmiza. Uyda zerikib ketdim.
- Uyinda o’tirsegam bo’lardi.
- Keyin kim yig’ishtiradi. Remontdan keyin uyni toza saqlab turiy. Faqat uhlagni kirvomman o’zi.
- Hop ketdik. (Mahallamiz yaqinidagi kafega bordik. Ushatda o’tirib, 4 tadan shashlik zakaz qildik. Keyin uksus sepilgan piyoz)
- Mana 1 oydan keyin to’yim. Ancha orziqib kutilgan to’yim.
- Ha. Manam anchadan beri orziqib kutvotgan to’y.
- Shu... (Manga nimadir dimoqchi bo’ldi, lekin o’ylanib qoldi). Shu... san qachon uylanasan.
- Manmi? Man bilmadim. Oldin san uylanvur. Maniki keyin bir gap bo’lar. Akam uylangani hozircha yetadi. Manga hal vaqt bor. Man tayyormasman. Hali ishimni mustahkam qimadim.
- Ha. Yahshi.
- Shuni so’ragani shu yoqga chaqirganmiding.
- Ha. Keyin bir o’tirib oliyli. Yana qachon bunaqa o’tiramiza.
- Ha. Mana bir muhim gapin borakanmi dibman.
- Bu muhim gapamasmi?
- Hazillashdim.

Shu tariqa 12 largacha o’trdik. keyin uyga qatdik. 4 ta shashlikdan keyin ketiga 4 ta zakaz qildik...
2 haftacha o’tdi...
Lobar bilan yana usha usha gaplar. U kelaman didi. Hop didim. Yana keldi. Uchrashamiza didi. Hop didim. Uchrashuvga chiqdim. Kutdim. Kemadi. Telefoni o’chiq. Endi rostanam jahlim chiqdi. Uyga qaytdim. Telefon qildi. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Xolalari bilan aylangani chiqib, man bilan chiqa olmabdi. Manga bu bahonasi yoqmadi. Yana shirin gaplarimdan va ALVIDO degan so’z. Ketidan XAYR!!! U esa iltimos bunday qilmang. Shunday bo’lib qoldi. Man hohlamagandim digan gaplari. Mandan yana XAYR digan so’z. Telefon qizil tugmasi uzoq bosib turib bir yo’la telefon aparatini o’chirishim. (Bo’lmasa qaytib telefon qilardi. Manga uni man bilan uchrashuvga chiqmagani emas, mani aldagi yani chiqaman dib aldagani yoqmadi. Yolg’on gapirish kerakmasdi. Nima qilardi aldab, etsa bo’lardi. Ilojim bo’sa uchrashaman. Telefon qilib etaman dib. Afsuski u bunaqa qimadi. Manga nima man uni sevmimanu).

Davomi tez soatlarda!
© Giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 00:13 | Изох # 254
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Aziz nima demoqchi Azizaga san uylan demoqchimasmi

Omad
 
xasan_uzСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 01:44 | Изох # 255
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
voo xoy okasi tikuchilikdanam ozgina borakanmi?
Xa mayli. O'sha gap to'yda gaplashamizade endi qolganini. (xazl)
Tezro yozaqoling.


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
LoadingСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 02:20 | Изох # 256
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Vo-vo-vo? Ana endi asosiy qismlarga kevotmiz. Goppor toshdanku! u sevmidiku?
. . . . . . . . . . . . . . , Paxtakor xazillashdiz bildim. Lekin nima demoqchiligini aytdi-ku chamasi?


Faqat 3 ta shart!
 
FC_PAXTAKORСана: Пайшанба, 02-Фев-2012, 11:10 | Изох # 257
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Loading men shunchaki bir variant aytdim. Chunki Aziz nimadir demoqchi bo'lib aytolmadi chamamda ha mayli davomini kutaylik.

Omad
 
DilraboСана: Чоршанба, 08-Фев-2012, 22:13 | Изох # 258
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Giyos,badiy kitoblarni öqib,hikoyani yozaversangiz böladiku.Tezroq yozing.Ancha kutib qoldik davomini.Ijodingizga omad

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Пайшанба, 09-Фев-2012, 02:23 | Изох # 259
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Chunmadimde G'iyos! Moderlikdan ketvotganda o'zizga o'ziz ban berganmisiz? Yozin davomini.

Faqat 3 ta shart!
 
VijdonСана: Пайшанба, 09-Фев-2012, 02:33 | Изох # 260
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 771
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 941
Холати: Хозир йўқ
To'ppa-to'g'ri Loading.
Unaqamasde G"iyosiddin. Qachon o'qiymiz, davomini yozaman degandizuu?!


Bilimini sinab ko'rishni xoxlaganlar uchun uchun tez orada "Intellektual Ring"ning davomli sonlari!
 
DilraboСана: Пайшанба, 09-Фев-2012, 03:01 | Изох # 261
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Giyos,nechta kitob öqimoqchisiz yana? Mazmuni yaxwiku ketayaptiku,nega yozmayapsiz-a?

Добавлено (09-Фев-2012, 02:01)
---------------------------------------------
Har doim qiziq joyida töxtatib qöyasiz.Tezroq yozing,iltimos


Nigohimda jamdir bu olam...
 
FC_PAXTAKORСана: Пайшанба, 09-Фев-2012, 12:31 | Изох # 262
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
G'IYOSIDDIN QAYTAQOLING ENDI

Omad
 
ClimbeRСана: Пайшанба, 09-Фев-2012, 12:42 | Изох # 263
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
rostan ham G`iyos bo`lmas bu mavzu huvillab qolar ekan

chelsea chempion...
 
DilraboСана: Шанба, 11-Фев-2012, 01:44 | Изох # 264
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Giyos,hikoyani davomini yozmaganizga qöymaymiz baribiram.

Добавлено (11-Фев-2012, 00:44)
---------------------------------------------
Muxlis doim haq biggrin


Nigohimda jamdir bu olam...
 
milawkaСана: Шанба, 11-Фев-2012, 10:50 | Изох # 265
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
g`iyosjon ak dwarf aaa yozaqoliiiin endi iltimosss dwarf dwarf
 
murodbekСана: Жума-муборак кун!, 24-Фев-2012, 21:15 | Изох # 266
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 49
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 15
Холати: Хозир йўқ
vay erinmagan Giyose, 1 yildan beri shu hikoyani davom ettirasana???? man saytga kirmaganimga ham bir yil bulibdi... hikoyani boshini o'qigandim, juda qiziq, endi davomini o'qish niyatdaman....


Uchrasa bir kuni tengsiz bir go’zal,
Uchraydi baribir undanda go’zal,
Ex, dunyo qanchalar go’zalsan go’zal
Sevgim kelaverar yangidan-yangi
 
nusrat8182Сана: Жума-муборак кун!, 24-Фев-2012, 22:48 | Изох # 267
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
G'iyos unaqamasda hammamizni hikoyezga kasal qilib o'ziz yo'qsiz,doktor bunaqa bo'lmaydiku))))))

Добавлено (24-Фев-2012, 21:48)
---------------------------------------------
G'iyos unaqamasda hammamizni hikoyezga kasal qilib o'ziz yo'qsiz,doktor bunaqa bo'lmaydiku))))))


Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
LoadingСана: Шанба, 25-Фев-2012, 00:55 | Изох # 268
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Хикояни давоми ёзилвоти. Тассавуримизга сиғмайдиган ажойиб давом кутвотти.
Ғиёс туриси узим хам бесабир булиб кетвомман.
Ғоппор Лобар билан учрашадими йуқми?


Faqat 3 ta shart!
 
milawkaСана: Душанба, 27-Фев-2012, 14:55 | Изох # 269
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
Voy doood 2ta közlarim 824 ta bub kettiku G'iyosjooon akaaaa yozin!
 
GiyosСана: Якшанба, 11-Мар-2012, 23:51 | Изох # 270
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Chorshanba kuni. 2 qism.
Aziz va Azizani to'yi. To'ydan keyingi . . . . .

Добавлено (11-Мар-2012, 22:51)
---------------------------------------------
(2 qism qayta o'zgartirildi wu sabab kechikdi)


Sog' salomatlik...
 
FC_PAXTAKORСана: Якшанба, 11-Мар-2012, 23:54 | Изох # 271
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
Uryeeeeeee

Omad
 
milawkaСана: Душанба, 12-Мар-2012, 13:01 | Изох # 272
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 351
Холати: Хозир йўқ
Hayt)
 
FaxriddinСана: Душанба, 12-Мар-2012, 23:16 | Изох # 273
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 221
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 2290
Холати: Хозир йўқ
Davomi daxshat... G'iyos shunaqayam bo'ladimi???



Болани ўзи ширин, ўзидан сўзи ширин...
 
GiyosСана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 07:24 | Изох # 274
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
58 qism

Mana nihoyat oktyabr oyi keldi. 10 oktyabr Yakshanba. Bugun Aziz va Azizalarni nikoh kechasida o’tiribmiza. Hamma shodu hursand. Hamma o’yin kulgu qilmoqda. Kuyovga qaraganda kelin bola hursandroq (Yigitlarga erishish hozir sal qiyinroq bo’b qoganigami). Man Dilshod bilan xizmatdamiza. Keganlarni kutib olib, ketganlarni tepporib (hazil) turibmiza. To’y restoranda bo’voti. Nu albatta harajatlarni Azizni o’zi ko’tormasdi. O’rtoqlari, onam otam va asosiy qismini Anvar aka ko’tardilar. Ona nomidan onam chiqdilar. Ota nomidan Anvarakani chiqarmoqchi edilaru, ammo otalarni so’zga chaqirishmadi. O’rniga o’rtoqlarini chaqirishdi. Man, Dilshod yana 2 ta bola esdalik sovg’alarimiza bilan (Esdalik sovg’a uchun Televizor olganmiza.) chiqdik. Hamma o’z tilaklarini gapirdi. Kimdir “O’rtooo to’ying bilan tabriklimaaan, baxtli bo’ginnnnn” didi. Shu ham tilakmi didim ichimda. Nu o’zimam uncha so’zga yo’qroqman. Mani hozir qanaqa so’z etaman bilmadim. Oldin to’ylarda qanaqa tilaklar bildirishganini esladim. Ushalardan esimga tushganini miks qilib mani galim keganda boshladim: “Assalomu Alekum (aziz mehmonlar dimoqchidim, Azizga g’alati bo’masin dib boshqacharo qib etdim.) hurmatli mehmonlar. Mana bugun 10/10/2010 yil kuni do’stim, qadirdonim Aziz va Azizalarni nikoh to’yiga yig’lgan ekanmiza. Shu fursatdan foydalanib shu ikki yoshga dunyodagi barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman. Ularga hayotda sog’liq, baxt, omad va daromad tilayman. Yana nima diyishim mumkin. Baxt tilayman, taxt tilayman, 5 ta farzand naqd tilayman. (shu joyida qarsaklar bo’b ketdi. Kelin bola kuyov bolaga qarab kulib qo’ydi. Manimcha eplay olarmikinmiza dib o’ylaganmi... Kuyov bola manga ma’noli qarab jilmaydi. Manam undan qolamanmi dib jilmaydim. ) TV ni karobkasini stolini oldiga qo’ydik. Karobkasi diganim ichida televizor yo’q edi. Ha rostanam yo’q edi. Karobka yengil edi. Ikki kishi bemalol ko’tardik. Hech kim olib ham qo’ymagan, uni qattaligini ham bilardik. U Azizni uyida edi. Uje yasatib ko’rish uchun tayyor qilib qo’yilgandi. To’yda prosta ko’z bo’yamachilik uchun karobkani olib kelgandik. Buni sanoqli kishilar bilardi. Azizni o’zi ham kaneshna biladi. Shunga karobkani qo’ydikku, reskiy halaqit bermasin dib boshqa bolalar olib chiqib ketdi, shu bilan nomerimiza o’tdi.
To’y tugadi. To’yni mahallamizadagi yoshi ulug’ (negadir o’zini ulug’ dib hisoblamsdim) otaxon yopib berdilar. Shundan keyin uyga tarqaldik. Nu kuyovni uyiga. Hali u yoda o’tkaziladigan marosimchalar bor edi. Kuyovni o’zim olib keldim. Moshinamda. Nu lemuzin oborib tashadi. Opkelishga gaplashilmaganakan. Shunga begona qimadim. Uyga kirgazdik. Uyni ayollar “mafiya”si egallab olganakan. Ichkarida bir narsalar qilishdi. Kirib ko’romadim. Tashqarida patnis chalish uchun patnis bilan qoshiq yoki kapkir qidirvotudim. Topdim. Keyin bir pas turib taqir tuqurni boshlab yubordik. 4 bola 4 yodan ketini uzmasdan uyni boshimizaga ko’tardik. Ichkaridan 2 ta quda tomon qo’lida 4 ta ko’ylak ko’tarib chiqdi. Biza to’n davo qildik. Nu ko’ylakni olib keyin taqir tuqurni tugatdik. Shu bilan uyga chiqib ketdim. Azizga kechasi bizanikiga chiq, eshik ochiq dib SMS yozvordim... Soat 04-00 larda chiqib keldi. Hammasi ok mi didim. Ha zo’r didi. Keyin yotib uhladi. Kechki paytga yaqin “kuyov oshi” boshlandi. Hamma qiziq gaplar ushatda boshlandi. Uylangan o’rtolarimiza Azizni chekka ovolib nimalarnidir tushuntirishvoti. Qoganlar bu yoqda boshqa narslarni gaplashib o’tirishibdi. Aziz bir bittasiga qarasa, bir boshqasiga qarardi. Mani nazarimda u hich nima tushunmayapti, ili tushunishni hohlamayapti. Unga bittasi: “Bugun san uchun asosiy kun. Parot qimagin, etgalarim esingdan chiqmasin. Muhumi hayojonlanma. Hammasi yahshi bo’ladi. Ishni bitirib keyin tashqarida yangalarga qarisan. I vsyo. Suni eplasen bo’ldi, ikkaleniyam yuzing yorug’ bo’ladi......” dib etvoti, lekin u yog’ini eshita olmadim. Osh pishdi dib chaqirib qolishdi. Olib kelib oshni paqqos tushirdik. Keyin duo qilibm kuyovga baxt tiladik. 3 ta farzand yetarkan, ushani ham tiladik. Keyin uyiga kuzatib qo’yib, hamma tarqaldi.

* * *

1 oydancha o’tdi.


Lobar manga telefon qilib qoldi: “Toshkentga keldim. Uchrashmizmi? Etgan vaqtizda etagan joyizga boraman. Bu safar aldamiman” didi. Man hop didim. To’g’risi man o’zimni ham uni qanaqaligini ko’rgim kevotgandi. Shuncha payt ko’rmasdan yurdim. Bir ikki marta rasmini ko’rdim. Nu rasm rasmde.
Ertasi kuni soy bo’yidagi yoshlar “ko’p uchrashadigan” joyni etdim. U joyda para para bo’lib yoshlar ko’p yurishardi. Ko’pni ichida ko’rinmiman dib o’yladimmi? Bilmadim. Usha soy bo’yi yoqdimi bilmadim. Usha joyni etdim. U etilgan vaqtda yetib keldi. Ko’rinishi tasavvurimdagidek emasdi. Nimasidir o’xshamasdi. Nu chiroyli. Ko’rinishi. Kiyimlari hm.... usha. Sochini orqaga yig’ib olgan. Mani ko’rib bittada tanidi. Yuziga kulgu yugurdi. U yoqdan bu yoqdan gaplashib o’tirdik. Soy bo’yida yurdik. Yurish iloji bo’gan joygacha va yana orqaga qaytdik. 1 soat shu zailda o’tdi. U hursand edi. Juda hursand edi. Undan mana mani ko’rdiz, hali ham sevasizmi dib so’ragim kelayotgandi. Lekin so’ramadim. Sevgisi so’nvotgan bo’sa yana olovlatmi dib o’yladim. Keyin soy bo’yida joylashgan skamekalardan biriga o’tirdik. Oramizadan bitta bolacha sig’adigan joy bor. Unga iloji boricha kam qariman. Manga to’yib qarab olsin dib. Ko’z qiri bilan qaravotganini sezib qolaman. Ko’zini tezda olib qochadi. U chiroyli bo’sa ham man uni sevolmasdim. Uni bir gapi esimga tushdi. Siz mandan qancha uzoqlashsez man sizga shuncha yaqinlashaman digan. Yana o’yladim. Hozir mani ko’rdi. Yanada yaqinlashib manga bog’lanib qolsachi? Yo’q. Bunaqa bo’lishi kerak emas didim o’zimga. Uni yoniga yaqinlashdim. Oramizda bitta musht sig’adigan joy qoldi. Lobar yerga qarab turibdi. Bir nimalarni gapirib boshini qotirvomman. Yana yaqinlashdim. Oramizada bitta gugurt qutisi sig’adigan joy qoldi. Undan ortiq yaqinlasha olmasam kerak dib o’ylagandim. Yo’q yaqinlashdim. Oramizida soch tolasi o’tadigan ham joy qolmadi. Qo’limni belidan o’tkazdim. Bir seskanib qo’ydi. Qarshilik ko’rsatmadi. Yuzimni yuziga yaqinlashtirdim. Sekingina “Lobar” didim. U tezgina qaragan edi lablarim yuzini o’pib oldi va lablariga tegdi... sekingina kulib qo’ydim. Uyalib yerga qarab oldi. Ozgina shu zail o’tirib xayrlashib ketdik. U kvartirasiga man uyimga. Yo’lda ketvotib o’yladim o’zimcha, endi mandan uzoqlashadi. Mani odobsiz ekan dib o’ylidi va mandan butunlay ketadi... . Uyga bordim. Yo’q adashibman. Bunaqa o’ylaganimcha bo’madi. U mandan uzoqlashmadi. SMS keldi. Hammasi uchun rahmat. Hursand bo’ldim dib. Yana bir bir telefonda gaplashib yurdik. U Toshkentdaman didi. Nimadir qivomman didi. Keyin bir ikki marta telefon qiganda omadim. Chunki man o’ylagan reja bo’madi. U mani odobsiz dib o’ylamadi. Shunaqa qilib kak uni mensimgande qib ko’rsatib, o’zimdan uzoqlashtirmoqchidim. Bir oydan keyin tel qildim. Omadi. SMS yozsam javob keldi. Nega tel qisam omadiz disam. Siz gaplashasizde, keyin yana yo’q bo’b ketasiz. Mana bu yerda yana unutaman deb azoblanib yashayman diydi. Ya hayronito bo’b qoldim. (Shu joyda qivotgan xatolarimni sal chundim. Lekin unga bildirmadim.) Keyin etdim, xop mayli. Man sizni butunlay bezovta qilmayman. Nima o’tgan bo’sa hammasi uchun uzr didim. Undan javob keldi. Man o’qishga kirgandim. Shuning uchun bu yerdaman... Man bunga javob yozmadim. Yana bir afsuslandim, nega manga ushanda etmadi. 3-4 oy o’tib etvoti. Boshqa javob yozmadim. Vaqtlar o’tdi. Undan bir bir she’riy misralar kelardi. Armon bo’lgan sevgim... shu manoda. Man va’damga muofiq javob yozmadim. So’ngi yuborolmagan SMSim: Lobar sog’ bo’ling. Baxtli bo’ling. Xayr. Alvido!

* * *

2011 yil yanvar oyi.


Aziz va Aziza. Ularni ko’rsam rosa havasim keladi. Toxir va Zuxra, Farxod va Shirin, Layli va Majnun, Rameo va Juletta.... bularni sevgisi ularnikini oldida damini olardi. Shunaqangi bir biriga yarashgan. Ko’chada bir biri bilan padushka qilib, gaplashib o’tib ketishadi.... derazadan qarab mani ham uylangilarim keb ketadi. Nu Dilshod ham chiday olmay uylanaman divordi. Fevralda uni to’yi. Aziz to’ydan keyin manikiga kam”ro” chiqadigan bo’b qoldi. Albattade. Uyda shiringina xotin turgan bo’lsa. Mani uyimda nima qiladi. Manam hadeb chiqvurish niudobna. Oldin kechasi ham chiqvurardim. Hozir chiqib bo’midi. Mahalladagilar kechasi boshqani uyida yurganimni ko’rsa eski gaplarni qo’zg’ab yuborishadi. Eski materaiyallar yodga tushib, yengi senariy yozib o’g’zaki syomka qivorishadi... Manga bu gaplar nima keragi bor. O’zi vaqtim ham bo’mayapti. Anvarakani buyrug’lariga binoan Ingliz tili kursiga borib til o’rganvomman. Yanvarni boshida boshladim. 6 oylik kurs. Har kuni. Individualniy. Qimmat. No mani pulim ko’p. Qo’ylarimni puli hali ham turibdi. Dollar qib qo’ygandim. Ushandan ishlataman. Lekin oyligim yetvoti. Boshqa xarajatlar xozircha yo’q. Onam uni borligini ham bilmidilar. Bilsalar ham qanchligini bilmidilar. Bu pul bilan bemalol to’yni o’tkazish mumkin. Aziz ishi hali ham usha. Aziza uyda. Aziz yahshi ishlidide. Man ularni oilasiga havas qilaman. Bunaqa baxtli oila bo’masa kerak. Zo’r oilade. Baxtli yosh oila. Sevishib turmush qurishdi. Yaqinda bitta bolali bo’volishsa... Keyin yanada quvonchga to’lishadi. Juda ham mani uylangim kevotiyuuyuyuyu..... O’zini bos G’oppor. Hali san tayyor emassan. Ishini yahshila oldin. Harakteringni ozgina to’g’rla. Bunaqa harakter bilan qaysi qiz yashidi. Har bir narsaga o’zimni fikrim bilan ish qivursam. Boshqalarni fikri mani qiziqtirmasa. Keyin manam kimnidir sevishim kerak. Lekin kimni? Mana shu ham muamo??? Eng avvalo ishni yahshilash kerak....

Feval oyi.
Dilshodni to’yi bo’ldi. Unga singlisi dugonasini tanishtirib, qo’yib ushani olib berishdi. Baxtli oila. No ular Aziz va Aziza qilgan havasimni uyg’ota olmadi. Balki Dilshod boshqalar bilan ham “yurishi”ni bilganimdir. Uni “sevgisi” soxtaligini bilganimdir. Nu baxtli yosh oila...

2011 yil 9 senytabr .


O’z ish joyimda edim. Hozir lavozimim oshgan. Bo’lim boshlig’i lavozimiga ko’tarildim. Ingliz tillini Inglizlardek bilaman. Bemalol gaplasha olaman.
Aziz ertalab telefon qilib u bu joyda uchrashishimizani so’radi. Ishdan keyin. Hop didim. Ovozida sal hayajon bor edi. Huddi nimadandir qo’rqandek. Shunga sal ko’nglim g’ash bo’lib turibdi. Nimaga to’sattdan uchrashamiza didi. Kecha o’zi mani ko’rudi. Nimadir dimoqchi bo’ludi, oldimda Dilshod boriga indamadi. Keyin ketgan edik. U manga uchrashishimiz vaqtidan 2 soat oldin telefon qilib, uchrashadigan kafeyimizni adresini etdi. Nega u joyni tanlabdi didim. Prosta u joyda odam kam bo’ladide. Ancha obro’sini yoqotgan kafelardan bo’b qogan. Ichi g’ira shira. Qorong’u disa ham bo’ladi. U yoqga bir biridan yashirinib boradiganlar borsa maqul, bir birini qorong’ida tanimiydide.
2 soat o’tib, etilgan joyga bordim. Aziz mani kutib o’tirgan ekan. Yonidagi bo’shagan idishlardan u anchdan beri shu yerda ekanini bilsa bo’ladirdi. U gap boshladi:
- G’oppor qalesan, yahshi keldingmi, bezovta qilmadimmi?
- Yo’g’a, nega bezovta qilsan. Shunaqa erimoqchi bo’lasanu (stol ustida buyurtirgan narsalariga qo’lim bilan ishora qilib) man yo’q diymanmi? Nima munosabat bilan?
- Endi pulini to’lidiga san, manga nima. Bir o’titrili didimde. Dardlashib...
- Ja sani darding ko’p. Ichinga sig’miy ketvoti. Yosh bo’b turib. Maqsadga o’t. (yonimda turgan salatdan bir qoshiq olib yedim.)
- Yana usha gap. Qachon uylanasan. Yoshing mana 24 ga qarab ketvoti.
- Aziz nima disamakan. Man uylanishga tayyorman, uyda onam hali tayyormasla. Man kimnidir seviy, yokionam kelin topib, ko’r disinlar. Man da davay diyman. Uje to’y.... hazil. Hali ishimni boshini yahshi tutganim yo’q. Mana hozir haydovchilikdan boshqaruvchilikka o’tdim. Yana bitta ko’tarilsam va mahkam shu joyni egallasam keyin to’y. Nu yilcha o’tsa kerak. Shoshvotganim yo’q. Uylanish qochmidi.
- Hm. Yahshi.
- To’xta mani uylanish, uylanmasligim nega sani qiziqtirib qoldi?
- So’rab bo’midimi? G’oppor g’alatisanaa.
- O’zingda nima gap. Aziza yahshimi? Ertalab ko’cha supurvotganida ko’rganimda sal hafaro ko’rindi. Urshib qoldilaringmi?
- Yo’q. Urishib qomadik. Urishadigan oilalarga o’xshimanmi? G’oppor. Sanga bir narsani etmoqchidim....
- Qachon uylansan dib so’risanmi?
- Gapni bo’lmagin , iltimos. Sanga bir narsani etmoqchidim....
- Etaqo mayli....
- Mana uylanganimga 11 oy bo’voti. Haligacha farzand yo’q....
- Nima sanga shu paytgacha 4 tani tug’ib berishi kerakmidi...
- Bormagan doctorim qomadi. Tabiblarga ham borib ko’rdim....
- Bo’tta doctor prichom, tabib prichom, ular sanga sham ushab turarmidi. San Azizani xotin qilib olding. U bilan kechasi uyda gaplashib o’tirish uchunamas. Uni quchoqlash kerak.. o’pish kerak... divanga yotiqish kerak. Keyin.... mana bola qanaqa qib bo’ladi. Kechasi gaplashganlaring mani xonamgacha eshitiladi. (hazillashib gapirdim. Negadir uni gapini hazilga oldimmi, yoki kayfiyatim yahshiligigami bilmadim. Shunqa prikol gaplashvomman). San u bilan yotmasang doctorlar kelib sanga bola yasab bermidi...
- Hazillarini besh minutga qo’yib tur, man jiddiy etvomman.
- Hm. Hop. Bir boshdan gapir. Uzr chalg’ib ketdim.
- Mana 11 oydan beri bola yo’q. Bormagan doctorim qomadi. Tabiblarga ham bordim. Foydasi bo’madi.
- Azizani ham obormadingmi?
- Yo’q. Ayb undamas. Manda! Bilasanmi? U ona bo’lishni shunaqangi hohlaydiki. Shunaqa ona bo’gisi keladiki, shunaqangi bolasiga qaragisi keladiki... to’ydan oldin manga etib bergandi. Shuni eslasam ga’lati bo’b ketaman. To’yni ham qoldirmoqchi edim. Lekin bunday qilolmadim.
- Shoshma. Qanaqasiga ayb sanda bo’ladi. Nega?
- Nima dib tushutirsamakan.... etish manga g’alati... Sanga etmoqchi bo’ganim. Man Aziza bilan ajrashmoqchiman....
- Iya to’xta. Jinnimisan. Nega ajrashasan. Toming joyidami. San jinni bo’b qobsan. (endi man shoshib qoldim. U man kutmagan gaplarni etvoti)
- Man sog’man. Jinnimasman. Man unga farzand bera olmayman. Chunvossanmi. Man ota bo’lomiman.
- Chunmayapman! Tushuntir!!!!
- Manda ereksiya yo’q.
- Nima u erekisya?
- Man avariya bo’ganimdan keyin. Shunaqa bo’b qogan. Maniki ishlamidigan bo’b qogan. Hich qanaqa reaksiya yo’q. Bilsen Aziza hali qiz bola. Hali qizligi buzilmagan....
- Man baribir tushunmayapman. Axir yangalarga ob chiqganding. Qonagandi... nega qiz bola....
- Man ushanga, to’yni ertasi kuni, kuyov oshidan keyin yolg’iz qoganimizda etdim. Tushuntirdim. Man hich qachon ota bo’la olmasligimni tushuntirdim. Man bepusht bo’p qoganimni, maniki ishlamasligini etdim, hammasini etdim. To’ydan oldin davolashni boshlagandim. Lekin foydasi bo’madi. Hamma yoqga bordim. Manda travmadan keyin bo’gani uchun hich narsa qilishomadi. Etishlaricha ushatni boshqaradigan nerv tomiri uzilib ketganakan. Ko’rgansanu hamma yo’gim kesliib yotibdi. Man Azizaga etdim. Hohlasa hoziroq hammaga etaman didim. Etishing mumkin hozir, nega to’yni to’xtatmading dib. Manda umid bor edi. Balki Azizani yonimda ko’rsam o’zgarish bo’lar dib. Lekin xato o’ylaganakanman. Hich qanaqa reaksiya bo’madi. Keyin nafsim ham ustunlik qildi. Uni qizg’ondim. U maniki bo’mi qolishidan qo’rqdim. Chunvossanmi qo’rqdim.... Kottaaa xato qiganmni tushindim. Azizaga etdim. Ayb manda dib. U ketmiman didi. Sizni tuzatamiza didi. Bilasan urf odat, usha qonli matoni ko’rsatish kerak. Man aybimni etmasam Aziza nomussiz bo’ladi. Shunga man sonimni terisini ozgina kesib qon chiqarib, matoni qonladim. Va yangalardan qochdim. Mana 11 oydan beri Aziza bilan yonma yon yotaman. Quchoqliman, o’paman. Lekin yaqinlik qilomiman. Tushundingmi? U esa manga chidavoti. Shunaqaligimni bilib turib rozi bo’ldi. Uni orzusini ona bo’lish edi. Man usha orzusini armon qilib qo’yvomman. (bir qultum sokdan ichib oldi). Sanga buni oldin etmoqchidim. Manda shunaqa dib. Lekin etomadim. Esingadami? Shashlikxo’rlik qigani borgandik.
- Ha esimda. Nimadir etmoqchi bo’lib, keyin qachon uylanasan diganding.
- Esingda ekan. Shunga man ortiq chidomiman. Azizani baxtini kemtik qilib yashavomman. San etganingdek u bilan kechalari gaplashish emas. Yaqinlashish kerak.
- Man xazil aralash gapirgandim....
- Shunga ajrashaman. Ajrashmoqchiman.
- Nega shoshasan. Balki davolashni biror yo’li bordir....
- Yo’q! Hech qanday davolashni yo’li yooo’q!
- Hop, hop, mayli baqirma. Mayli davolashni yo’li bo’masa bo’mabdi. Oilaviy muamoyingni o’zning hal qivur. Nega chaqirding mani o’zi....
- Man ajrashaman. G’oppor san hali hich kim bilan yotmagansan. Man bilaman. San man Aziza bilan ajrashgandan keyin unga uylanasan.
- Iya nima divosan. Qanaqa qib... mani nima qivosan. Uydigilar bunga rozi bo’lishmidi. Odamlar nima didi. Esing joyidami...
- Bitta bolali bo’guncha. Bitta bola qibersen bo’ldi. Ko’p o’ylab shu qarorga keldim. Aziza man bilan hich qachon ajrashmidi. Man bilaman. Unga ajrashman, boshqaga turmushga chiq didim. U hech qachon, bu gapni manga boshqa etmang didi. U bola tug’ishni hohlavoti. Chunvossanmi? Bola asrab olamiz ham didim. U rozi bo’madi. U o’zini bolasi bo’lishni hohlavoti. San manga bitta bola qiberasan, keyin ajrashasan. Man qaytib uylanaman. Qonuniy ajrashmiman. Shariy tomondan ajrashaman. San uni nikohinga olasan. Bola halol tug’ilsin...
- Man unaqa qilomiman. San mani tentak dib o’ylavosanmi?
- Manga yordam ber, mani sharmandalikdan qutqar!!!! Kimdan so’riman boshqa. Ko’chadigi gadoydan iltomos qimimanu. Nima dib o’ylidi. San yaqin bo’ganin uchun sandan iltimos qivomman. So’ravotganim yo’q. Iltimos qilib yalinib so’ravomman. Manga ham bola kerakku. Bu dunyoda ota ona mehriga to’ymiy o’sdim. Endi farzand ham manga yo’q. Farzandlarimga bermoqchi bo’lgan mehrimni nima qilaman. Man tushunsenchi. Nega mani qiynisan. Chorsasiz qolib ketdim. Bilaman bu taklifim g’irt ahmoqlik. Lekin o’zga yo’lim yo’q.
- Aziza bunga rozimi?
- Azizaga buni hali etmadim.
- Hayriyat...
- Sani ko’ndirsam, Azizani ko’ndirish qiyin emas. Maqsadimni taxminan biladi. Sal shama qilganman. U manga va sanga ishonadi. San havotirlanma. Hammasi imi jimida bo’ladi. Uzoqroqdagi domlaga borib nihoh o’qtiramiza. Guvohlar ham topamiza. Hich kim bilmidi. Aziza man bilan yashavuradi. Man ishga ketganimda u saniki bo’ladi. Homilador qilib bersen bo’ldi.
- San domlagamas, psixyatirga bormabsande. Usha sani davolardi. Topgan gaplarini qara. Man ketdim. Ahmoqsan. Azaza hich qachon rozi bo’midi (turib chiqib keta boshladim. Aziz orqamdan baqirib qoldi...)
- Man uni ko’ndiraman. San havotir olma. Ertaga oldinga chiqib sanga o’zi iltimos qiladi...
- Hich qachon, mani topomisanlar.... man qochib ketaman. San jinni bo’b qopsan. Azizaga etib ovora bo’ma. Man rozi bo’miman...
- Qarzingni qaytar unda. Sandan so’ramiman digan qarzimni qaytar, va’dangni bajar. Mana usha fursat keldi...
Shu gapdan keyin joyimda muzladim. Butun tanam muzladi. Keyin yoshligimizdagi voqea ko’zimni oldidan o’tdi.... “Maktabda o’qir edik. Darsdan keyin anhorga cho’milgani borardik. Man suzishni uncha yahshi bilmasdim. Qirg’oq bo’yida arqonni ushalab cho’milardim. Qolgan sinfdoshlarim suzishni bilardi. Aziz yahshi suzardi. Ushanga unga etib qo’ygandim, ubu narsa bo’sa mani qutqarasan dib. Bir kun cho’milgani bordik. Man arqoni ushalab suzishni mashq qivotudim. Bolalar suvda quvlamochoq o’ynashvotudi. Mandan ancha orqaga uzoqlashib ketishdi. Man arqonga ishonib joyimda suzvomman. Arqon uzulib ketdi. Man dovdirab qoldim. Biladigan suzishim ham esimdan chiqib ketdi. Suvni tegga sho’ng’ib yana qaytib chiqvomman. Suvni tegiga kirganimda sinfdoshlarim qirg’oqdan o’tib ketishibdi. Aziz quvlavotgan ekan. Man chiqgan paytim ko’rib qolib va suzayotgan joyimda yo’qligimni ko’rib tezda suvga sakrab amallab mani olib chiqdi. Mani o’limdan qutqarib qoldi. Ushanda unga va’da bergandim. Qanaqa yordam bo’sa ham beraman sanga. Man qarzdorman. Hohlagan payting so’ragin digandim. U qo’ysangchi do’stim. Man qarzga qutqarmadim. Boshqa odam bo’ganda ham qutqaradim didi. Man baribir gapimda turib oldim. Biror fursati keganda so’rab qolarsan. Agar yo’q desam, va’dangni esla digan man nima qilib bo’sa ham yordam beraman, digandim”.
Aziz stol yonida boshini qaltiratib turibdi. Man shuni eslidi dib kutmagandim. O’zimni ham esimdan chiqib ketgandi. Kutmagan voqea bo’ldi. U mani mot qildi. Man nima qilishni ham bilmadim. Man yutqazgandim. Hayolimga kemidigan ishlar. Do’stimni xotini bilan yotish. Qilgan xavasim ham uchib ketdi. Do’stim xotinni manga predlagat qildi. Bu xiyonatmi? Yo’q. Bu vaxshilik. Boshqa choram yo’q. Uni qutqarishim kerak. Man unga ma’noli qarab boshimni ha ishorasini qilib roziman digandek qildim. U oldimga kelib, mani quchoqlab rahmat dedi. Man unga, faqat xozir Azizaga etmiy tur. Man o’zimga kevoliy. O’zim sanga etaman didim. Keyin sekin chiqib ketdim. Uyga pishkom ketdim. Aziz ushatda qoldi. (Nega manga doim shunaqa qiyin vaziyatlar keladi hayotimda. Endi yahshi kunlar keladi digan paytda....)

Добавлено (14-Мар-2012, 06:24)
---------------------------------------------
59 qism

Ertasi kuni ishxonada qoldim. Telefonimni o’chirdim. Uydagilarga kemiman dib etib qo’ydim. Ishxonadagilarga kim kesa ham man yo’qman. Ota onam kelsalar ham yo’qman dib etdim. Hamma narsa manga yoqmidigan bo’b ko’rinvoti. Man qochdim yana. Endi uzoqlargamas, qorong’ulikka...

(Azizni hikoyasi)
2010 yil 10 oktabr.
Bugun to’yim bo’voti. Nihoyat bir paytlar orzu qilgan sevgilimga uylanvomman. Bu to’yni avariya bo’ganimdan keyin qilmasligim kerak edi. Lekin sevgim, nafsim boshqa narsalardan kuchli keldi. Bunday olib qaraganda man “er” bo’lolmasdim. Avariya manga katta asorat esdalik uchun tashab ketdi. Davolanish uchun hamma doctor va tabiblarga bordim. Hammasi afsusdan bu yog’iga o’ta olishmadi. To’g’ri harakat qilishdi. Lekin samara bermadi. Bir tabibni oldiga borganimda bir yoshi 55 larga chiqgan amaki ham o’tirgan ekan. Ularda borgan sari kuchsizlanib borayotgan ekan. Ular manga bir gap etdilar: “Erkak kishi ikki marta o’ladi. Birinchisi jinsiy zaif bo’lganda, jinsiy yaqinlik qila olmay qolganda, ikkinchisi o’z ajali bilan o’lganda” deb. Ularga ham kimdir etgan ekan. Man birinchi marta o’lib bo’lgandim. To’yni to’xtatishda o’zimda kuch topa olmadim. Bu haqida hech kimga etomadim. Etishga uyaldim. Yaqin do’stim G’opporga ham 1000 marta etmoqchi bo’lib, eta olmadim. Qo’rqoqlik qildim. Negadir to’yni bo’lishini hohlayverdim. Usha umid... balki to’ydan keyin yahshi bo’lib ketar. Afsuski man katta xato qilgandim. To’ydan keyin ham hich narsa o’zgarmadi. Hammasi usha holicha qolaverdi. Sharmanda bo’layotgandim. Bugun to’yim bo’ldi. Man sharmanda bo’lishim. Bu tomonlarini o’ylmagan ekanman. Exxx. Rosa afsuslandim. Azizaga tushuntirdim. U tushundi. Davolanasiz. Hammasi yahshi bo’ladi deb ovutdi. U uchun ham ortga yo’l yo’q edi. Chimildiqdan chiqqan qizni qaysi yigit men olaman diydi. Kam unaqa to’g’ri tushunadigani, keyinchalik ajrashgan erkak olmasa... qisqasi u ko’ndi. Lekin man etdim. Hohlasez ketavering dib. U ko’nmadi. Oxirigacha siz bilan bo’laman dib turib oldi. Oxiri o’zimdan qon chiqardim. Shu bilan to’yni ham tugatdik.
2011 yil 8 senytabr .
To’ydan keyin ham doctor va tabiblarni qabuliga bordim. Natija baribir bo’lmadi. Azizaga qilgan adolatsizligim sababli vijdonim kuyib tamom bo’votgandi. U ona bo’lishni juda juda hohlardi, allalar etishni istardi... lekin men unga bu baxtni bera olmayotgandim. Bir o’zimga qarab, “Mana Aziza, sevganing Aziza seniki” bo’ldiku deb quvonsam, bir tomondan o’zimni holimdan achinaman. Har kecha uni yoniga kirganimda uni ko’zlariga qaray olmayman. To’g’ri ko’zlarida uni noroziligi sezilmaydi. Uni qalbida seziladi. Qalbini qay bir burchagida shu dard qo’ng’iroq chalib turadi. Buni faqat man eshitaman. Boshqa hech kim. Yaqin do’stim G’opporga ham. Oxirgi kunlar gap so’zlar qila boshlashdi. Hammada bitta savol, “Qachon bolalik bo’lasanlar?” Manku mayli, javobni beraveraman, lekin Aziza bu savolga qanday javob beradi. Umid qiladi faqat. O’tgan hafta. Ha o’tgan hafta edi. Ishdan kechroq keldim. Oylik hisobotni topshirishim kerak edi. Uyga kech keldim. Eshikni o’zimni kalitim bilan ochib kirdim. Aziza uhlavotgan bo’sa uyg’otib yubormay dib. Derazani oldidan o’tayotganimda “Alla” qo’shig’i qulog’imga chalindi. Derazadan qaradim. Aziza qo’g’irchoqga “Alla” etavotgandi:

“Alla, alla jonim alla.
Sensan ovunchog’im alla.
Kutarman kelarsan alla.
Meni bolam alla...

Seni sog’inaman alla.
Kechalari o’ylarman alla.
Kutarman seni alla.
Meni pahlavonim alla.

Menga ham atalgansan alla.
Yolg’iz qo’ymagin alla.
Kutarman jonim alla.
Meni qizalog’im alla.

Ollohim so’rayman sendan,
Farzandlik bo’lish baxtini bergin,
Men ham farzand tug’ay.
Men ham tunlari aytay alla.
Men ham tongacha aytay alla”.....

U yog’ini eshita olmadim. Derazani tegiga cho’kkalab yig’ladim. Ko’zlarimdan yoshlar daryo bo’lib oqdi. Ro’molcham ho’l bo’lib ketganidan ko’z yoshlarini artib bera olmadi. Ko’zlarimda oxiri yosh qolmadi. Yig’layman disam ko’zimdan yosh tushmadi. Shunchalar ko’p yig’labmanki... derazadan hammon “alla” eshitilardi.... O’rnimdan turib, borib yuzimni yuvdim. Ko’p o’yladim. Rosa o’yladim. Man bunga farzandlik bo’lish baxtini bera olmasam, boshqasi bera olar. Shunchalar farzandlik bo’lgisi kevotgan ekan. Ajrashaman. Boshqaga turmushga chiqib, albatta farzandlik bo’ladi. Baxtli bo’ladi. Man kirib buni unga etaman. Eshikni ochishim bilan uyda shaqir shuqur ovozlar eshitildi. Manimcha qo’g’rirchog’ini joyiga, shkafni ustiga qo’yvotgandi. Mani ko’rishi bilan salom berdi.
- Assalomu Alekum Aziz. Yahshi keldizmi? Nega kech keldiz disam, “Har doimgidek oyni oxiri, oylik hisobotlar...” diysiz. Shuni uchun etmiy qo’ya qolaman. Ovqatlanasizmi?
- Voalekum Assalom. Rahmat. Yahshi keldim. Yo’q. Ovqatlanmayman. Qornim to’q. Ishxonada ovqatlandik. Kel o’tir, sanga gapim bor. Bilsanmi?
- Nimani? Man ko’p narsani bilaman.
- Hazilingni qo’ysangchi. Man sanga bir gap etmoqchiman.
- Ho’sh eshitman. (Uni ko’zlaridagi mayuslik sohta quvonchga almashgandi)
- Mani ahvolimni bilsan...
- Ahvolizga nima qilibdi?
- Iltimos gapimni bo’lmagin. Mani ahvolimni bilasan. Seni farzandlik bo’lish orzulyingni ham bilaman. Shu orzuying man bilan yashasang armon bo’ladi. San boshqaga turmushga chiqsang, farzand ko’rasan. Man san bilan ajrajmoqchiman. To’g’ri tushun. Man boshqa vijdonan qiynalishni istamiman. Farzand asrab olishga rozi bo’lmading. (Rozi bo’lmaganini sababi, mani aybim bilan farzand bo’lmayotganini hamma bilib qolardi. Shuni sir saqlash maqsadida rozi bo’madi. Man rozi edim. Lekin u sharmanda bo’lishimni hohlamadi). Man ajrashaman.
- YO’Q! Hech qachon. Man ajrashmiman. Siz bilan umrimni oxirigacha qando bo’sez shundo o’taman. Man rozi bo’miman. Ajrashmiman!!!!
- Aziza!
- Yo’q dedim. Boshqa bu xaqida mavzu ochmang... (yig’ladi)
- Man hozir qo’g’irchoqga alla etganini ko’rdim. San farzandli bo’lishni hohlab qilgan nolangni eshitdim.
- Mayli. Boshqa bunaqa qimiman. Iltimos fikrizdan qayting. Man ajrashmiman. Boshqa yo’lli ham bordir. Chet elga borib davolanishni ham iloji bordir.
- Man hammasini so’radim. Maslahatlashdim. Foydasi yo’q. Man umidimni uzganman. Mani kechir.
- Sizda ayb yo’q. To’ydan oldin etganizda ham shu holizga rozi bo’lardim. Sizni aybiz yo’qku...
- Man vijdon azobida kuyvomman. Chunsangchi!
- Man boshqa eshitishni hohlamiman. Boshqa yo’li ham bordir. Manga farzand kerakmas...
- Manga kerak. Man sani qiynalishingni hohlamiman.
- Boshqa yo’li bordir. Davolanasiz...
Man tashqariga chiqib ketdim. Azizani ko’z yoshlariga chidomadim. To’g’risi yuragim bo’shashdi. Nima qilishni bilmiy boshim qotdi. Rosa o’yladim. Ko’chaga qarab o’tirdim. G’oppor moshinasida uyi tomon o’tib ketdi. Shunda kallamga bitta fikr keldi... ertalab unga telefon qilib uchrashishimizni aytdim. U rozi bo’ldi....

Davomi tez kunda!
© Giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Giyos - Чоршанба, 14-Мар-2012, 07:23
 
BоnuСана: Чоршанба, 14-Мар-2012, 09:52 | Изох # 275
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
Азиз ва Азизани дардига даво топилармикин? Давоми нима бўларкин, бечора Ғаппор оғир вазиятда қолди. Давомини кутамиз. (ҳурматли муаллиф,тўй саҳнаси жа очиқ бўпкетмадимикин?)

ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
 
Поиск: