Hikoya - Страница 4 - Форумистон
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
ParvinaСана: Чоршанба, 15-Июн-2011, 17:25 | Изох # 76
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Севгим... йулда.

Кеча ажойиб кун эди. Хар кунгидан файзли, мехрли, кадр-кийматли. Кеча кечки 19-30 ларда учрашувга чикишни таклиф килди. Хайронман каерни сайр килса булади? Узи сайр киладиган тузук жойни узи йугу. Майли йук демадим паркка бордик. Сухбатларимиз давомида келгусидаги режалари хакида гапириб берар экан, бир йиллик хизмат сафарига боришини айтди. Хайрон булиб ха албатта угил бола дегани шунака булиши керак деб айтар эканман. Кунглимда бошка нарсалар.
Ёши катта булсада узи ёш болалардек кунгли оччик, мехнаткаш инсон. Лекин бир йиллик сафари мобайнида нималар булиши хакида кизикмаётгандек, ё мандан у бу нарса кутяптимикан деб уйланиб колдим. Йул-йулакай мускаймок олиб берди, биласми мускаймокни эриши, куёш ботиши билан турги келди. Куёш ботиб, енч туша бошлади. Ман кайтишимиз хакида гапирар эканман бекатга якинлашдик. Атобусни кутдик. Ман автобусга миндим, у кетимдан. Манзимгача етиб бориб автобусдан тушдим, у автобусда колди. Севгим... йулда.


Allah büyükdur
 
LoadingСана: Чоршанба, 15-Июн-2011, 20:54 | Изох # 77
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Juda qiziq. Hayronman. Sarlavxa qayta qayta o'ylashga majbur qiloqda.

Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 04:26 | Изох # 78
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Bu shaxrimizda bir necha yil avval bo'lib o'tgan voqiya. Sevgi yoki boshqa narsa emas balki insonlarni qanchalik past, vaxshiy, iflos (uzr o'qib bo'lgach bundan battar gap aytasizlar) ekanligini bayon etuvchi xayotiy voqiya.
Kichginagina qischa edim 3-sinfda o'qirdim bir kun onam ishdan shunaqangi yuz bilan kirib keldilarkiiii? Meni yonlariga chaqirdilar ko'zlari oz oz namlanar va meni qattiq quchoqlardilar erkalab o'pardilar. men oilada kenja farzand bo'lganim uchun bu menga oddiy xol ediyu lekin nimaga ko'zlari namlanayatganini tushunmasdim ko'zlaridagi yoshni yashirardilar. Men so'radim nimaga yig'layapsiz onam yig'lamayapman. ko'ziz yoshku. Boshim o'g'rayabdi dedilarda menga qizim extiyot bo'l ko'chaga umuman chiqma xo'p kechga o'zim dugonangni uyga chaqirasan yoki uyiga oborib qo'yaman o'ynab kelasan dedilar. Opang qarab turadi o'ynisan. Bo'masam jo'gilar o'g'irlab ketadi. (Boshqa joyni bilmadimu lekin bizga jo'gilar xaqiqatan xam bola o'g'irlab sotardi keyin qamalib kaltak yeb qo'rqib bu qilig'ini tashadi qulay fursat bo'lsa xozir xam bola o'g'irlaydi) Keyin onam qo'llarini boshlariga qo'yib meni oldilariga olib o'tirdilar.

Bir vaqt opam kirib keldi. Onamga qarab nima bo'ldi iyy yig'labsizmi? Onam bilan opam gurungni boshlashdi. Onam opamga extiyot bo'l silar ku katta aqling yetadi singlingayam qara zoklyuchonnylarni 10 kun oldin qo'yvarshibdi. Bugun eshtdim vokzalga 3-sinf qizchani (qo'lim bormayabdi yozishga qaltirayabman)7 kishi nima desam? 7 kishi nomusiga tegibdi. Qizcha jinni bo'lib qobdi xozir jinnixonada ekan. Onasi ozini 3-qavatdan otvoribdi alamdan. Boshim o'g'rib ketdi uxlay xech narsa yemayman dedilar.
O'sha paytda tushunmagan ekanman bunaqa vaxshiyona xarakatlarni tushinib boshlaganimdan beri miyyam shu eshtganimni o'ylasam miyyam yorilay diydi.
Ex XUDO naqadar ifloslik naqadar paskashlik qanaqa odam bo'lish mumkin bunday qilish uchun. 3-sinf qizchaya naxotki 7 kishidan birortasi shunga raxmi kemagan. Naxotki shu go'dakku axir. Shaytonni xayoliga kelmaydigan vaxshiylik. Onamni asablari buzilgani o'sha qizchani ko'z oldilariga keltirib onasini tushunib ko'zlariga yosh olgan ekanlar.
OLLOH HAMMAMIZNI PANOXIDA ASRASIN XECH BIRIMIZNI YOMONLARGA RO'PARO QILMASIN

Добавлено (08-Июл-2011, 03:22)
---------------------------------------------
Uzoqdan senga kulib salom beraman-u lekin senda avvalgi quvonch nurlarini kórmayman. Sen bilan dugona edik qanchalik sodda yaxshi qiz eding-a. Gòzalliging, aqling, momila qilishing, xech kimga gap qaytarmasliging odobing òzgacha edi. Daryodek kòk kòzlaring, uzun sochlaringa xech kim maxliyo bòlmay qolmasdi. Òta sodda yaxshi qiz bòlganing uchun xam odamlar sendan foydalanishardi. Bir qòshni chiqib Niginajon ovqatimni qilib ber desa, yana bittasi xamir qildirib non yoptirardi. Biri bolasini taylab ketsa, boshqasi chiqib bizni kòchani xam supurib yubor Niginajon belim bòmaydi derdi. Qizini qòli singanday, qizingniyam beli bòmaydimi? Desangda. Ayniqsa yòq deyolmasliging asabimni buzardi. Menga biron ishimni qilib ber deb kòrsinchi... Boplab javob berardimda shu uchun menga aytmasdi. Xech narsani qizg'onmasding senda bòlsa olib chiqib tutqazarding yana meni asabimni buzib albatta. Berma desam xam javobing tayyor. E mayli yòg' deb aldagim kemadi. Biron kun borligini kòrib qosa xafa bòladi. Jonim chiqay derdi òziyam xafa bòsa bòlar. Voy Nigina... Nigina...aldama bor lekin bermiman deb ayt. Koshki bergan narsalaringni odamlar qaytarib bersa. Og'zi bòsh, qòli ochiqligingdan foydalanib xech kim narsangni qaytarib bermasdi. Mendan xech kim xech narsa sòramasdi. Bilardida bermasdim. Ayniqsa bir voqiyani eslab kòp kulaman. Valleybol òynayatganimizda bir qòshni òg'ilchasi bilan òtib qoldi. Òg'ilchasi tòpni (koptok) sòrabdi. Yomon ayolmas-u lekin kòchaga duch kegan odamdan bolasi sòragan narsasini olib berish bòmaydida. Qòshnijonimiz sòrab qoldilar. Niginajon tòp kimniki? Nigina menga qarab kobraniki. Aaa...yur òg'lim tishi òtkirniki ekan baribir bermaydi. Men sòradim. Nima dedi Nigin? Tòp seniki ekanligini bilib sòramadi ilon. Vuxaxaxa ajab qilaman òzim òynash uchun oganman birovni bolasi òynasin deb emas...

Добавлено (08-Июл-2011, 03:26)
---------------------------------------------
Teldan ijod qilish qiyin ekan kompdan qilamiz XUDO xoxlasa


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LiLi_YaСана: Чоршанба, 27-Июл-2011, 19:20 | Изох # 79
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 28
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
Baxtiz butun bösin,Ilohim...

Mohi Ramazon qutlug' kelsin... Muborak bölsin!
 
LoadingСана: Чоршанба, 27-Июл-2011, 19:26 | Изох # 80
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Raxmat didi hikoyam qaxramoni.

Faqat 3 ta shart!
 
MalvinaСана: Пайшанба, 28-Июл-2011, 01:00 | Изох # 81
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 127
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 94
Холати: Хозир йўқ
Aha ILOHIM OXIRÌGACHA BAXTLI BÖLIN!
 
LoadingСана: Сешанба, 16-Авг-2011, 22:06 | Изох # 82
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kecha uyquda alag' - jalag' tush ko'rudim. Irimchi emasmanu? Lekin baribir ko'ngil g'ash bo'larkan. Yaxshilikka yo'yib qo'yaqoldim. Bir amallab kechagi kunni o'tkazdim. Bugun ancha o'zimga kevoldim. Fikirlarim tiniqlashdi. Bugun Gulzodani oldiga borsam rejadagi ishlar tugatiladi. Nima bo'lmasin sevgi mavzusini yopib kelaman. Tomom bo'lding Gulzoda! Bugun yolg'on o'yinlaring tugaydi. Yolg'onlaringni men fosh etaman. Sen shunga loyiqsan! Ey bo'ldi bemani hayollar berilib kettim. Kechegi tushimni tasiridan bo'sa kere. Gulzodaga hech nima dimiman. Bordim. Bilmadim shu qizni nimasi chiroylik. Gapini zo'rg'a chuntiradi. Lekin nimaduri o'ziga tortib turadi. O'zim juda tilamasmanu qizaloqqni oldida ancha yigitligim bilinib turadi.
-SALOM! Qalesiz? deb gap boshlidi.
-Nimekan!? Qanaqa ekan?!
-Nima qildim? Nega jaxliz chiqadi?
-Bu salomini-chi!?
-Assalomu alaykum! .. mm a xmmm! deb erkanlanmoqchi bo'ldi.
-Bo'ldi hadindan oshma!
Hop didi kulgimni keltirib. Shundo qucholab olsamda degan hayol shuv etib ko'zlarimni qamashtirib yubordi. Ko'zimdan niyatimni bilib qoldi. Sekin hayir xosh boshlandi.
- Nima gapiz boridi? xadiksirab.
- Voy nima bo'ldi? kimdur kutvotimi?
- Yo'q oyim kutvotudila.
- Tog'ga ketishdi diganidin ikki soat oldin! Kimmi aldavossan?
Shundan keyin boshini egib ''haligi, haligi'' degancha jim turib qoldi. Mani ishim ko'pidi shunga gapni dangal etib ketishga qaror qildim. Endigina og'iz juftlagandim kechirin dib xo'ngrab yubordi. Undan keyin ovitishni birgina yo'li qoldi. Quchoqlab ovitish.
Davomi bor...


Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Чоршанба, 17-Авг-2011, 13:32
 
ParvinaСана: Чоршанба, 17-Авг-2011, 10:22 | Изох # 83
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
оо Лоад бу бошкачаЮ

Allah büyükdur
 
loloshechkaСана: Чоршанба, 17-Авг-2011, 10:49 | Изох # 84
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
Oxxo daxshatu,hehe.
Davomini gapiring tezro


Baxt-bu qalb hotirjamligidir
 
LoadingСана: Чоршанба, 17-Авг-2011, 11:28 | Изох # 85
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
- Voy yg'loqiyey?! Bo'ldi qil, Atrofdigila mani yeg'latdi dib o'ylashadi.
- Kechirin bilmi nima diganimni bilmi qoldim.
- Bo'ldi bor. Uyinga boraqol xali gaplashamiz. Shu gapimni ichiga ichimdi xamma xoxish istaklarimni jamlab gapirdim shekillik? Boshi mexir oxiri qaxr bilan tugadi.
- Telefon qilasmi?!
- Voy albatta sevgilim nimani hohlasen shuni qilamizde?!
Shundan keyin yuziga quvonch alomatlari o'z suratini maxorat ila chiza boshladi. Man bugun etishim kere bo'gan gapni etomadim. Azgina odam digani qattimro bo'lishi kerak ekan. Xar ko'z yoshini ko'rganda axdimdan qaytursam bunaqada uni xam, o'zimni xam aldab qo'yaman. Shu xayollar bilan xiyobon darvozasiga yetib keldim. Kutilmaganda shoshilinch oxangda Gulzoda man tarafga baqirib shoshib keldi. Atrofga shubxali qarab qo'yaman. Endi u qolib odamladan man xijolat tortib turibman.
- To'xten muncha tez yurasiz? Sizga bitta gapim boridi!
- Bo'l tez-tez gapir shunchha ko'z yosh qimi gappirmasmidin?!
- Nega unaqa qo'polsiz?
- Sanga nima? Man shunaqaman!
Bir payt ko'zlarim sekin ochilib atrofga qaradim. Darvoza zinasida o'tiribman. To'risi kechigi tushim yaxshirog'idi bu xolatimdan. Butulkasi yarimta ko'cha daydisi oldimga kelib asabimga teyishni boshladi.
- Xe-xeq xaa?! O'g'il bola! Shunaqa xozirgi qizlar?
- Kimsan? nima divosan? bor ishini qil. Baklashkeni yeg'.
- xi xiq. voy bitta yuzindan o'pganiga shunaqamisan?
- Nima divossan? qanaqa o'pish? Man bundan battarlari bilan yurganman.
- Xafa bo'ma o'rto. man uylanganimda 1 xafta o'zimga kelomi yurganman. "kuladi yaramas kamiga"
- Yoqol didim! San kimu? man kim? o'rto disan. Birov so'radimi xotinin qanaqa dib?
- Ey jaxliz chiqmasin birat. madaniyani saqlilik?
- Madaniyat xaqida gapirma. Butun badanindan Madaniyat isi uffurib turibti. Tez yoqolmasen suvga oqizvoraman madaniyatini.
To'xta nimaga u katadi man ketishhim kere. Gulzoda qiz qilar ishni qilib qo'yib qayolaga qochib kettikin. U bunaqa qiladigan qizmasidiku? Maylin dugonasidan so'rimizde. Telefonimga bir qarab qo'ydim. WOW choza?! 5ta uydan, 13 ta Gulzodadan, 3ta vizov Axrordan. Ey borlarine uyimga boraman nega bunaqa ko'p telefon qilishibti? Telifonimni cho'ntegimga solib ulgurmi qo'ng'iroq bo'ldi. Qarasam "Gulzoda vizivayet" dib yozib qo'yibti. Menga xam juda keregidide? ko'tardim. Alo...


Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Чоршанба, 17-Авг-2011, 13:12
 
SakinaСана: Чоршанба, 17-Авг-2011, 12:50 | Изох # 86
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
nima gaplari bor ekan? etaqolsinlar... cool

 
LoadingСана: Пайшанба, 18-Авг-2011, 13:51 | Изох # 87
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
- Alo eshitaman?
- ...
- O'yin qivosanmi? Qattasan hozir!?
- ...
- Hm! Bo'ldi ko'rdim. Hozir bori.
Gulzoda mani esh mashinam oldida kutib turgan ekan. Nega uyiga ketmabti? Nimani kutvoti? Negadur bu voqialar oldinham sodir bo'lgandek tuyilaverdi. Unga sir boy bermaslik uchun o'zimni hechnima bo'magandek ko'rsatdim. Gulzoda tinmi kechirim so'ridi. Ayibdor yaxshimas aqilli hushli bolani parkni o'rtasida o'pib olish. Hijolat ustiga battar hijolat bo'ladi. Yana boshqatdan xayirlashib ketib qoldim. Bechora qiz cho'chib qoldi. Endi telifonimga bardosh, kuchli batareka tiliman. Rington qo'yishga qiziqmiman. Shu sababdan ohirgi 15 daqiqa ichida nokia kampaniyasini portillab ketishini chin dildan hohlab qoldim. Taxminan yigirma birinchi jiringlashda ovozsiz rejimga qo'ydim. Voy qiz bola diganiyam shunaqa xira pashsha bo'ladimi a? Asab buzarlik ketidan yo'ldagi tirbandiliklar dart ustiga chippon bo'ldi.
Telefoni shartta ko'tarib baqirishni boshladim.
- Manga qara qivurma telefon! Kechirdim didimku namuncha xirasan!?
- Hop qani o'zizni bosvolin o'g'lim. Hammamizni Alloh kechirsin. Shuncha xiraligizni ko'targanmiz. Siz telefonizni ko'toromi qoldizmi?! Qachon kirasan uyga?
Muzde bo'ldim. Uydan oyim telefon qivotganaklar. Negadur omadsiz kun bo'votti? Oyim bilan gaplashib bo'lib Gulzoda telefon qildim. Telefonda bo'sayam hamma gapni etishga qaror qildim. Cho'ntegimga xar balola borakan. Tarpdetkaga qo'ydim.
- Alo qattasiz?
- Nima? Nima disiz? Qaytarvorin.
- Qattasan divoman nima eshitmadimmi?
- Yo'q eshitvomman. Sizlaganizga etvoman.
- Tomin ketkanmi? Man sani nimeni sizliman?
- Lekin sizladiz!
- Asabim buzulib turibti. Ko'p garvossan! Man sani hich qachon hafa qimiman. Ey sizlamiman.
- Nima bo'voti sizga nega unaqa o'zgarib qoldiz?
- Jim turib eshit. Bugungi ko'rsatgan xunaringa... Bo'pti keyin gaplashamiz. Nime unaqa qiganini chuntirishga urinib ko'r. Kech kecha vaqtin ko'p. Kechirin diganin boshqa.
- Xop!
Ovozida mayuslik bor edi.

Добавлено (18-Авг-2011, 12:51)
---------------------------------------------
Ufff to'ba qildim latta chaynar bo'b qomman! Qiyinmi ikki og'iz gapni gapirish?! O'zimga hayronman. Uyga kirdim. Oyimla naqt tergovchiga aylanib kutib turibtila. Hoynahoy salomim aliksiz qosa keregov? Yo'q oyimla indamadila. Faqat qiz tomon rozi endi boshqa yo'ling yo'q dedilar. Tamom! Agar kechigi tushimga yo'yadigan bo'sam bu holat uyg'ongan joyimga to'ri kesa kerak? Shuni o'ylab jilmayib qo'ydim. Kulishning iloji yo'q aniqki kesatuvlar yomg'irida qolib ketaman.
- Nima ovqat oyi? Qornim och.
- Osh. Suzimi hali issiq?
- Achichusi bilan bo'sin ona?!
- Ey tezro uylansen har nima yisan. Sanlani ketindan yugurib charchadim. Ertaga shu masalani hal qil.
- Bugun hal qilib beraman onajon! Choy quybersez bo'ldi.
- Qizni ko'ndirsen bo'ldi bir oyga qoldirmi to'y qilamiz.
Shundan keyin bir nima baxona bilan Gulzodani ko'chaga chaqirdim. Maxallasida mani kuyov disharkan. Gulzodani chaqirdim bir og'iz gap gapirmi qizil qutichada uzuk. Bir karobka shokolad. Bir buket gulni berib rozi bo'sen sms yoz dib qochib kettim. Uyga qanchada keldim kimga nima didim bilmiman. Besh yoshli jiyanim yuzimga urib, uylanasmi diganida uyg'onib kettim. Gum bosgan boshimda bitta savol rozi bo'ganmikin? Agar rozi bo'masa bir oy dachada ishliman. Deb o'yladim. Oyim chaqirvottila.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Душанба, 22-Авг-2011, 15:01 | Изох # 88
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Xexe omad tiliman))

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
ZuxraxonСана: Душанба, 22-Авг-2011, 15:15 | Изох # 89
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
Omad ijodizga))

 
DarkСана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 17:34 | Изох # 90
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
kundakoya... (kundalik+hikoya...)

Assalomu alekum forumdoshlar... bugungi kunimmi Chivin va detektiv deb nomladim... buni uzila uqib tuwinib olasizlar digan umiddaman!…

-Har kungi odatdagidek ishga kech qolmaslik uchun vohliroq aniqrog`i 7.30 da ko`zimi bittasini sekiiin ochdim…
-Qarasam yana o`sha potolok -uffff, narmalni odammi yostig`i boshida bosa mani oyogimi tegiga utib ketibdi…(toba toba)
-qayerdadur budilnik jiringlayapti… boltam bosa CHOOpib tashardim shu budilnikni… Umuman turgim kemayobdi… Ey hudo turmasam bomidi dib (ahir bola-chaqa bor, ruzg`or diganlaridek, hazil  ) zo`````````rg`alabdan hammomgacha to`rt oyoqlabö sudralib, devorlarga urulib borib oldim.
-Rakvinaga osilib urnimdan turib, ikki ko`zimi majburlab ochib oynaga qarasam, yuzlarim anu pistachio kampirri yuziga o`xshab ketibdi (uxx…), kecha urushdan qaytgandek ko`zlarimi tegi ko`karib, gullab ketibdi…
-Hullas, do`kongachom borib oldim. Dukonda uyqu ham ochildi… Tozzalikka juda jiddiy qaragimchun oldin hammayuni artib changlardan tozaladim. Ko`chaga bir reklamami (V ni teskarisi shaklidagi reklama) olib chiqib qo`ydim. Uni ham yaaaaxshilab tozalab, tufu-tufu dib artib tashladim.
-Do`konga kirib, kompyuterni yoqib, biroz ishni boshlagandek bo`ldim. Birdan ko`chaga do`kon eshigi yoniga chiqib biroz turgim keldi. Shunday ham qildim… har kungi o`tidigan qizla bugun yo`… ko`chala bo`m bo`sh… (bog`dodda hammayu tinch…)
-Atrofga anqayiiiib turgandim, birdan ko`zim erta bilan olib chiqib qo`ygan reklomimga ko`zim tushdi. Ko`rdimuu… Voy…!!!
-Ko`rdimu lekin tushunmadim… Bir qizil nuqtadan kattaroq bir dog` paydo bob qolibdi… Yaqinroq borib qarasam bir kaaaaaaaaaatta chivin o`lib yotibdi… Yana yonlari shundo qon bo`lib yotibdi… Ichkariga kirdim-u, hayol usha yerda, torirog`i chivinda! Man biroz oldin artib tozalab qo`ygan reklamam ustiga kim chivin o`ldiribdi…
-Keyin detektiv hislatlarim borligi esimga tushib qoldi (uzimdan faxrlanib uyoq-buyoqqa qarab qo`ydim, huddi manga birov qarab turgandek…). Darrov chivin haqda protokol yozdim. Hullas voqea shunday bo`lgan ekan:
-Hullas (bazida shu “hullas”danam juda zerikib ketamande….) Hullas u vafot etgan chivin haqda ma’lumot to`pladim. Jinsi erke (qayerdan bilganimi surame quyvurila!  ) U juda shustri, rezki i razborshik, babni chivinladan bo`ganakan (razborri boshlab qo`yib survorarakan…)…
-Har kungidek azoooooonlab ko`chaga yugurgani chiqib (sportsmen)… Yelkasida sochiq, tili osilib, hansillab yugurayotgan ekan, birdan yo`lda bir takkkoy, chiiiroooyli modniy qizchivinga ko`zi tushibdi… Tushibdi-yuu yuredan darrov urib qolibdi…
-Huddi yer quyosh sistemasidagi o`z o`qidan chiqib ketgande, yuragi o`z o`qi atrofidan chiqib ketib shu qizchivin atrofida aylana boshlabdi… Hullas yana o`sha LOVE story… umid bilan never say never dib… Nima bo`lsa ham shu qiz maniki bo`ladi dib, yoniga borib, gap otishshi boshladi… (sardor rahimxonga uxwab… =))
-Bola: Yaxshi qiz qanneysiz???! (qoshlarini uchirib)…
-Qiz: Rahmat! Yaxshiman! (hayron…)
-Bola: Mani tanismi?!
-Qiz: Yo`q…
-Bola: Nega bomasa ismimmi suramayobsiz?! (kulib…)
-Qiz: tanimagan chivinni otini nima qilaman surab?! (qoshlarini jiyirib, lablarini chuchcheytirib)
-Bola: Iye shustri qizladanakansizu a?! A bu ertalabdan kimmi kutvos? (chivinimiz babnide)…
-Qiz: Dugonammi… Nimedi?!
-Bola: Billa kutishvoremi? (yuzlarini sochu bilan artib)…
-Qiz: Esiz joyidami?! Yo`lizdan qomen, maslahatim tezroq ketin… debdi (burnini jiyrib)
-Bola: Vaaayvvuuuu… o`-o`-o` qizaloq 7chi osmondan saaaal niskat’ qilin (qitmircha kulib…)… mande mujila mujigi sizga gap otsam, siz yoO devosmi?! Ko`ziz ko`r bo`ladi atak… (uzini kota olib)… Boru lyuboyiga po lyubomu yediraman chaqirin ishonganizzi…
-Qizchivin bosh kemasdan darrov qanoti tegidigi chunchegidan telli olib, 555-55-55ga tel qilibdi: “oka botta bittasi yo`lini yo`qotib qo`yibdi, shunga yo`lini tofib berila”, -deganakan, okalariyam juda yaqin yerdekan 5 daqiqada g`iiiiir etib yetib kelishdi…
-Bizzi shustri chivin yelkasidagi sochuni uynab, qizga chaynalib, bir nimalar dib turganakan, yoniga 4ta prado RANGER ROVER kelib tuxtab, ichidan oooookkala tushib kelishibdi… buni ko`rgan chivin orqasiga qaramasdan qooooochvoribdi… okkala rossa quvlashibdi…
- 1 soat quvlab yetishomayobdikande…. (Voqeadan biroz oldin mani dukonim oldidan yugurib utganakan, bizzi chivin… chivin yugurgan paytda hali dukon ochilmagan va reklom qo`yilmagan edi) shu yo`l bilan aldab survoraman dib shuuuundo burilib dukonni oldidagi reklommi (man uje quyib quygandim) kurib qiiiiiiiiiiiiiiiiiiyq etib tuxtamoqchi bob ruchnoyyi tortganakan, tuxtomabdi… DAAAAAAAB etib urilib…
-biiiitta qanot ishdan chiqqan, qo`lla qirilgaaaaaaan… o`lganni ustiga tepgan qib, okkalayam yetivolib, shuncha yugurtirdin makaron dib tepib, futbol qib tashashibdi…
-ko`zlari ishib, ko`karib, qanotlari singaaaaaaaaan, hammayo`q qon… majjo bo`b yotibdi… (bechara babnik…)…
-Hullas bo`lgan voqea shulardan iborat bo`gan… dib protokolli yakunladim…
-Bu ish bilan band bob kelgan mijozlarga etibor bermabman…
-Voy kelila, uzur biroz uyqusrab hayolga berilib qolimman, - dib ishni boshlavoldim…
-Ha… yana bugun man yaxshi ko'rgan yana bir insonimni tug'ulgan kuni edi... Bugun tug'ulgan kunini nishonlayabdi afsus mani uni o'z nomimdan tabriklolmayman :((
-Lekin unga uzoq umr va bahtli kelajak tilayman!!!

-U baribir number one bo'lib qolaveradi man uchun:))

-Kun o'rtacha o'tdi xech kimdan xafa emasman va xafa qilmadim!
-Bugun bazi Forumdagi "dustla" bilan gaplashib oldim... Ukollar tugagani yo'q edi shuni xam "qabul" qildim...

-Xozir interNETdan chiqib ketishim kere shundo chiqaman va uyga borib uxliman :))

-To'g'risi bugun xam ertaga xam mazza qilib uxlashni xoxlayabman... juda xam ko'p vaqtim odamlar bilan muloqotda o'tyabdi bu esa yomon xam odamni toliqtiradigan ishlardan xisoblanadi yoki mangagina shunaqa...
-Bazilarga qarab kulib gapiraman, bazilarga xo'mmirayaman, bazilarga umuman qovog'imni ochmayman:)) odamlarni o'z nazoratimda ushlab turushni va fikrini alkash-chalkash qilib tashlashni yoqtiraman:))

-Eng qizig'i odamzoddan zerikib ketmaganim:))

-Xayrli tun sanga xam forumjon yana bir oylada kirib qolaman:)) ish qilib o'shanda loginim yana allambalo bo'lmasindeeeeeeee:))

ps: grammatik hatolar uchun posle pojar bosayam uzur! smile


 
komol_76Сана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 15:16 | Изох # 91
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
ХУРМАТЛИ ФОРУМДОШЛАР. баъзида шеър ёзиб турадиган одатим бор. лекин ҳикоя ёзишга уринмаган эдим. қуйида Сизга ҳавола этилаётган ҳикоя-эртак бундан чамаси 6-7 йиллар аввал ёзилган бўлиб ҳаётий воқеаларни мажозий образлар орқали ифодаланган. Ўқиб кўриб, ўз изоҳларингизни ва фикрларингизни билдирасиз деган умиддаман.
самимият билан,
Камолиддин Салимов

Қадим замонда, олис томонда иккита биродар яшаган экан. Улардан бирининг исми Қуёш, иккинчисиники Ер экан. Улар шунақаям ахил эканки, орасидан қил ўтмайдиган дўст экан. Хар куни иккала ўртоқ далага чиқиб пода боқишар, тушлик пайтида белбоғдаги нонни олиб ариқдаги сувда оқизиб, тенг иккига бўлиб ейишар экан. Қуёш баланд бўйли, сочлари олтинранг, гап-сўзлари дадил, ўктам йигит экан. Ер ҳам бўй – бастда ундан қолишмас, сочлари қора, ўзи оҳир-босиқ, меҳнаткаш, содда экан.
Уларнинг қишлоғида Ой деган гузал яшаган эканки, уни бир кўрган ҳар қандай киши маҳлиё бўлиб қоларкан. Юзлари ариқ сувидай тиниқ, кўзлари оҳу, сочлари мажнунтол ҳавас қилгудай ҳурлиқо экан.
Тақдирни қарангки, ҳар иккала йигит ҳам Ойнинг ҳусни жамоли олдида ожизу беқарор, ошиқу бедаво эканлар. Бир куни Қуёш Ерга ёрилибди:
- Нима дейсан, дўстим, Ойга кўнглимни ёрсам, унга муҳаббатимни изҳор қилсам, қандоқ бўларкина?
- Жуда зўр бўлади, дебди Ер (ичида оғир хўрсинаркан, муҳаббатидан воз кечишга аҳд қилибди), – ахир сендан ортиқ йигитни қаерданам топсин.
Қуёш даладаги гулларнинг энг сараларини териб чиройли гулдаста ясабди ва Ойнинг қошига чопибди. Унинг олдига бориб дебди:
-Оҳ олам гўзалларининг сарвари, парилар мулкининг султони, қалдирғоч қошлигим, хумор кўзлигим, мен бир савдойи ошиқман, сени бутун борлиғим билан севаман. Рози бўлсанг совчи юборай, бирга бахтли хаёт кечирсак, -дебди.
Бу гапларни эшитган Ой, уятдан қизарибди, юзлари лов-лов ёнибди, сўнг оҳиста гап бошлабди:
- Нақадар чиройли гапирасан, барно йигит. Сен ҳеч ҳам савдойиман деб ўзингни камситма, не-не сулувлар сенинг бир қарашингга зор. Мен ҳам сени бутун борлиғим билан яхши кўраман. Фақат сенга турмушга чиқолмайман, мени кечир.
- Гапларингга тушунмадим Ой, бу қандоқ бўлди, мени яхши кўрасан, лекин менга турмушга чиқолмайсан, - хайрон бўлибди Қуёш.
- Ҳа, шундай. Мен сени акамдай яхши кўраман, чунки менинг бор муҳаббатим бир кишига, сенинг дўстинг Ерга аталган,- дебди Ой.
Бу сўзларни эшитиб, Қуёш эсанкираб қолибди, нима қиларини билмай боши қотибди. Бир томондан муҳаббати рад этилганидан дили ранжиса, иккинчи томондан Ой унинг дўстига насиб этишини эшитиб хурсанд бўлибди. Қизнинг олдидан чиқибдию, отига миниб ҳаё-ҳуйт деб боши оққан томонга кетибди.
Энди гапни Ердан эшитинг. Далада най чалиб, пода боқиб юрган Ер қараса у томонга Ой келаяпти. У ўрнидан туриб, қизнинг қошига пешвоз чиқибди:
- Ие, ие, келинг синглим, қайси шамоллар учирди. Бу даладаги майсалар кўркам, гуллар қарсак чалиб, қушлар қўшиқ айтиб, шамоллар рақс тушяпти десам, Сиз келаётган экансизда а, - дебди табассум билан.
- Манимача бироз муболаға ишлатдингиз, дебди Ой, ерга боқиб. – Мен сизнинг куйингиздан маст бўлган дарахтлар тебраниб, булбуллар жимиб турибди деб келаяпман.
- Тасаввур қилинга, ҳурлар париси, парилар ҳури, оддий чўпоннинг олдига ўзи келса, кулибди Ер.
- нафақат ўзи келди, балки муҳаббати билан келди, қалби билан келди, - давом эттирибди Ой, кечқурун мен Сизни сой бўйидаги тош олдида кутаман, Сизга айтадиган гапларим бор, жилмайибди Ой ва келган йўлига қайтибди.
Қуёш билан Ой ўртасида бўлиб ўтган суҳбатдан бехабар бечора Ер, дўстига ёрдам қилмоқчи бўлибди, қоғоз билан қалам олиб ўзи бориши лозим бўлган ерга Қуёшни чорлаб Ой номидан нома ёзибди.
Оқшом чоғи номани олган Қуёш лов-лов ёниб висолга учибди, сув бўйида Ойни кутибди. Ой эса сой бўйига яқинлашгач белгиланган жойда Қуёшни кўрибди ва изига қайтибди. Уйига борибдию, Ерга узр сўраб нома йўллабди, учрашувни эртасига қолдирибди. Ер эса яна Қуёшга нома йўллабди. Кечаги холат такрорланаверибди, такрорланверибди. Қуёш Ойнинг, Ой Ернинг ишқида ёнибди, Ер бечора эса уларни бирлаштираман деб интилаверибди.
Буларнинг ҳолатини кўриб турган Тангрининг жаҳли чиқибди ва уччаласини бир-биридан узоқ қилиб ажратибди.

Шундан бери Қуёш билан Ер ҳануз ўртоқ, бироқ фақат кундузи кўришар, узаро учрашувдан Ер баҳра олар, гул-гул яшнар экан. Қуёш ойни эслаб хафа бўлган кунлари юзига харир тортиб йиғларкан ва кўз ёшлари Ерга тушаркан. Қуёш Ой ишқида ёниб ўзини унутган кунлари Ерга меҳр бермас, фақатгина совуқ тикилиб тураркан. Ой эса Ерга йўлдош, Қуёшга кўринмаслик учун унинг йўқлигида келаркан. Ерга бор меҳрини бериш учун атрофига саноқсиз кўз ёш дурлари – юлдузларини бошлаб келаркан. Ерга етишмаслигидан хафа бўлиб йиғлайверганидан юзига гард тушган экан. Шу сабабли уялиб юзининг гоҳ у ярмини, гоҳ бу ярмини, хурсанд чоғида тулиқ кўрсатаркан. Гоҳида хафа бўлиб 2-3 кун умуман кўринмай қоларкан.
Фақат айрим кунлари ой билан Қуёш бир зумгина тўқнашар, шунда ҳам Ой Ернинг ортига беркиниб, унинг соясида қочиб қоларкан.


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 16:42 | Изох # 92
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hm. Dark kundaligiga yozganini o'qib kuldim. Chivinni erke urg'ochisini farqiga borarkanla.
Komol 76 yozganizga gap yo'q. Juda zo'r o'xshatish. Qoil qoldim. Perfect


Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Душанба, 29-Авг-2011, 18:46 | Изох # 93
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
“O`zim tilab olgan baxt ”

Nega man qatori qizlar erta tegib, farzandli bo`lishga ulgurishdi. Man ham qizlarga xos go`zalligim, nozim, tabiatim bor lekin baxtim yo`q! Manga havas qilganlar manga yoqmagan edi shu jazo bo`lsa kerak.
Xullas nima qilarimni bilmasdan dugonamni gapiga kirib, folbin ayolga baxtimni ochish uchun bordim. Chunki qo`ni-qo`shnilar san chiroylisan, sanga ko`z tekkan yo birontasi baxtingni qulflab qo`ygan bo`lishi mumkin deyishdi. Folbinga borsak haqiqatan ham baxtim yopiqligi va ancha pul kerakgini aytdi. Xayron qoldim barcha aytgan gaplar qiziq tuyuldi, chunki man bilan bog`liq bo`lmagan voqaelar folga chiqdi. Mayli ertaga kelarmiz deb, ketib qoldik.
Dugonam bu folbin bo`lmaydi, kel yoshrog`iga boramiz bular bitta gapni yodlab olgan hamma aytadi dedi. Shanba kuni 20 yoshga to`lgan, xudoni ishi bilan folbin bo`lmagan ammo uyqusidan arab tilini biladigan bo`lib uyg`ongan. Astasta qo`ni qo`shnilarni fol ko`ra boshlagan. Hozirda baxt ochishu yopishlarga usta bo`lib ketgan qizni taniyman yur o`shanga boramiz deb olib ketdi. Xullas nima keldingiz deb savol berganida. O`zimni boshqacha his qildim, o`ziga tortdi mani, xonasidagi shamlar, har xil diniy kitoblar, mani o`ziga rom qildi shekilli. Tilim aylanmay qoldi. Dugonam “Baxtini ochdirgani keldik” deb asta pichirladi. U esa savollar bera boshladi. Go`yo mani biladigan va taniydigan dek tuyuldi. Aslida esa biza begonalarmiz. Uyiga ancha qatnadim avvaliga avliyoga ziyoratga borishni maslahat berdi keyin tong saharda boring eshikka osilgan qulfni ochishingiz kerak deb yubordi. Xullas yetti marta avliyoga bordim. Duo o`qiydigan mullaga man ertalab kelib, eshik ochay zora baxtim ochilsa deganimda, mani urushib berdi, qizim bunaqa ishlarni sizga kim aytdi nima har bir tug`ulib o`sgan qizni baxti shu qulfni qo`lida bo`lsa, avliyoni ostonasi tillodan bo`lar ediku, siz duo qiling deb mani haydadi. Nima qilarimni bilmay yana qizni uyiga bordim. Ammo lom-lim demadim. Yana biron yo`li bormi? Desam mushkul kusho qiling, ham uyingizga fayz keladi dedi. Darrov kerakli narsalarni olib kelib berdim, uch haftada o`qib berdi, qo`ni-qo`shni, bir ikkita beva ayollarni chaqirib maraka qildik. Ish bermadi. 3 oy o`tdi. Yana uyiga bordim voy hali turmush qurmadingizmi? Baxtingiz ochchiqku yo yana bola tanlayapsizmi? Desa yo`q hech kim chiqmadi deb aytdim. Mayli unda rasmingizni va kiyadigan kiyimingizni olib keling uni ham o`qib beraman, sizga bu kerak dedi. O`qidi ancha kiyib yurdim shu axvol. Endi u qizni o`zi dugonamdan so`rab bilib, olibti turmushga chiqdimi yo`qmi deb, xullas nima bo`ldi bilmadimu onasi bizanikiga sovchilikka kelishdi. Mani okasiga olib berishmoqchi ekan! Lekin man hali rozilik bermadim, chunki baxtimni o`zim so`rab olgandek man! O`zimni hech ham kechira olmayapman, nima qilishni bilayman, yashashni qizig`I qolmadi.
“Mani baxtim ochilmadi, man uni so`rab oldim” degan o`y-xayol tinch qo`ymayapti…


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Душанба, 29-Авг-2011, 19:00
 
LoadingСана: Душанба, 29-Авг-2011, 20:59 | Изох # 94
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
No comen

Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 05:21 | Изох # 95
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
komol_76 juda ta'sirli hikoya. Ochig'i ko'z yoshimni tiyolmadim. Ta'rifu tavsif maromiga yetkazilgan hikoya. Quyosh, Oy, Yer... Rahmat.
 
DilnozaСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 13:53 | Изох # 96
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Dark sizniki qanchalik kuldirsa, Kamol_76 xomush qilar ekan. Gap yòq omad.)

Добавлено (30-Авг-2011, 12:53)
---------------------------------------------
Bir hikoya boshlagandim shu yerda. Bir qiz xaqda xayotiy edi. U b.n uzoq bòlmasada samimiy dugona edik. Hikoyada uni butun xayotidan kechirganlarini yoritmoqchi edim. Biron kun kòrib qolsa aytib bòmaydida yer aylanib kòzi tushsa uni xayoti xaqida yozganimni tushunadi. Shu uchun xam xikoyani davomlashni xoxlamadim.


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Якшанба, 11-Сен-2011, 01:01 | Изох # 97
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Xaqiqatdan kelgan xat.
Salom mening sevgilim. Men Iskandarman. Seni juda sog'indim. Mana ayriliq tushganiga 1yil-u 4 kun bo'ldi. Bu vaqt orasida juda ko'p narsani yoqotdim. Onamni bundan 4 oy oldin farzand bo'lib oxirgi safariga kuzatolmadim. Otam esa suyukli ayolini yoqotib qo'yganida meni ayibladi. Aytishlaricha otam past ovozda "OQ Qildim" deganmush. Bu xabardan keyin xonadoshlarim meni ajratib qo'yishdi, yolg'iz qoldim. Inson chidayverarkan. Bu xatni yozishimdan maqsad triklar orasida faqat sen men uchun borsan qolganlar endi men uchun yo'q. Ular uchun men xam yo'qman extimol? 1yil-u 4kun. Raqamlarga etibor ber, o'tkan yili aynan shu kuni biz ilk bor uchrashishimiz kerak edi. 14-Fevral kuni. Xayotimdagi eng Yorqin va Qora kun bo'lib xotiramda qoldi. Sevgi izxori uchun seni kutar ekanman bir notanish qiz mendan xiyobondagi bir kafeni so'rab murojat qildi. Kutilmaganda bir yigit kelib nimadurlar deb so'kina boshladi. Alloh o'zi kechirisin usha yigit ko'zlari ko'z oldimda turibti. Rashq va sevgidan o'zga xech narsa yo'q edi uning ko'zlarida. Qanday qilib urib qo'ydim? O'zimni boshqorolmay qoldim. Endi menga keraksan. Bugun qaytaman. Iltimos faqat san mandan yuz o'girmagin. Menda nima ayb? Bu kutilmaganda bo'ldi. Qastdan odam o'ldirganim yo'qku? Shunchaki man sababchi bo'lib qoldim. Jinnoyi ishni qayta ko'rib chiqishti. Meni prezident kechirdi. Bu ishonchni oqlay olaman. Xatimni olishing bilan usha uchrashuv joyimizga kel. Sog'indim.
. . . . . .
Ba xatni qizning onasi olgandi. Tinch oilani buzgusi kelmasdi ammo? Birovning gapi birovga omonat. Qiz esa alla qachon erga tegib bo'lgandi. Bu xatni o'qib bo'lgach xonada o'ynoqilab o'tirgan o'gliga qaradi va shunday deb pichirlab qo'ydi. " Iskandarim bu xatni egasi Dadang bo'lishi mumkin edi"


Faqat 3 ta shart!
 
DarkСана: Сешанба, 13-Сен-2011, 21:04 | Изох # 98
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Qizlar uchun bir ibratli hokoya… Bu hikoya shunday bir qiz haqidagi hikoyaki uning otasi qabila boshligi, qabiladigi barcha odamlar uning amridadir… bir rahbar alloma otaning qizi…
onasi esa juda aqlli… oqila, hayotni yaxwi bilgan islom onasidir… u boshliqning rahbarning hotini… yaxshi bir oiladan chiqqan ona…
bu qiz wunday bir oila qiziki, boylik, maqom, shuxrat, rutba, mavqe ularda bor… siz hozir ona tomondan qiziga berilgan o`ng o`gitning hikoyasini o`qisiz…
yozish mandan ibrat sizdan… mashxur hikoyaga kora, holisning qizi Asmo kelin bolib kuyov uyiga, hojasini uyiga ketadigan kun onasi Umoma tomonidan unga wunde nasihat berilgan…
bolajonim sevikli qizim…
mani yaxwilab tingla! Nasihat har kimga lozimdir, o`git hammaga zarurdir, nasihat bilmaganga o`rgatadi, bilganning esiga ssoladi… din nasixat bn tik turadi… nasihat tinglaganlar dinni juda yaxwi urganadilar… nasihat tinglab yurganlar dunyoda masrud va bahtiyor bolurlar… sevikli qizim, agar bir qiz ota va ona kambagalligi uchun ERGA berilishi kerak bolsaydi, san hech zamon uzatilmagan bolarding… CHUNKI otang juda badavlat, shuxrat, maqom sohibidir… san shunday bir odam qizisan… lekin hayot boshqachadir… Alloh bizlarni yaratgan va biz uchun hayot qonunlari berilgan… har bir yoshdagi inson Alloh bergan qonunlar chegarasida hayotini o`tkazadi… Alloh bergan qonunga kora, hayotga qadam qoygan har bir qiz bir hojaga, har bir hoja biz qizga muhtoj boladi… hotinlar er uchun, erkaklar hotin uchun yaratilgandirlar… yani bir hotin bir erkak bilan, bir erkak esa bir hotin bn dust, mahbub va mahbuba bolib oila qurmoqlikka muhtoj shaklda yaratilgandir… bu Alloh qonunidir!bu qonunni hech kim buza olmaydi… bu qiyomatga qadar davom etadi… shu sababli san qizim tugulib osgan va voyaga yetgan uyindan, yayrab yashnab, oynab yurgan uyindan chiqib, using bilmaaydigan notanish bir uyga boras an… shunga qadar uzing yaxwi bilmaydigan inson uyiga, uz uying boladigan uyga boras an… ey mani jigarporam, suyukli qizim… kuzimni nuri, bolajonim… sanga shularni aytaman… san ul zotga yani eringa wunday xizmat qilki… u ham sanga qul bolsin, san unga yer bolki, u sanga osmon bolsin… san hojang, eringa bir uy bo`l… ul sanga ustun bolsin… suyukli qizim endi san mani diqqat bilan tingla… sanga bazibir mezonlarni aytb utaman… ularga yaxwi etibor bergin… hech ular yodindan kutarilmasin… ulardan vaqti kelganda foydalanasan… bu aytganlarimga amal qilsang, ering bilan guzal hayot kechirasizlar…masrud, baxtli va saodatli bolasizlar… bizlar ham har ikki oila, bizning ham eringning oilasi ham huzur halovatda baxtiyor bolamiz… aks holda yani aytganlarimga amal qilmasang, ikkala oilada ham huzur halovat bolmaydi… san using bir jaxannamda yawaganday bolas an… qizim endi sanga aytadigan 10 ugitimga quloq sol… bularni doimo yodingda tut!
1. Qanoat sohibasi bo`l… o`z holinga shukur qil! Yani erin uyga nimaiki olib kelsa, u hoh yeydigan, hoh kiyadigan narsa bolsin hushfellik bilan, gozal odob bn qabul qilib ol! Eringa tawakkur aytib hushnudlik korsat… zero baxtli kechirmoqni bir yoli – o`z holiga shukur etmoqlikdir… holiga wukur etmagan, o`z nafsini tiymagan kishida kungil huzuri, qalb rohati bolmaydi…
2. Eringa itoat qil! Qil digan ishlarini qil! Qilma diganini qilma! Yani erring bilan suhbatlashganda, muloqotda bolganda itoatli bolishingni, uning sozlarini odob bilan tinglab ado etishingni, sening so`zlashib, quloq solashindan tuwunib oladigan bolsin… wunda Alloh taoloh sandan hushnud, uyinga saodat nuridan porloq boladi…
3. Eringni kozi tuwadigan joylarga yaxwi etibor ber… yani uyning ichini, tashqarisini nihoyatda tozzzza tut… wunday qilki, hojangning ko`ziga bir chirkin yeri korinmasin…
4. Ustboshingni toza tut! ering faqat hushbo`yni sezsin… dimogiga yomon hid kelmasin! Chunki yomon hidlar ering koz o`ngida sani obruini tuwiradi… sandan irganishiga sabab boladi… wuni bilgingi tozalik va zariflik eng yaxwi narsalardir… inson koziga hush kurinishlik shular bilandir…
5. Ovqatni vaqtida tayyorla! Yani ovqatlanish vaqtini hech qahcon kechiktirma! ering qachon ovqatlanishga odatlangan bolsa, uwa paytda ovqatlarni tayyorlagin! U kelishi bilan darrov dasturxon sol! Wuni bilgingi ochlik insonni tez jaxlini chiqaradi…
6. Uyqu paytini, uygonish paytini yaxwilab bilib ol! Yani uning qachon uyquga yotiw payti bolsa uning urnini tayyorlab quy! Zero uyqusizlik insonni hafaxon qiladi… asablari buzuq hafaxon - odamlarning extirosi, muhabbatini sekin sekin sundiradi…
7. Hojangni moli va ashyosiga juda etiborli bol! Yani hojangni mol dunyosini yaxwi saqla! Ashyolarini saqla, muhofaza qilgin! Chunki erning moldunyosi sanikidir… eerining moldunyosini isrof etmaslik, ish bilish va qadriga yetish demakdir…
8. Eringni qarindoshi va yaqinlariga hurmat korsat! Yani hojangni qarindoshlari va yaqinlariga hurmat hojangni etiborini qozonmoq demakdir… ularni hurmat qilish, hojani hurmat qilish demakdir. Bu esa QADR va ETIBOR qozonish demakdir…
9. Eringni sirini boshqalarga aytma! Yani eringni bazi sirlarini bilgan paytlarinda ehtiyot bol! Uni saqla, birovlarga aytib yurmA! Agar aytib quysang, uning gazabini keltirasan… ishonchini yuqotasan… unda tuzayotgan oilangiz buziladi…
10. Eringni dinga tugri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Yani hojangni dinga uygun bolgan buyruqlarini bajarishda tanbal bolma! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz harakat bolmasin! Agar wunday harakat qilsang, sanga kin saqlab oxiri duwman boladi… u sanga dushmanlik yolini tutsa, kop zarar korasan va qulindan hechnima kelmidi! Wuni bilib olgingi hojaang hafa bolganda san nash’ali hursand bolishdan, u hursand bolganda san hafa kurinishdan juda ehtiyot bol! Chunki uni hafa bolganida sani hursand korinishing, uning quvonchli bolgan vaqtlarida san gamgin bolishin unga hamdart bolishin kabi bir qusrni ortaga tuwiradi… bu esa faxmsiz va tarbiyasiz odamlarga mos ishdir… san esa bu kabi yuksak bir tarbiya kurgan aqlli va oqila hotinlarga munosib emas! Bolajonim eringa qanchalar kop sevgi va hurmat korsatsang, uzing wunchali hurmat va muhabbatga erishasan…. Aytganlarini qanday bajarsang, sozlarini tinglasang, shu darajada muhabbat va hurmatga sazovor bolas an… wuni yaxwi bilgingi wu ogitlarimi keraklichali amal qilib, uzingni shaxsiy istak va orzularinga erishish uchun erring ham oz istaklariga erishishi kerakdir… ering,hojangni istak orzularini o`z orzu istaklaring db bilsang u xolda ugitlarimga amal qilgan bolasan!
Izox va o`git!
Ey oila uyasida jannat hayotida yashashni istagan honim, qardoshar va kelinchaklar… bu ugitlarni yani qiziga uqtirgan islom diniga mansub ona, ushbu mezonlarni hayoti davomida tajribadan utkazgan va ushbu qoidalar bilan oila uyasini jannat makoon boliwini qiziga tuwuntirgan… oila, shirin turmish qurish va uni chiroyli idora etish uchun har bir oqila honimga va turmuwga chiqguvchi aqlli qizga ushbu ugitlar suv va havodek zarurdir…
Bir kuni bir dukonda utirgandim… wu dukonga bir yosh odam keldi… dukonda shunday gap boldi… “ajab hotinini sevmadi, hotini yosh edi… pokiza gozal edi, uundan gozalini bilmayman”… ul yosh odam gapga qushildi…
-ota man nima uchun undan qutildim? Yuzi gozal, uzi guzal ammo hotinligi yoq edi… peli yomon edi, tongda uydan chiqib ketar edim… oqshomda uyga qaytib kelganimda, uy tongda qanday bolsa shunday turardi… avf eting… yotoq xonam ham ertalab qanday bolsa wunday turardi… yigit yana ancha dardlarini aytdi… bu hokoyadagi 3chi bandni hotirladim, demak, aqlli bir onaning tarbiyasini olgan qizga uylanmoq kerak ekan… ayolni tarbiyalamoq kerak, oilasi yaxwi qizlarga uylanmoq kerak…. Badbuy joylarni tozalash – erinign qalbini uziga room etmoq demakdir… hushbo`y hid kelmaydigan ayol qancha go`zal bolsa ham, odamni jirkantiradi… oqshomlari erini dog dasturxonlar, yog`li liboslar bilan kutib olish, aqlli qizlarga to`gri kelmaydi. Ovqatlanish vaqtini, uyqu vaqtini yaxwi bilish zarur! Otalarimiz jon bugizdan chiqadi diydila! Rejali oila hayoti jannat demakdir… ayol eriga, unign odat va qiziqishlariga bogliqdir… uning vaqtini tejashi, farogatini saqlashi kerakdir… erining molmulkini saqlash, erining molmulki demak bolalarining mol mulki demakdir… uyda er mulkini tejamaydigan, saqlashni bilmaydigan hotin, ul uyning bekasi bolmogi dushxo`rdir… erining mulkini tejash va saqlashni o`rganish va bu yolda tugri, durust harakatda bolish, har bir hotinning baxti uchun zarurdir!

Ps: islom oilasining eng buyuk ustuni bo`lgan onalarga va onalikka nomzod honimlarga, farogatli oilalarda yashar ekanlar… bu kichik nasixatimiz foyda beradigan bolsa, uzimizi bahtiyor his etamiz! Dindoshlarim bu o`gitlarni o`zingiz uqib tuwuning va dustlaringiz, qarndoshlringa tavsiya etin! Ular ham uqisinlar! bu esa siz uchun savobdir… dark…


 
LoadingСана: Сешанба, 13-Сен-2011, 21:36 | Изох # 99
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Alloh ziyoda qilsin. Dark duo qildim oka.

Faqat 3 ta shart!
 
HushroyСана: Сешанба, 13-Сен-2011, 21:40 | Изох # 100
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
Hmm... Shu yigitlargayam nasihatli hikoya yozsela ALLOH rozi bo'lardi...
 
Поиск: