|
"Форумистон 1 ешда" байрамини ўтказиш хақида
|
|
| oybek | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 01:41 | Изох # 301 |
 Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Assalomu aleykum xurmatli forumdoshlarim.Formimizning tugilgan kuni bilan chin qalbimdan,rostdan xam chin qalbimdan tabriklayman. 1 yoshing muborak bulsin oz vaqt ichida qadrli bulgan Sayyod sayti va forumdoshlarim.
|
| |
| |
| DiLinZaDa | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 01:45 | Изох # 302 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 639
Холати: Хозир йўқ
| Loadbek qoyil sizgayam RAHMAT)))
Sen uchun qadrli bo'lganlarni unutma.
|
| |
| |
| Anv@rbek | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 01:50 | Изох # 303 |
|
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Load ya v shoke)))
|
| |
| |
| ClimbeR | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 03:51 | Изох # 304 |
|
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
| Assalomu alakum SFYYOD.COM va FORM a`zolari mana nen xam qisqa vaqt ichida o`zimga qadirli bo`lib ulgurgan forimistonni 1 yoshga to`lgani munosabati bn uzoqdagi forumdoshlarimini chin yukadan muborakbod etaman xammaga omad yor bo`lishini istab qolaman
chelsea chempion...
|
| |
| |
| Zuxraxon | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 04:08 | Изох # 305 |
|
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Sayt jamoasi Sardor aka va Qadrli forumdowlarim bugungi bayram muborak bölsin! Fazliddin etganlaride biz bir oilamiz ahilligimizga köz tegmasin ilohim. Shu saytni FORUMni ochgan bizni bir oila qilib jamlagan inson Sardor akaga kotta raxmat. opa -singilla aka -ukalarimizi Xamma - xammani Tabrikliman! Örtamizdegi mexr oqibat yöqolmasin! Sardor aka Moderlarimiz va baaarcha Forumdowlarimga xamma - xammaga xurmatim cheksiz...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Zuxraxon - Душанба, 12-Дек-2011, 04:11 |
| |
| |
| Sayyod | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 04:44 | Изох # 306 |
 Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Нималадир бўлди))))
Минусларни гапирмайман, хархолда илк расмий байрам тадбири. Ташкилий ишлар ва харакат учун Камолиддин, Шахло, Сарвар, Ғиёс Анварбек ва Фазлиддинларга ташаккур.
Машхурлардан ўзгача кутиб олинганию, ўзгача даврага чорлангани Шахноз бўлиб қувнатиб ўйнатган бўлса, фишка ва танцполни ёрворган бу аниқ Якзон бўлди. Гап йўқ, умуман кутмагандим. Лазгига брейк данс тушишни Лойдингдан ўрганарсизлар)))
Хамма кетгач деярли соат 1-30гача ман, Якзон, Камолиддин ва Сарвариолар кафеда катталар учун зиёфатни давомладик))))
Сал аввал Ғиёс Зухрахон номидан пакет берганди, уйга бориб очаман дейишимга қарамай хичам қўйишмади, айниқса Якзон. Охири очдиму, шоковой удар.... Анча пайт кўриб турганимга ишона олмадим ва "Қандай қилиб?" деган сўзлар қайтарилди. кейин элас-элас ёдимга форумда мана шу нарсалар хақида ёзганларим туша бошлади...
Қанақадир ностальгия ва ярим умр кўз ўнгимдан ўтди. Умуман кутилмаган ва хаёлга келмаган совғалар. Асосийси ғоя...бунақаси бўлмаган. Ифорлар мавзусида бугунги кунгача ёдимда қолган ишлатган атирларим ва энди олмоқчи бўлган атирларимни ёзгандим... Пакетда шуларни хаммаси....Армани, Кензо, Версачи, Ланвин ва клиник))) Бу реально шок. Хаётнинг ярим бўлаги кўздан ўтаркан. Фильмларда болаликдаги таом ва ўйинчоқлар билан боғлиқ таъсирли лавхаларни икўрганману лекин бунақа ностальгияни яна ифоридан хис қилиш янгилик, оригинал!
Уйга итдек чарчаб келганимга қарамай ярим соат термулиб хар бирини хидлаб, ўша даврлар билан боғлиқ хотиралар ёдга туша бошлади... Зухрахонга шунчаки оддий рахмат билан нималар хис қилаётганимни боғлай олмадим. Бирини бора ман махмадана таърифлашга, етказиб беришга гапларим тарқоқ))). Зухрахон, тушунгандирсиз ташаккурим хиссини.
Якзон япасқи ўлмагур шартта чанг сола бошлаганидан биттаси яъни версачи ўша ерда тушиб қолибди ё ўша кўк идишда бўлганига кўк зарқоғозлар орасида кафеда қолиб кетди(((( Сарварио войдод пАмагИ!)))
Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
|
| |
| |
| Sayyod | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 04:45 | Изох # 307 |
 Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Форум 1 йиллиги барча форумдошларга муборак! Урра! Мана бу видеосовға! Форум яширин камераси!
Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
|
| |
| |
| Zuxraxon | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 05:18 | Изох # 308 |
|
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
| Sog` bo`lin Sardor aka. Video.ga gap yo`q zo`r.)))
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Zuxraxon - Душанба, 12-Дек-2011, 05:19 |
| |
| |
| Sayyod | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 05:52 | Изох # 309 |
 Рахбар
Гурух: РАХБАРИЯТ!
Изохлар: 1167
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Расмлар манда камроқ, иложи бўлса кимда расмлар бўлса почтамга отворийлар, сайтга репортажга қўшаман.
kamilovsardor@gmail.com
Форумда бахс ва тортишув бўлиши оддий хол, лекин бу форум бир оиладек бўлиш ниятида очилганини унутмайлик!
|
| |
| |
| Giyos | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 06:51 | Изох # 310 |
 Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Sayyod) Форум 1 йиллиги барча форумдошларга муборак! Урра! Мана бу видеосовға! Форум яширин камераси! Hmmm/ Anchadan beri kutilgan vidio. MOntj va titrlarga gap yo'q. Prikolno. GiyosDance ni ommalashtirmoqchi bo'bside))) 2 vidioni sizga berganlarni yaqin kunlarda yuotubeda tomosha qilamiza. Berganlarmas usha kuni vidioga olganlarni.
Добавлено (12-Дек-2011, 05:51) --------------------------------------------- Forum bir yiligini qo'ldan kelgancha online reportaj qilishga harakat qildim. Uzuur uzuilishlar bo;lib turdi. Bir ikki jonli loyihalarni audiosini yozmoqchi edim. Afsus imkoni bo'lmadi. Endi yozma tarzda yetkazib berishga harakat qilaman. 1 chi loyiha Jamshid aka (Vijdon) bilan hamkorlikda Zakovot o'yini bo'ldi. Forumdagi formatdan tubdan farq qilardi. Bu Jonli qilshga harakat qildim. 5 ta ishtirokchi chiqdi. Ixtiyoriy ravishda tanlab oldim.))) Qarasam zvizdalarni berib tashashdideee))/ Mard bo'lib (yutqazgani) chiqganlar. Sharzod, Sardor, Farrux, Hilola, Shahlo. Bir yarim ovozdan Shahlo komamda sardori bo'voldi. (Man bolalardan bo'lishini kutgandim. ) Hullas 2 t savol bor edi. Savollarni Jamshid aka (Vijdon) yubordilar. O'yinda har bir shartga 2 daqiqadan vaqt berdik. Ulardan umumiy 3 ta javob so'radim. Agar shuni ichida to'g'risi bo'lsa yana vaqt berib 1tasini tanlashlari so'ralardi. Man maximal darajada chalg'itib turishga harakat qildim.))) 1 savol: "Uyingda shunday ko'zgu borki, sen unga har kuni qaraysan. Har qaraganingda o'z fazilatlaringni ham, nuqsonlaringni ham ko'rasan. Savol: Bu ko'zguni nomini ayting.". Shu savol edi. "Bilimdanlarimiz" 3 ta javob berishdi. Lekin notog'ri. Oxirigi javobligi ona bo'ldi. lekin topa olishmadi. Javobini zaldan so'radim. Hamma har hil varyantlar etishdi. Nu Komol amaqi O'g'illari Begzodni ham olib kelgandilar. Zaldan to'g'ri javob bo'lavermagach Komol aka o'g'illariga ishora qilib ANA JAVOB dedilar. Keyin bu "Farzand" deb to'g'ri javobni berdilar. Qoil lekin.
2 savol: "Bir Imomning qo'shnisi tovusi o'g'rilanganligidan shikoyat qilib uning huzuriga keldi. Imom vaziyatni sir tutishini tayinlab, shu vaqt peshin namozi bo'lgani sabab masjidga bordi. Jamoat to'plangach(og'ri xam shu yerda), faqat birgina mantiqiy savolni o'rtaga tashladi. Shu zahoti o'g'rining kimligi Imomga ayon bo'ldi." Bu savolga ancha o'ylashlardan keyin ming mashaqat bilan noto'g'ri javob berishdi. Zaldan ham to'g'ri javob bo'lmadi. Manga kelgan javob quydagicha edi: "Имом мачитда тез қичқирди: Эй,товус ўғриси! Саллангда унинг пати, шу ҳолатда мачитга келишга уят эмасми?
O'sha Imom Abu Hanifa hazratlari edi. O'sha savoldan keyin jamoat orasida bir kishi boshini paypaslaganini ko'rib uning o'g'riligini bilib oladilar. Tovus egasiga qaytadi." Shuday qilib Zakovatchi bilimdonlar boshlarni yerga egib chiqib ketmadilar. Hammasi boshini manga qaratib ichida nimalardir dib pichirlab etib ketdilar. Forumdoshlarrrrr savolni man tuzmadimuuu))) Ha bo'ldi. Ularni "majburiy" qib chaqirib qo'ydimu!! Uzr keyingi safar chaqirmiman.))) O'zilar chiqasizlar)))
2 chi loyihamiza "Forum jumanjiysi" bo'ldi. Shartlarni o'zim tuzushga harakat qildim.
Sayyod.uz/forum 1 yoshligi munosabati bilan! Jumanji shartlari 1. – 2. – 3. Terib bergan raqamimizdagi odamni uchrashuvga chaqirasiz? Kelaman diyishi kerak. 4. Siz telefon sotuvchisiz. Buzuq telefonni soting. Kimdir uni olsin. Oldiring. 5. Oxirgi jo’natgan va kelgan sms ni o’qib eshitiring. 6. Oxirgi ko’rgan kinoingizni ta’riflab bering. 7. Shu yerda o’tirganlardan bittasiga (Man etishim ham mumkin) hazilomuz sevgi izhor qiling. 8. Qo’lingizda 5 000 000 dollar bor. U pulni bir kunda kechgacha ishlatishiz kerak. Ded domga, kasalxonaga yana boshqalarga yordam tariqasida berib bo’lgansiz. Bu ortib qolgani. (Orzuuulaarrr) 9. Shu yerda o’tirgan hohlagan ishtirokchiga shu yerdagi shartlardan bittasini berishingiz mumkin. (Faqat manda tashqari) 10. Hozir siz oshxonadasiz. Osh damlaymiz. Man sizni yordamchingizman. Siz bosh oshaz. 11. Sayyod uz sayti reklamasini qilib bering. 12. Bitta ashula eshitlluu. (Hohlagan qo’shig’ingizni etib bering.) 13. She’rxonlik. Hohlagan she’ringizni o’qib bering. 14. Bitta kulguli latifa eshitaylik. 15. Tez aytish. Necha marta ayta olasiz. (Mandan ko’p ayting))) 16. Birorta hayvon yoki parandani ovoziga taqlid. Yoki biror qilig’iga. 17. Raqsga qanaqa o’ynay olasiz? Raqsga tushamizA. 18. Shu yerda o’tirgan hohlagan ishtirokchiga shu yerdagi shartlardan bittasini berishingiz mumkin.
Demak o'yinni birinchi bo'lib Loading boshlab berdilar. Ularga "8. Qo’lingizda 5 000 000 dollar bor. U pulni bir kunda kechgacha ishlatishiz kerak. Ded domga, kasalxonaga yana boshqalarga yordam tariqasida berib bo’lgansiz. Bu ortib qolgani. (Orzuuulaarrr)" Sharti tushdi. Ishlata olmadilar. Qaysidir "qimmat stalavoy"ga kirib ovqatlanib qo'ya qoldilar. Man bo'sa qoganini bankga qo'yib qo'ydim. Bundan keyin Nodira M chiqdilar. Ularga "14. Bitta kulguli latifa eshitaylik." sharti tusdi. O'zi chiqganlari latifa bo'ldi. Va chiqib olib turishlar))) Keyin kelgan mahmonlardan davraga chaqirdik. Birinchi bo'lib Yakzon chiqdilar. (har doimgidek g'alati imijdda) Ularga mana sanga dib "11. Sayyod uz sayti reklamasini qilib bering." sharti tushdi. Reklama qilishga boshida qiynladilar. Loadingdan qarz olib (5000000$ bor ediyuu)butun shaharga rekalamnaya baner osib chiqdilar. Biza rekalamni banerga qarab kirmimiz didik. TV dagi reklama kerak didik. Shu paytda Sardor aka Lahad Luqumni (Ahad Qayum) haqida gapirib ber dib qoldilar. Yakzon Mana mana hozir dib boshladi: "Agar siz o'lib, 3 kundan keyin trilgan Lahad luqum haqida batafsil bilishni istasangiz Sayyod.com saytiga kiring". Qoil qomasdan iloji yo'q. Bitta singan kamon bilan 2 ta quyonni urdilar.))) Keyingi ishtirokchimiz Forumdagi Sardorchik bo'ldi. Ularga "10. Hozir siz oshxonadasiz. Osh damlaymiz. Man sizni yordamchingizman. Siz bosh oshaz" sharti tushdi. Ular qozonga nazar va yana ko'zlarni ham tashadilar boshida. Keyin masaliqlarni ham... negadir qozonni tegiga olov yoqmadilar.)))) Keyingi ishtirokchi Benom guruhini solistlaridan biri bo'ldi. (Ismini eslolmadim. Do'mboqrog'i boru) Boshida san chiq man chiq yo' san chiq bilan tortishib turishganda ikkalangiz chiqing diganimda bittaligi chiqib keldi.))) Ularga "3. Terib bergan raqamimizdagi odamni uchrashuvga chaqirasiz? Kelaman diyishi kerak." sharti tushdi. Biza kimga telefon qilishni bilardik. Kela olmasligi aniqlardan))) Man loloshechkaga tel qildim. Afsuski olmadilar. (keyinro qaytib qildilar, unda kech bo'ludi). Anvarbek Zaxro (Miss Sunny) ga tel qildilar. Benom guruhi boshida o'rab tashiman sani dib gaplasha boshladilar. Keyin ularga 5000000$ yutib oldiz. Kelib olib keting deb yolg'on ham ishlatdilar. Bir o'zlarini Sayyod.com rahbari ham didilar. (Bu yoqda man Rahbar kimligini, ovozini yahshi tanidilaruu dib turudim))) ). Bu bahonalari o'xshamadi. Keyin o'zlarini tanishtirishlarini so'radim. Tanishtirdilar va yana taklif qildilar. Zaxro kela olmayaman diganidan keyin chiqmagan jondan umid deb 30 minutda keling kutaman dib o'yin shartini tugatdilar.
Nu shu bilan Forum jumanjisini tugatdikk. Qoganlar chiqgani uyalib tashashdi)))
Bundan keyin Forumdagi Rostini etsam mavzusini jonli varyantini taqdim qildik. Forumchilar va mashhurlar ham o'yinda faol ishtirok etishdi. Hozirda Benom guruhini Dard qo'shig'iga ishlangan klipi internet olamida katta shov shuv bo'lmoqda. Sababi orqa fonda cherkov turgan ekan. O'zlarni etishlaricha bu tasodifiy ekan. Shnchaki ular suratga olgan joy mos ekande. Orqa fon shunchaki tushib qolibdi Bu yerda chekovga ahamiyat berishmabdi. Bilishmagandee bunaqa bo'b ketishini. (Manam huddi klipni ko'rib qo'ygandek savol berdim. O'zi klipni hali ko'rmagandim))) )
Shu tariqa tayyorlagan jonli loyihalar tugadi. Yana bor edi. Ular forum miqiyosida bo'lgani uchun qila olmadim. Mehmonlar tushunmasdi. 3 ta loyiha bilan bu safar cheklandik.
Bayram zo'r o'tdi. Yuqorida yozib ham o'tishdi. 1 chisi bo'lgani uchun kamchiliklarisiz bo'lmadi. Keyingi yil bu kamchilik to'ldiriladi. Ko'pchiligi ob tashaladi))) Hammani FORUMNI BIR YILLIK BAYRAMI BILAN TABRIKLAYMAN!!!
Sog' salomatlik...
|
| |
| |
| Nodira_M | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 08:19 | Изох # 311 |
|
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 125
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 410
Холати: Хозир йўқ
| Bayram zo'r o'tdi to'grisini etsam kutmaganiydim bunaqa bo'ladi dib, raxmat xammaga va yana bri bor forumni 1 yoshga to'lgani bilan tabriklimaaaan...
Хорошо, что есть время, расстояние и трудности.. Порой, именно они дают понять кто Любит, кто Дружит, а кто.. не так уж и нужен...
|
| |
| |
| sherzod | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 08:47 | Изох # 312 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
| Ажойиб хотиларар ила ётда коладиган учрашу булди. Чет-элдаги барча форумдошла билан богланишга харакат килдим. Иброхим ака, Шахзод, Дарк лар билан сухбатлашдим. Умуман exhfied зур булди. Хамма ташкилотчиларга коооотаааакон рахмат))). Форум 1 ёш туйи хаммага муборак.
|
| |
| |
| Leyla | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 08:54 | Изох # 313 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 36
Холати: Хозир йўқ
| tabrikliman hammelani keyingi yilgi tug'ulgan kunlada bizayam qatnawilu iloyim))) BIR yow mubore)))))))))))0
|
| |
| |
| NOZI | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 09:53 | Изох # 314 |
 Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Qadrli forumim! 1 yowliging muborak. Mening uy bekaligim vaqtlarini mazmunli va zeriktirmasdan otkazganing uchun senga tawakkurlarim! Sen orqali uzoq-yaqindan yangi do'stlar orttirdim, hamfikr, hamsuhbatlar topdim. Bu mendek farzandlari sabab bo'lib har kuni ko'chaga chiqiwga, yangi taniw-do'stlar topiwga imkoniyati bo'lmagan ayol uchun tawqi dunyodan ajralib qolmaslikning eng a'lo yechimi bo'ldi. Uydan chiqmay turib ham dunyoda bo'layotgan voqealardan boxabar bo'ldim. Umuman hayotimdagi wu oxirgi bir yil yangi olam, yangi qiziqiwlar bilan boyidi. Uyda o'tirib ham jamiyatda qandaydir mavqe-martabaga ega bo'ldim. Buning uchun men uchun sevimli bolgan sayt SAYYOD.COM va u orqali topganim FORUMIMdan hamda alohida Sardor aka Komilovdan minnatdorman! Barchangiz oz yaqinlarimdanam yaqin boldingiz, chunki sizlar bilan har kun, har dam muloqotda boldim. Sirlarimni iwonadigan dostlar topdim. TAVALLUDING MUBORAK, FORUMISTONIM! SENGA RAHMATLARIM! Barcha forumdow opa-singillarim va aka-ukalarim, sizga ham bayram muborak! Keyingi tavallud ayyomlarda diydorlawiw nasib etsin!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) NOZI - Душанба, 12-Дек-2011, 10:51 |
| |
| |
| bek_x6 | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 09:56 | Изох # 315 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| Hammani forum bir yilligi bilan tabrikliman forum axlining axilligi yo'qolmasin shu forum tashkilotchisi Bekxam Iloxim tezro tuzalib safimizga qaytsinla
ko'p yilladan keyinam shunaqa yig'ilishla qilib yurili
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
| |
| |
| Miss_Ziyoshkabonu | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 10:00 | Изох # 316 |
 Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 160
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 138
Холати: Хозир йўқ
| SAYYOD.COM FAN-CLUB FORUMDOSHLAR BARCHALARIZGA I-yosh TAVVALUD AYYOMI BAYRAMI MUBORAK! HAMMANI BAYRAM BILAN TAB-RIK-LI-MAN!!! Reportajga gap yo'q! KLASS!!! Hammaga Cheksiz Tashakkurlarim!
Uyga borganda, meni kimdir intiq kutayotganini bilib yashash - Tengsiz saodat.
|
| |
| |
| unet | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 10:04 | Изох # 317 |
|
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 667
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| Bayram hammaga muborak bulsin forumdoshlar shunday ahilikgimiz yuqolmasin
|
| |
| |
| loloshechka | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 10:16 | Изох # 318 |
 Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 433
Холати: Хозир йўқ
| Forumiston,forumdoshlarim hammani forum 1-yillik bayrami bilan tabriklayman.Ilohim ahilligimiz yuqolmasin...bunday yillarni ko'pini ko'rish nasib etsin.Barchani tabriklayman.
Baxt-bu qalb hotirjamligidir
|
| |
| |
| Bоnu | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 14:38 | Изох # 319 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Форумнинг илк ёши билан табриклайман. Бунақа ёшдан мингтасига, миллионтасига киришини истаб қоламан. Ҳатто табиат ҳам форумистонни қутлаб оппоқ қорини тухфа этмоқда. Азизларим бугунги кун ҳаммангизга муборак бўлсин.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
| |
| |
| miranda | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 15:03 | Изох # 320 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 94
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 146
Холати: Хозир йўқ
| Bayram bn xammani tabriklagandim. Endi repartaj xaqida gapirsam. Togrisi bir yillik yigilishga borganlarga judayam xavasim keldi. Qandey samimiy odamlar. Yana shundan xursandmandki bu sayt admin va moderlari forum azolariga katta imkonyat xam berarkan. Mana isboti Nilufar qo'shiq aytip bazmda ko'pchilik yulduzlarni etiboriga tushipti. Silarga qoyik tak derjat keep moving forvad. Olg'a omad.
|
| |
| |
| Anv@rbek | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 16:56 | Изох # 321 |
|
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Nafaqat Nilufar, balki Komol amaqi, Chingiz va Farruxlar ham jivoy etishdi!
|
| |
| |
| gentile_butterfly | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 19:03 | Изох # 322 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 28
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 107
Холати: Хозир йўқ
| Forumning 1 yowga tölganligi bilan tabrikliman. Bunaqa yowlarni köööpini forumdowlar doimo birga niwonlawi nasib etsin. Bormaganlarga bayramning kayfiyatini taqdim etib, reportaj tayyorlaganlar uchun koootta rahmat.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Душанба, 12-Дек-2011, 20:07 |
| |
| |
| komol_76 | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 20:30 | Изох # 323 |
|
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
| Авваламбор ҳаммани форумнинг туғилган куни билан яна бир бор табриклайман! Кечаги тадбир биз ўйлаганчалик ва кўзлаганимиздай чиқмаган бўлсада, ташриф буюрган юзерларимиз кўнгли тўлганлигидан бошим осмонга етди. Камчиликлар жудаям кўп бўлди, айниқса техник томондан етарли тажрибамиз йўқлиги билиниб қолди. Бундан ташқари мазкур тадбирни ўтказиш масаласини қуруқ муҳокама билан, каллани бир жойга қўйиб, дўппини бошдан олиб ўтириб, олдиндан тузилган қатъий дастур ва режа асосида ишламаганимиз энг асосий минус бўлди. Яхшиямки меҳмон сифатида ташриф буюрган юлдузларимиз, айниқса Якзон ва Шаҳноз ўзларининг чиқишлари билан даврани "ёндиришлар"и эвазига биз йўл қўйган "лажа"лар ювилиб кетди... Шу ўринда хорижда туриб биз билан бирга бўлишга интилган Юзерларимиздан алоҳида узр сўрийман, сабаби "онлайн" репортаж тўғрисида 1 ойдан кўпроқ бонг урибмизу, аслида уни қандай амалга ошириш тўғрисида умуман бош қотирмабмизам... камига қайси адресдан қай тариқа мулоқот қилишимиз тўғрисида умуман ўйлаб кўрмабмиз. Ваҳоланки тадбир кунигача 2-3 хил вариантларни ўйлаб кўришимиз, конференц-алоқа имкониятларини ўрганиб чиқишимиз, тадбир кунига портатив ноутбук камерасидан эмас, балки бошқа шу ноутбукка уланиши мумкин бўлган камералар орқали ҳам амалга оширишимиз мумкин эди... эҳҳҳҳҳҳҳ... Форумнинг 1-йиллиги тадбири тўғрисида юқорида жудаям кўп илиқ фикрларни ўқиб, очиғи росаям хурсанд бўлдим... Сабаби иштирокчилар эътибор беришган бўлса дастлабки 3 соат умуман "ўтироганим" йўқ.... ха майли бўлар иш бўлди, ёғадиган қор ёғиб ҳаммаёни шалаббо қилди... Одам ўз хатоларидан тарбия топади деганлари рост... қачондир бошлашимиз керак эди... бошладик... озми - кўпми уддаладик, кейинги гал ушбу хатолардан тўғри хулоса чиқариб ишлаймиз. Барча иштирокчиларга, хориждан туриб ва юртимизда туриб биз билан қалбан, фикран, хаёлан ва виртуал тарзда бирга бўлган юзерларимизга яна бир бор ўз миннаддорчилигимни изҳор этган ҳолда ўз номимдан ва фан-клуб раҳбарияти номидан миннаддорчилик билдираман. Шу ўринда аста-секин форум ва фан-клубнинг шиорига айланиб бораётган сўзларни қайтариб ўтмоқчиман - биз қоқиламиз, йиқиламиз, лекин синмаймиз - бошлаган ишимизни охирига етказамиз!!!!!
нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
|
| |
| |
| Iroda | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 20:52 | Изох # 324 |
|
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 37
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 96
Холати: Хозир йўқ
| Tabrikliman chin qalbimdan. Ilohim forumdegi wu döstona kayfiyat,ahilchilik yoqolmasin. Keyingi yil inwallah birga niwonlaw nasib qisin
|
| |
| |
| Bоnu | Сана: Душанба, 12-Дек-2011, 20:53 | Изох # 325 |
|
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Қойииил.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
| |
| |